O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
Kutubxona Bobil va Osuriya madaniyatining eng muhim yutuqlaridan biri kutubxonalar edi. Er. avv. II ming yillikdan boshlab Ur, Nippur shaharlarida adabiy va ilmiy matnlardan iborat ilk kutubxonalar paydo bo’ladi. Qadimgi Sharqning eng mashhur kutubxonasi Ashshurbanipalning (er.avv.669-635 yillar hukmronlik qilgan) Nineviya shahrida to’plangan 30.000 taxtachadan iborat kutubxonasi bo’lgan. Loy taxtachalarga podsho annallari, muhim tarixiy voqealar xronikasi, qonunlar to’plami, adabiy asarlar va ilmiy matnlar yozilgan. Ashshurbanipal kutubxonasining alohida ilmiy qimmati shundaki, 220 bu kutubxonada dunyoda birinchi marta kitoblar tizimli to’plangan va ma'lum tartibda joylashtirilgan. Ko’pgina kitoblar bir necha nusxada mavjud. Katta matnlar bir xil hajmdagi loy taxtachalarda bayon qilingan. Shunday matnlar qirqdan yuztagacha taxtachaga yozilgan. Har bir taxtachada undan foydalangandan so’ng o’z o’rnida qaytarish imkonini bergan tartib raqamlari qo’yilgan. Arxivlar Qadimgi Mesopotamiya arxivlar makoni bo’lgan. Eng qadimgi arxivlar er.avv. III ming yillikning birinchi choragiga tegishli. Bu davrda arxiv ma'lumotlari yozilgan taxtachalar namlikdan saqlash uchun mumlangan savatlarda saqlangan. Er.avv. XIX asrga oid Ur shahri arxivi maxsus xonada yog`och tokchalarida saqlangan. Er.avv. XVIII asrga oid boy arxiv Mari podshosi saroyidan, Uruk shahridan er. avv. VIII-VI asrlarga oid 2500 xo’jalik hujjatlari arxivi topilgan. Maktablar Qadimgi Shumer va keyingi Bobil maktablarida asosan davlat va ibodatxonalar uchun kotiblar tayyorlangan. Maktablar ta'lim va madaniyat o`chog`i bo’lgan. Maktabda asosan shumer tili va adabiyoti o’qitilgan. Yuqori sinf o’quvchilari kelajakda tor mutaxassislashuvga qarab grammatika astronomiya 221 va matematikadan bilim olganlar. O’zini fanga bag`ishlamoqchi bo’lgan o’quvchi bo’lsa huquq, astronomiya, tibbiyot va matematikani o’rgangan. Maktabda jismoniy jazo keng qo’llanilgan. Mesopotamiya maktablari o’quvchilarining sinf xonasida fanlarni o’rganish uchun loy taxtachalarda yozgan mashq matnlari bizgacha yetib kelgan. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling