"O‘zbektelekom" ak "O‘zMobayl" filiali tomonidan taqdim etilayotgan


Download 14.47 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi14.47 Kb.
#1793178
Bog'liq
2023 йил 300 сон буйрукка ички буйрук




“O‘zbektelekom” AK “O‘zMobayl” filiali tomonidan taqdim etilayotgan
xizmatlar tariflariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

O‘zbektelekom” AK (keyingi o‘rinlarda - Kompaniya) “O‘zMobayl” filialining GSM standartidagi mobil aloqa xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, Kompaniyaning 2023-yil 20-oktabrdagi 300-son buyrug‘i qabul qilingan. Unga ko‘ra:



  1. Kompaniyaning 2019-yil 26-avgustdagi “O‘zbektelekom” AK “O‘zMobayl” filialining abonentlari uchun GSM standartida taqdim etilayotgan xizmatlar tariflarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 408-son buyrug‘ining 1- va 3-ilovalariga mazkur buyruqning ilovasiga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi;

  2. Axborot tizimlari” filiali (A. Djurayev) billing tizimiga, “MyUZTELECOM” mobil ilovasiga va Telegram-botga tegishli o‘zgartirishlarni kiritishi va ularning dastlabki test jarayonidan o‘tkazilishini ta’minlashi;

  3. Kontakt markazi” filiali (Sh.Shukurova) “O‘zMobayl” filialining abonentlari uchun GSM standartida taqdim etilayotgan xizmatlar tariflariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi to‘g‘risida filial xodimlarini xabardor qilishi;

  4. O‘zMobayl” filiali (S.Faxrutdinov) “O‘zMobayl” filialining GSM standartidagi mobil aloqa xizmatlaridan foydalanuvchi, “Barakali” va “UNITS” tarif rejalariga ulangan abonentlarga taqdim etilayotgan xizmatlar tariflariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi to‘g‘risida SMS-хabarlar yuborilishini ta’minlashi;

  5. O‘zbektelekom” AK boshqaruv raisining axborot xizmati bo‘yicha maslahatchisi (T.Mamadjanov), Marketing va biznesni rivojlantirish departamenti (Sh.Shamansurov) Kompaniyaning rasmiy veb-saytida tegishli ma’lumotlar joylashtirilishini ta’minlashlari;

  6. Kompaniya tarkibidagi filiallar rahbarlari mazkur buyruq bilan filiallarning tarkibiy bo‘linmalari hamda sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislari xodimlarini tanishtirishlari belgilab qo‘yilgan.

Kompaniyaning 2023-yil 20-oktabrdagi 300-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, buyuraman:

  1. Kompaniyaning Andijon filiali (keyingi o‘rinlarda - Filial) direktor o‘rinbosarlari (texnik va tijorat masalalari bo‘yicha), boshqaruv apparati bo‘lim, guruh hamda barcha telekommunikatsiyalar bog‘lamalari boshliqlari Kompaniyaning 2023-yil 20-oktabrdagi 300-son buyrug‘ini ma’lumot va ijro uchun qabul qilsinlar.

  2. Filialning Ommaviy sotuvlar va xizmat korsatish monitoringi bo‘limi (M.Xurmatov) Filialning tarkibiy bo‘linmalari hamda UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislari xodimlarini ushbu buyruq bilan tanishtirilishi ta’minlansin.

  3. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish direktor o‘rinbosari (tijorat masalalari bo‘yicha) Sh.Turg‘unov zimmasiga yuklansin.



Download 14.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling