O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Materik Yunonistoni va orollar
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
Materik Yunonistoni va orollar Antik mualliflarning ma’lumotlariga ko’ra ellin davrida Yunonistondan aholining katta qismi sharqqa 664 ko’chdi. Faqat Afina va Korinf o’z ahamiyatini saqlab qolishga urindilar. Yunoniston hududidagi talonchilik urushlari iqtisodiy hayotni butunlay izdan chiqardi. Ijtimoiy ziddiyatlarni keskinlashtirdi. Bu esa og’ir qarama – qarshiliklarni tug’dirdi. Spartada bu ziddiyatlarni bartaraf etish uchun podsholar Agis IV va Kleomen II lar islohotlar o’tkazishdi. Qarzlarni bekor qilishga harakat qilindi, yersiz spartaliklarga yer taqsimlandi. Er.avv. III asrda yerlarni qayta taqsimlash harakati Yunonistonga avj oldi. Argosda tiran Aristomax, Megalopolda Aristodemni qo’llab quvvatlashdi. Er.avv. III asr o’rtalarida Xios va Teri orollarida norozilik harakatlari kuchayib ketdi. Yunonistonning madaniy o’choq sifatidagi shuhratini Afina qo’llab quvvatlab turdi. Afinada yunon falsafasi o’qitildi. Bu yerda bir qancha an’anaviy haykaltaroshlik maktablari mavjud edi. Orollar ichida eng gullab yashnagani Rodos edi. Rodos Ptolemeylar Misridan o’z mustaqilligini saqlab qoldi. Rodos kemalari Egey dengizini qaroqchilardan tozaladi. Uning kemalari Suriya, Kichk Osiyo, Attika orollaridan, Qora dengiz qirg’oqlaridan mahsulotlarni tashidi. Rodosdan xurmo va asal Misrga chiqarildi. San’at gullab yashnadi. Mahalliy haykaltaroshlik maktablari shakllandi. Ayniqsa “Ilonlar bilan kurashayotgan Laokoon va uning o’g’illari” haykal guruhi mashhur edi. Esxin asos slogan Rodos notiqlik 665 maktabi faoliyat ko’rsatdi. Er.avv. II asr oxiri I asr boshida bu erda mashhur notiq Molon mashhur Sitseronning o’qituvchisi ta’lim oldi. Rodos homiyligida orollarga ipakchilik va vinochilik markazi, Kosda mashxur tabiblar maktabi faoliyat ko’rsatdi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling