Qadimgi Mitanni va Yangi Bobil podsholigi
Reja:
Qadimgi Mitanni davlati
Mitanni davlatining zaiflashuvi va parchalanishi.
Mitanni davlatining xo`jaligi.
Yangi Bobil podsholigi.
Yangi Bobil podsholigining qulashi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Qadimgi Mitanni davlati. Mitanni Mesopotamiyaning shimoliy-g`arbida joylashgan qadimgi davlatlardan biridir. Uning yer usti asosan tog`lik, janubiy qismi esa qisman tekisliklardan iborat. Dajla va Frot daryolari Mitanni yerlaridan boshlanadi. Miloddan avvalgi XII asr oxiri – XVI asr boshlarida bu o`lkada Mitanni davlati tashkil topdi. Mamlakat aholisining asosiy qismini hurritlar tashkil etganlar. Keyinchalik ular amoriylar bilan aralashib ketadilar.
Miloddan avvalgi XVI–XV asrlarda Mitanni davlati kuchayadi. Mitanni Kichik Osiygi, Finikiya, Suriya va Palastinga o`z ta`sirini o`tkazgan. Miloddan avvalgi XV asrda Mitanni goh Misr, goh Xett, goh Bobil, goh Ossuriya bilan urushlar olib boradi. Janglarda Mitanni qo`shinlari goh yengadi, goh yengiladi.
2. Mitanni davlatining zaiflashuvi va parchalanishi. Bu davrda Xett davlati kuchayib, Mitanni ustiga qo`shin tortadi. Jangda Mitanni podshosi Tushratti qo`shinlari yengiladi. Shu vaqtda podsho saroyida fitna uyushtirilib, Tushratti o`ldiriladi. Ossuriya Alshi davlatlarr ittifoqini tuzib, ittifoqchilar Mitanni qo`shinlariga zarba beradilar. Xett podshosi Tushrattining o`g`li Shattivasni taxtga o`tqizib, unga o`z qizini nikohlab beradi. Oqibatda Mitanni Xett daylatiga qaram bo`lib qoladi. Mitanni Xettlar yordamiga tayanib Ossuriyani o`ziga qaram qilib olmoqchi bo`ladi. Ammo ossur qo`shinlari yana g`olib chiqib, Mitanni podshosi oilasi bilan asir olinadi. Mitanni poytaxti Vashshukan ossur qo`shinlari tomonidan vayron etiladi. Keyingi janglarda ham ossurlar g`alaba qozonib, mamlakatni vayron etadilar. Ko`p kishi qirib tashlanadi. 15 mingdan ortiq kishi asir olinadi. Miloddan avvalgi XIII asrda Mitanni davlati parchalanib mayda davlatchalarga bo`linib ketadi. U Ossuriya davlatining ta`siriga tushib, o`z mustaqilligini yo`qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |