O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


«Karfagen er. avv. IX-III asrlarda»


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

«Karfagen er. avv. IX-III asrlarda» 
 
 
Karfagen tarixining ilk davri 
Eramizdan avvalgi II-I ming yilliklar oralig`ida 
finikiyaliklar G`arbiy o’rta- yer dengizida ilk 
koloniyalarini barpo qila boshlaydilar. Er. avv. I
ming yillik boshlaridagi Finikiyaning Ispaniyadagi
koloniyalari Gades, Afrikadagi Utika shaxarlari yirik
savdo-hunarmandchilik markazlariga aylanadi. Ammo
Finikiyaning barcha koloniyalari ichida Tir shahri 
Shimoliy Afrikada Karfagen yeki Karxemish yangi 
shahar edi (eramizdan avvalgi 825 yoki 814 yil barpo 
qilingan) iqtisodiy jixatdan yuqori darajada taraqqiy 
qilgan va siyosiy qudratga erishgan.O’rtayer 
dengizida savdo va dengiz yo`llari kesishgan qulay
joyda joylashgan Karfagen asta-sekin boyiy boshladi. 
Dastlab ko`chib kelganlar yersizlikdan qiynalib, 
mahalliy axoli yerlarida yashash huquqi uchun pul 
to’lashga majbur bo’lganlar. Shahar boyib borishi 
bilan uning atrofidagi yerlar mahaliy aholidan sotib 
olina boshlanadi yoki bosib olinadi.
 
Karfagen G`arbiy o’rtayer dengizidagi
Finikiya koloniyalarini markazi 


319 
Er. avv. VII asrdan boshlab Karfagen tarixida 
ikki yuz yilga yaqin davom etgan yangi davr 
boshlanadi. Bu davrda Karfagen shahri G`arbiy 
o’rtayer dengizidagi Finikiyaning boshqa 
koloni,yalarining markaziga aylanadi. Finikiya 
koloniyalariichida Karfagenning yetakchi bo’lishining 
bir qancha sabablari bor edi. 
1. Finikiyaning Osuriya va Eronga qaram 
bo’lishi natijasida metropoliya bilan siyosiy
aloqalarni zaiflashuvi. 
2. Yunonlarni janubiy Italiya va G`arbiy o’rtayer 
dengizini faol kolonizasiya kilishi tufayli ularni 
foydali xalqaro savdo va dengiz yo`llarida hukmron 
bo’lish xavfi.
3.G`arbiy o’rtayer dengizidagi Finikiya
koloniyalarini ichki taraqqiyotini ma'lum darajada 
koordi nasiya qilish va hamkorlikni kuchaytirish
extiyoji. 
Eramizdan avvalgi VII asr o’rtalarida Karfagen 
Shimoliy Afrikadagi rivojlangan hunarmandchilik 
markazi, Markaziy o’rtayer dengizining ko’p
havzalarini savdo munosabatlari bilan bog`lagan eng 
yirik Finikiya koloniyasi bo’lgan. Shahar xududi va 
aholisi tez o’sib ketadi. Karfagenning qulay tabiiy
gavani kemalarga mo`ljallangan sun'iy gavan qurish 
xisobiga kengayadi.
Karfagen shahar-davlat doirasidan chiqib faol 
tashqi siyosat olib boradi. U G`arbiy o’rtayer 


320 
dengizining boshqa qismlarida o’z koloniyalarini 
barpo qila boshlaydi. Shu bilan birga bu yerda
mavjud bo’lgan Finikiya koloniyalari ustidan o’z 
homiyligini o’rnatadi. Karfagenning Afrikadan 
tashqaridagi birinchi koloniyasi Ispaniya yaqinidagi 
Pitius orollaridagi Ebes (er.avv. VII asr o’rtalari) 
bo’lgan. Ebesni tayanch nuqta qilgan holda
Karfagenni Ispaniyaga kirishga yo’l bermayotgan 
Finikiya koloniyasi Gadesni tor-mor qilib er.avv.
VII-VI asrlarda Karfagen Pireney yarim oroli
janubiga o’rnashadi. Yunonlar Karfagenni Ispaniya 
sharqiy qirg`og`ida o’rnashib qolishiga yo’l 
bermadilar. Karfagen Sisiliyada faol harakat qilib, 
orolning g`arbidagi Finikiya koloniyalarini o’z 
nazorati ostiga oladi. Karfagen eramizdan avvalgi
VI asr o’rtalariga kelib Ispaniyadagi mulklari bilan 
janubiy Sisiliyaning g`arbi, Pitius orollari va
shimoliy Afrikagacha cho`zilib ketgan yirik davlat 
birlashmasi markaziga aylandi.
Karfagen er.avv. VI asr oxirida Yaqin Sharqda 
o’zgargan xalqaro ahvoldan yaxshi foydalandi. Bu 
vaqtda Old Osiyoda o’tmishda qudratli bo’lgan
Osuriya, Misr kabi davlatlar zaiflashib qoldilar. 
Yangi qudratli davlat ahmoniylar Eroni butun Old 
Osiyoda va Shimoliy Afrikada o’z ta'sirini o’tkaza 
boshlaydi. Karfagen ahmoniylar Eroni bilan aloqa 
o’rnatdi. Bu aloqa Karfagen uchun noqulay bo’lsada, 
lekin Karfagen Sisiliya va uning janubiy qismini, 


321 
janubiy Italiya, Korsika va Sardiniyani yunon 
shaharlariga karam bo’lishiga qarshi faol siyosat olib 
borish imkoniyatiga ega bo’ldi. Eramizdan avvalgi
VI asr o’rtalarida Karfagen Markaziy Italiyadagi 
etrusklar bilan do’stona shartnoma tuzdi. Er.avv. 535
yilda Karfagen – etrusklarning birlashgan floti
Korsika yonidagi Alali jangida yunon flotini yanchib 
tashlaydilar. Karfagen Sardiniya janubini egallashga 
muvaffaq bo’ldi. Natijada Yunonlarning Ispaniyaga
ta'siri kamaydi. Er.avv. V asrda Bolqon yarim 
orolida yunon shahar-davlatlarining zaiflashuvi
natijasida Kichik Osiyoning g`arbidagi barcha
yunon shahar-davlatlari Ahmoniylar Eroni ta'siri
ostiga tushib qolganlar. Ahmoniylar Yevropa 
tomon yurish qilib, Bolqon yarim oroliga ham
bostirib kirdi. Er. avv. V asrda Eronning
Yunonistonga bostirib kirishidan foydalangan 
Karfagen qulay paytni poylab Sisiliyadagi yunon
shaharlariga hujum qildi. Hujum muvaffaqiyatsiz
chiqdi oqibatda Karfagen Sisiliyaning g`arbida 
o’zining bir necha shaharlarini zo’rga saqlab qoldi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling