O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
Qo’shin Fors podsholigining qudratini asosi fors va midiyaliklar tashkil qilgan jangovar qo’shin belgilagan. Qo’shinnig jangovar qobiliyatini tashkil qilishda fors va midiyaliklardan tashqari O’rta Osiyoning sak jangovar qabilalari, baqtriyaliklar muhim o’rin tutganlar. Saklar asosan imtiyozli otliq qo’shinlarda xizmat qilganlar. Harbiy qal'a, garnizon, tayanch punktlarda odatda oliy harbiy mansabni 352 forslar egallaganlar. Qo’shin otliq va piyoda qismlardan tashkil topgan. Otliq qismlar, zodagonlardan, piyedalar dehqonlardan olingan. Bu ikkala qismlarning uyg`un harakati urushlarda g`alabani qo’lga kiritishga sabab bo`lar edi. Piyoda qo’shining asosiy quroli kamon, suvoriyning qurol- aslahasi temir sovut, jez qalqon va ikki temir nayza bo’lgan. Qo’shinning eng ilg`or qismi o’n ming «o’lmas» askarlarini birinchi mingtasi faqat fors aslzodalari vakillaridan iborat bo’lib, podshoning shaxsiy qo`riqchilari hisoblanganlar. Qolgan qismlari turli fors, elam qabilalaridan to`ldirilgan. Bosib olingan mamlakatlarda qaram aholining qo’zg`olonlarini bostirish maqsadida qo’shinlar joylashtirilgan. Misr va Bobilda 10-12 ming kishilik qo’shin turgan. Davlat chegaralarida harbiylarga yer berilib harbiy garnizonlar joylashtirilgan. Bevosita xizmatda bo’lgan harbiylar har oyda mahsulot bilan ish haqi olganlar. Iste'foga chiqqan askar oilasi bilan asosan kichik yer ulushidan kun ko`rgan, savdo va turli hunarlar bilan shugullangan. Eng muhim urush harakatlari davrida har bir qaram halq ma'lum miqdorda askar yetkazib berish majburiyatini olgan. Doro I davrida forslar dengizda ham yetakchi rol o`ynay boshlaydilar. Dengiz janglari Finikiya, Kipr, Egey orollari va Misr floti yordamida olib borilgan. Matros sifatida saklar, forslar xizmat 353 qilganlar. Ko’pincha flotda rahbarlik vazifalarida misrliklar bo’lgan. Er. avv. V asrdan boshlab Fors o’lkasida dehqonlarning iqtisodiy ahvoli yomonlashadi. Dehqonlar harbiy xizmatdan bosh torta boshlaydilar. Bu o’z navbatida fors piyoda qo’shinlarini jangovar qobiliyatini yo`qotishga olib keladi. Endilikda ular yaxshi qurollangan yunon yollanma askarlari bilan almashtirila boshlanadi. Er. avv. VI asr oxirida fors davlatining qudrati eng cho`qqisiga yetdi. Xo’jalik taraqqiyoti, qulay dengiz yo’llari, eski va yangi karvon yo’llarining namunali saqlanishi, pul muomalasining rivojlanishi xalqaro savdoni yanada o’sishiga olib keladi. Fors davlati hududidan bir necha xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan yo’llar o’tgan.Ulardan biri Lidiyadan boshlanib, Kichik Osiyoni kesib o’tib, Bobilgacha borgan. Boshqasi Bobil va Suzadan o’tib Pasargadgacha davom etgan. Bobil va Ekbatanni birlashtirgan savdo yo’li Baqtriya va Hind chegaralarigacha yetadi. Uzunligi 84 km.li kanalni qayta tiklashdi. Mamlakatni turli hududlari o’rtasida savdo aloqalari kuchaygan. Misr Yunonistonga g`alla, polotno eksport qilib, ynigacha bo’lgan 84 kmli kanalni tiklaydi. Mamlakatning turli hududlari orasida sau yerdan vino va zaytun moyi sotib olgan, boshqa viloyatlarni oltin, fil suyagi bilan ta'minlagan. Hindistondan oltin, fil suyagi, xushbo`y moylar, Arabistondan oltin, 354 So’g`diyonadan lazurit, serdolik, Xorazmdan feruza chiqarilgan. Bolqondagi yunon shaharlari kulolchilik mahsulotlari, Bobil g`alla, Kichik Osiyo temir va boshqa rudalarni ishlab chiqaradi. Xalqaro dengiz savdosi finikiyaliklar qo`lida qoladi. Qadimgi jamiyatda qullar mehnatidan foydalanish yuqori darajada edi. qullar oldi-sotdi qilingan va turli ishlarda ishlatilgan. Asir qullar soni juda ko’p edi, fors podsholarining markazlashgan yirik xo’jaliklarida ishlaydigan ishchilar (kurtashlar deb atalgan), boshqa joylardan qul qilib olib kelingan. Kurtashlarning bir qismi davlat fuqarosi deb hisoblangan. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling