O’zbеqiston Rеspubliqasi Oliy va O’rta Maxsus Talim Vazirligi
Fanning maqsadi va vazifalari
Download 0.64 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОNА TILI O’QITISH MЕTОDIKАSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning vazifalari
- Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
Fanning maqsadi va vazifalari
Fanning maqsadi - talabalarni boshlang‘ich sinflarda ona tili fanining mazmuni va vazifalari, o‘qitish usullari, ta’limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalami shakllantirishdir. Fanning vazifalari: 1.Talabalarni ona tili ta’limi sohasi bo‘yicha davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturining mazmuni va talablari, shuningdek, maktab darsliklari mazmuni va metodik tuzilishi bilan tanishtirish; boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarni husnixatga o‘rgatishning metod va usullarini o‘rgatish. 2. Talabalami boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘qitishda kerakli bo‘lgan qo‘shimcha materiallar, imloviy mashqlar, diktantlar, grammatik tahlil, qayta hikoyalash va bayon uchun matnlarni, insho uchun mavzu va materiallarni tanlash hamda ko‘rgazma, texnik vositalardan foydalanishga o'rgatish. Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar Ona tili o‘qitish metodikasi fanini o‘qitish jarayonida Bakalavr: boshlang‘ich sinf ona tili o’qitish metodikasining o'ziga xos xususiyatlari: husnixatga o‘rgatishning ahamiyati va vazifasi; boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi sohasida olib borilgan tadqiqotlar va fanning muhim bo'lgan muammolari; ona tili o‘qitish metodikasining tarixi va hozirgi vaqtdagi holati haqida tasavvurga ega bo‘lishi; ona tili o‘qitish metodikasi fanining ilmiy asoslarini, tamoyillarini; ona tili o‘qitish metodikasi bilan bog‘liq fanlarni, ularning tekshirish metodlarini; ta’lim jarayonida qo'llanadigan metodlami, dars tiplari va tarkibini; savod o‘rgatish metodikasini; husnixat metodikasining shakllanish tarixini; husnixatga o‘rgatishning shartlari va grafik asoslari, metodlari va tamoyillarini; boshlang‘ich sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish va ularga qo‘yiladigan talablar; o‘qish metodikasi va sinfdan tashqari o‘qish metodikasini; - fonetika, so‘z tarkibi va so‘z yasalishini o'rgatish metodikasini; - orfografiya, sintaksis hamda punktuatsiya elementlarini o‘rgatish metodikasini; so'z turkumlarini o'qitish metodikasini; boshlang‘ich sinflarda ona tili, o‘qish darslarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning eng qulay va foydali shakllari, usullari va vositalarini bilishi va foydalana olishi; ona tili darslarida ta’lim va tarbiya birligi tamoyiliga amal qilish; grafik xatolar ustida ishlash, o‘quvchilaming chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish; dars turlarini farqlay olish, dars jarayoniga ilg‘or va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni olib kirish; kompyuter va o‘qitish texnika vositalaridan, turli ko‘rgazma hamda tarqatma materiallardan samarali foydalana olish; o‘quvchilar bilimini tekshirish va baholash shakllarini aniqlay olish; o‘quvchilarning nutqiy, imloviy va grafik xatolarni tahlil qila olish; xatolarni kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda xatolaming oldini olish va bartaraf qilish ustida ishlash ко‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling