Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi
Fanni o‘qitishdagi barcha ishlar o‘quv rejasidagi “Umumiy psixologiya”, “Umumiy pedagogika”, “Falsafa (etika, estetika, mantiq)”, “Ona tili va adabiyot” fanlari bilan bog‘lanishi kerak. Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish asosida ularni ilmiy tekshirish ishlariga, ya’ni eksperementga, to‘garak ishlariga, ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish va ommalashtirishga. referatlar. ma’ruzalar, kurs ishlari va nihoyat bitiruv malakaviy ishini yozishga jalb qilish bilan materialni muammolar bo‘yicha o‘rganish tavsiya etiladi.
Fanning ta’limdagi o'rni
Ona tili o'qitish metodikasi fani pedagogik fanlardan biri boiib, boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’limi sohasi doirasidagi predmetlarni o'qitish usullarini yoritib beradi. O'quvchilarning tildan muhim tushunchalar tizimini o'zlashtirishiarini, nutqqa. o‘qishga, yozishga oid ko‘nikma va malakalarni egallashlarini ta’minlaydi. Bu ko‘nikma va malakalar o‘rta maktabda boshqa fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga zamin hozirlaydi. Ona tilining tarbiyaviy ahamiyati juda katta bo‘lib, o‘quvchilarning dunyoni bilishiga, odamiylik munosabatlarini, fan va madaniyatni egailashlariga yoi ochadi. Shu bilan birga O'zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida qayd qilinganidek, “Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgan”. O'quvchilarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashni ona tili ta’limisiz amalga oshirib bo'lmaydi. Metodika fanini o‘rganish talabalami kichik yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga doir masalalarni mustaqil va ongli hal etishga tayyorlash, shuningdek, ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotni mustaqil o‘rganishni davom ettirish uchun, yangi nashr etilgan metodik adabiyotlami o‘qish uchun, yozish tajribasini tarkibiy baholash va umumlashtirish uchun zarur boigan ko‘nikmalar bilan qurollantiradi.
Ona tili metodikasi fanini puxta o‘zlashtirish nazariy materiallarni bilish bilan birga, talabalaming pedagogik amaliyoti davrida va universitetni bitirgandan keyingi ishlarda ko‘nikma sifatida xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |