O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Qadimgi Bobil podsholigi. 
Yangi Bobil podsholigi 
 
 
Bobilning yuksalishi 
Iqtisodiy tushkunlik, amoriy ko`chmanchi 
kabilalarining hujumi, Ur sulolasining yemirilishi 
siyosiy tarqoqlikka olib keldi. Amoriy va Akkad 
davlatlari bir-birlari bilan shafqatsiz urushlar olib 
bordilar. Er. avv. 1800-yillar atrofida Mesopotamiya 
janubini Larsa podsholigi, markazni Bobil shahri va 
Eshnunna, Yuqori Mesopotamiyani va Mari 
podsholigini er. avv. XIX asrd oxirida amoriy 
hukmdor Shamshi-Add (1824-1870-yillar atrofida) 
davlati egallab olgan edi. 
Bu davlatlar o`rtasida uzoqqa cho`zilgan urushlar 
bo`lib o`tdi. Bu kurashlar davomida sekin-asta Bobil 
(Bab-ili «xudo darvozasi») shahri yuksala boshlaydi. 
Bu shaharda I-Bobil yoki amoriylar sulolasi 
hukmronlik qilib uning boshqaruvi tarixda qadimgi
Bobil (er. avv. 1894-1595 yillar) davri deb nom oldi. 
Bu vaqtda Janubiy Mesopotamiyada akkadlar 
shumerlarni to`la assimilyatsiya qildilar. Amoriylar 
sulolasi asoschisi yo’lboshchhi Sumuabum edi. Unga 
xavfli raqib bo’lgan Elamni er. avv. 1764-yilda


199 
Hammurapi 10 yillik urushda Mari podshosi Zimrilim 
bilan birlashib yanchib tashladi. 
O’zaro urushlar shahar, davlatlarni zaiflashtirdi. 
Larsa shahrini Elam bosib oladi. Elam hokimi Rimsin 
(er. avv. 1822-1763-yillar) kanallar, ibodatxonalar
barpo qiladi. Ko’pgina shaharlar Uruk, Nippur, Issin 
va Larsa unga qaram bo’ladi.
Shunday bir sharoitda Bobil shahrining yangi 
markaz sifatida roli kuchayadi. Shaharning ikki
daryo oralig`ining qoq o’rtasida joylashuvi barcha
sun'iy sug`orish inshootlarining va Old Osiyoning 
quruqlik va daryo yo`llarini tutashgan joyda
o`rnashgani Bobilning siyosiy, iqtisodiy markaz
bo’lishiga qulay omillar bo’ladi.
Bobilni gullab-yashnashi I-Bobil sulolasining 
oltinchi podshosi Hammurapi (er.avv. 1792-1750 
yillar) davriga to’g`ri keladi. Hammurapi dono, 
uzoqni ko’ra oladigan davlat arbobi, ayyor diplomat, 
yirik strateg, adolatli qonunshunos va mohir 
tashkilotchi edi. Hammurapi Bobil uchun foydali 
bo’lgan ittifoqlar tuzishga mohir diplomat bo’lib, bu 
ittifoq o’z vazifasini o’tab bo’lgach tezda undan voz
kechgan. Hammurapi dastlab Larsa bilan ittifoq 
tuzadi va janubda Ur va Issin shaharlarini bosib oladi. 
Mari bilan ittifoq tuzib, Eshnunna shahrini bosib 
oladi. Mari bilan birgalikda sobiq ittifoqchisi Larsani 
o’ziga bo`ysundirgach, Hammurapi er.avv. 1759 yil 
Mari shahrini bosib oladi. Shimolda faqat zaiflashib


200 
qolgan Osuriya qoladi, uning yirik shaharlari Ashshur 
va Nineviya Bobil hokimiyatini tan oladilar.
Hammurapining 42 yillik hukmronligi davomida 
Bobil kichik shahardan butun Mesopotamiyani 
birlashtirgan yangi qudratli davlatning poytaxti, Old 
Osiyoning yirik siyosiy–iqtisodiy va madaniy
markaziga aylanadi.
Mesopotamiyada yagona markazlashgan davlat 
tashkil topdi. Hammurapi uni ikki qismga: akkad 
tillarida so’zlashadigan shumer-akkad xudolariga 
sig`inadigan asosiy hududga va Elam Suzasi, Yuqori 
Mesopotamiyani xurrit-amoriy hududlarini o`z ichiga 
olgan viloyatga bo`ldi.
Hammurapining vorisi Samsuilin (er. avv. 1749-
1712 yillar) davrida Bobilda ichki ziddiyatlar 
kuchayib, qishloq jamoalar, jangchilar va boshqa soliq 
to’lovchilarning ahvoli yomonlashadi. Er. avv. 1742-
yilda Mesopotamiyaga shimoli-sharqdan bu yerda 
avval noma`lum bo`lgan “kass” etnomidagi hind-
yevropa qabilalari (Akkadcha Kassu, zamonaviy 
fanda kassitlar, o`zlarini kaspe-kaspiy deb atagan) 
Gandash nomli yo`lboshchilari bilan bostirib kiradilar. 
Elam janubda shumer shaharlariga bostirib kiradi.
Sippar va Issin shaharlarida qo`zg`olon ko`tariladi. 
Shimoliy-g`arbda yangi Mitanni davlati vujudga 
keladi. Mitanni davlati Bobilni Kichik Osiyo va 
Sharqiy O`rtayer dengizi qirg`og`iga boradigan
yo`llardan to`sib qo`yadi. Buning ustiga eramizdan 


201 
avvalgi 1595-yilda xettlar Bobilga bostirib kirib I 
Bobil sulolasini tugatadilar.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling