O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Karfagenning siyosiy tuzumi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
Karfagenning siyosiy tuzumi
324 Karfagenning siyosiy tuzumi eng boy Karfagen oilalarining tor guruhi manfaatlarining aks ettiradigan oligarxiya edi. Er.avv. V-IV asrlarda oliy fuqarolik hokimiyati vakolati berilgan bir yil muddatga saylanadigan oliy mansabdor ikki sufet edi. Barcha davlat ishlarini 30 lar kengashi va 300 a'zodan iborat oqsoqollar kengashi hal qilgan. Oliy nazorat organi 104 lar kengashi bo’lib, u sudyalik vazifalarini ham bajargan. Karfagenning xalq yig`ini axyon-axyonda chaqirilgan. U siyosiy hayotga sezilarli ahamiyatga ega emas edi. Kengashlarda qatnashadigan oligarxlar biror-bir zodagon oilaning hokimiyatni bosib olishiga yo’l qo`ymaslik uchun harakat qilganlar. Karfagenning ichki siyosiy hayoti tarixi hokimiyatni bosib olish uchun oliy tabaqa zodagon guruhlari o’rtasidagi doimiy kurashdan iborat edi. Er.avv. VI asr o’rtalarida dastlab lashkarboshi Malx Karfagenda o’z hokimiyatini o’rnatadi. Keyin esa zodagon Magon oilasi qariyb 50 yil davomida hokimiyat tepasida turadi. Er.avv. V asr o’rtalaridagina Karfagen oligarxiyasi Magon oilasining hukmronligidan qutulib, yana o’z hokimiyatini qayta tiklay olgan. Er.avv. V asr ikkinchi yarmidan III asr o’rtalarigacha Karfagen o’rtayer dengizining g`arbidagi eng qudratli davlat bo’lib, uning qudratini asosi yuqori rivojlangan iqtisodiyot, dinamik ijtimoiy tuzilish, oligarxiyaning barqaror tizimi edi. Ammo 325 er.avv. III asrning 60 - yillariga kelib Karfagen G`arbiy o’rtayer dengizi havzasida hukmronlik uchun Rim bilan keskin kurashga kirishadi. Er. avv. III-II asr o’rtalarida puni urushlari natijasida Karfagen batamom tor-mor qilinib, uning hududi Rim respublikasining Afrika profinsiyasiga aylantiriladi (er. avv. 146- yil). Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling