O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Bobil kassit sulolasi davrida


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Bobil kassit sulolasi davrida 
Er. avv. 1595 - yildan Bobilda kassit sulolasining 
hukmronligi boshlanib, 1055 - yilgacha davom etadi. 
Bu davr «O’rta Bobil davri» deb ataladi. Kassitlar
Bobilni yuksak madaniyatini qabul qiladilar. Bobil, 
Nippur va Sippar shaharlari ma`lum mustaqikka ega 
bo`ladilar. Ular soliq va majburiyatlardan to`la ozod 
qilindilar, o`zlarining alohida qo`shinlariga ega 
bo`ldilar. Natijada iqtisodiyot gullab-yashnadi, savdo-
hunarmandchilikni rivojlanishi uchun qulay shart-
sharoit yaratildi. 
Kassit sulolasi keng qamrovli tashqi siyosat olib 
bordi. Ular Frot daryosining o`rta oqimini, Suriyaning 
bepoyon cho`l hududlarini va Janubiy Suriyadan 
iordan daryosigacha bo`lgan yerlarni egallab oldilar. 
Kassitlar markaziy va Janubiy Eronga istilochilik 
yurishlari qildilar. Ular er. avv. XV asr oxirlarida 
Misrga qarshi kurash olib bordilar va Misrni Mitanni 
bilan tinchlik o`rnatishga majbur qildilar. Old Osiyoda 
qudratli davlatlar Misr, Xett va Mitanni Old Osiyoda 
ta`sir doirasi uchun shafqatsiz kurash olib bordilar. 
Kassitlar sulolasi bu davlatlar bilan navbat va navbat 
murosachilik siyosatini olib bordilar va o`zlarini 
hukmronliklarini mustahkamlash uchun vaqti-vaqti 
bilan bu davlatlar bilan ittifoqlar tuzdilar. Kassitlar 


207 
Misrga qarshi xettlarni qo`llab quvvatladilar, Kassit 
hukmdorlari er. avv. XIII asrda xettlar bilan 
ittifoqlikda osuriyaliklarga qarshi urush olib bordilar. 
Er. avv. XII asr boshlarida Osuriya ham kassitlarga 
qaram bo`lib qoldi.
Kassitlar davrida shaharlarning o’z-o’zini 
boshqaruvi, xususiy mulkchilikni kuchaygan davri 
bo’lgan. Qishloq xo’jaligida natural holat kuchayib 
tovar ishlab-chiqarish kamayadi. Yirik yer egaligi
mustahkamlana boshlaydi. Zodagonlar ko’p hollarda 
soliq to’lovlaridan podsho farmonlari bilan ozod 
bo’la boshlaydilar. Bunday farmonlar chegara
toshlarida “kudurru” (Yer egalarini soliq va 
ma`muriy immunitetlari to`g`risidagi farmon) yozib 
qo`yila boshlanadi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling