O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


  «Klassik davr». Janubiy Osiyoning siyosiy


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

 


389 
«Klassik davr». Janubiy Osiyoning siyosiy
tarixi (er.avv. II asrdan-eramizning V asrigacha). 
Ijtimoiy tuzum 
Er. avv. II asr boshlarida Maurilarning so’nggi 
vakili hukmronligi tugab, shu vaqtdan mamlakatda 
uzoq siyosiy tushkunlik boshlandi.
Shimoliy-g`arbiy Hindistonda yunon-
baqtriyaliklar paydo bo’ldi va ular Gandxarada
o`rnashib qoldilar. Er. avv. I asrlarda sak qabilalari
kirib kelib, shimoliy-g`arbda bir necha davlatlarni 
barpo qiladilar. Sak podsholari o’zlarini «buyuk 
podsholar podshosi» deb ataydilar. Yirik davlat
birlashmalarida noiblik, satrapliklar joriy qilinib,
hududlarda satrap (kshatrap) ancha mustaqil 
bo’lgan.
Eramizning boshlarida shimoliy–g`arbiy 
Eronning ba'zi viloyatlari parfiyaliklarga bo`ysundi. 
Eramizning I asrida Markaziy Osiyoda Kushon
davlati yetakchi rol o`ynaydi. Kushonlar 
Hindistonning shimoli-g`arbiy qismida o`rnashib
oladilar.
Eramizning IV-V asrlarida Magatxa Gupta
sulolasi hukmronligi ostida yana rivojlana boshladi. 
IV asr o’rtalarida Samudragupta (335-380-yillar) 
davrida Magadxa qudratli davlatga aylanadi. 
Samudragupta shimoliy Hindistonda unga yaqin 
davlatchalarni, Dekanda o’n besh davlatchani
tugatadi. Magatxaga janubda Tamish shahri Kanchini, 


390 
shimolda Nepal va Assam kabi chegara viloyatlar 
ham qaram bo’ladilar. Dekan viloyati g`olibona
yurishga qaramasdan Gupta davlati tarkibiga
kirmaydi. Chandragupta II (380-445 yillar davrida)
Gupta davlati gullab-yashnadi. Uning davri hind 
tarixining “oltin davri” hisoblanadi. Uning vorislari
davrida o’zaro urushlar kuchayib ketadi. O’rta 
Osiyodan kelgan eftalitlar V asrda Gupta davlatini 
qulatdi. V asrda shimoliy Hindiston kichik
davlatchalarga bo’linib ketadi.
Dekan mamlakatlari tarixida Satavaxan sulolasi 
alohida o’rin tutadi. Eramizning ikkinchi asrida 
Satavaxanlar davlati o’z taraqqiyotining yuqori 
cho`qqisiga chiqadi. Uning asosiy markazlari g`arbiy 
Dekanda edi. III asrda bu davlat parchalanib ketadi. 
Janubiy eng chekka viloyatlar siyosiy tarixiga oid
ma'lumotlar yo’q darajada. 
Eramizdan avvalgi I ming yillik oxiri
eramizning I asrlari Hind iqtisodiyotining gullab-
yashnagan davri hisoblanadi. Hindlar yuqori nav
po`lat ishlashni o`zlashtiradilar. Metall san'atining 
noyob namunasi sifatida Sandra temir ustuni (o’tgan 
bir yarim ming yil davomida bu temir ustunda biror
zang paydo bo’lmagan, bu yodgorlik hozirgacha yetib 
kelgan). Qal'alardan keyin g`or ibodatxonalari keng 
tarqaladi.
Turli xil tilda zarb qilingan tangalar paydo 
bo’ladi. Serqatnov savdo yo`llari Taksila, Madxur, 


391 
Udjain, Varnasi kabi yirik shaharlarni qamrab oladi. 
Varnasi va Madxura ip-gazlama, shimoli-garbiy
rayonlar vino, ot, jun, buyumlari bilan, Udjain-
qimmatbaho toshlar, fil suyagi bilan, janubiy 
Hindiston esa ziravorlari bilan mashhur bo’lgan. 
Kushon davlati paydo bo’lishi Hindistonni Markaziy 
Osiyo bilan aloqalarini kuchayishiga va uni Buyuk
ipak yo’li savdosida faol qatnashuvi uchun qulay 
shart-sharoit yaratadi.
Eramizdan avvalgi II-I asrlarda g`arbiy va 
janubiy Hindistonda Misr savdogarlari paydo bo’ladi. 
Hind okeani orqali Rim bilan janubi-sharqiy Osiyo, 
Indoneziya orollari bilan savdo aloqalari kuchayadi.
Hindistonning ijtimoiy tuzumi to’g`risida 
umumiy tushuncha hosil qilish mumkin. Qadimgi
Hind qishlog`ida jamoa yetakchi o’rin tutgan. Ekin 
yerlari oilalar o’rtasida taqsimlangan. Jamoa
ixtiyerida yaylov, bush yerlar va o’rmonlar qolgan. 
Jamoa a'zolari yo’l, kanallarni ta'mirlash va 
ko’rishda ishtirok etganlar. To’la huquqli jamoa 
a'zolari jamoa yig`inida ishtirok etganlar.
Qishloq ichida mulkiy tengsizlik juda kuchli 
bo’lgan. Yer egalari boy jamoa a'zolarini tashkil 
qilganlar va yerlarini ijaraga berganlar. Yollanib 
ishlovchilar, qarzdorlar ko’p bo’lgan. Jamoada kir 
yuvuvchilar, qorovul, duradgor va kulollar 
ko’pchilikni tashkil qilgan. Har bir toifadagi
kishilarning mavqei o’zgarmas bo’lgan. Har bir 


392 
hududda bir xil mavqeda bo’lgan oilalar epik
birdamlik kastani tashkil qilganlar. Har bir kasta
endogam bo’lgan, chunki uning a'zolari bir-biri bilan
qarindosh bo’lgan. Kasta a'zolarini iqtisodiy va diniy 
marosimlar, urf-odatlar bog`lab turgan.
Boylar va yer egalari o’zlarini braxma-
kshatriylarga mansub deb, shahar savdogar sudxo’rlari 
o’zlarini vayshilar deb hisoblaganlar. 
Mehnatkashlarning asosiy ommasi hunarmand-
dehqonlar va shudra kastasi eng og`ir ishlarni 
bajarganlar. Qulchilik mavjud bo’lib, qulchilik 
manbai urush, qarzi uchun qul qilish bo’lib, 
qashshoqlik natijasida o’zini, o’z bolalarini sotish 
ham mumkin bo’lgan.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling