O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Midiya podsholigi (er. avv. VII-VI


Download 0.77 Mb.
bet133/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Midiya podsholigi (er. avv. VII-VI asrlar)

Midiya shimoliy–g`arbiy Eronda joylashgan edi. Mamlakatning g`arbiy qismi Zagros tog`i hududi bo’lib, keyinchalik Midiya Atropatenasi deb atalgan. Atropatenadan sharqda Midiyani tekislik qismi joylashgan. Er. avv. III–II ming yilliklarda bu hududlarda kassit, kutiy, xurrit tillarida so’zlashadigan o’troq va ko`chmanchi chorvadorlar yashaganlar.

Er. avv. VII asrda g`arbiy Eronda ilk siyosiy birlashmalar paydo bo’ladi. Shunday birlashmalardan biri Manna podsholigi edi. Er. avv. 672-yilda midiya qabilalari yo`lboshchi Kashtariti boshchiligida Osuriyaga qarshi qo’zg`olon ko`taradilar. Er. avv. 671-yilda midiyaliklar o’z hududlarining g`arbiy qismidan osuriyaliklarni haydab chiqarib, mustaqil davlat tuzganlar. Kashtariti sekin-asta Midiya qabilalarini birlashtiradi. Er. avv. VII asr o’rtalarida Midiya qadimgi sharqda kuchli davlatga aylanadi. Er. avv. 625-yil Kashtaritining o’g`li Kiaksar skiflarning bosqinini bartaraf qilib, barcha midiya qabilalarini birlashuvini to’liq tugallaydi va poytaxti Ekbatana bo’lgan yagona davlat tuzadi. U qurol turlari bo’yicha (nayzabardorlar, kamonchilar, otliqlar) bo’lingan muntazam qo’shin tuzadi. Shundan so’ng, Midiya raqibi Osuriyaga qarshi dastlab o’zi, keyin Bobil bilan ittifoq bo’lib kurash boshlaydi. Er. avv. 612-yil avgustida Midiya va Bobil qo’shinlari Osuriyaning poytaxti Nineviyani yer bilan yakson qiladilar. Er. avv. 609-yilda ular Xarran shahrida osur qo’shinlari qoldiqlarini tor-mor qilganlar. Midiya shimoliy Mesopotamiya va Xarran viloyatini, janubda fors, Kaspiy dengizini janubi-sharqidagi Parfiya va Girkaniyani bosib oladi. Er. avv. 593 yilda midiyaliklar Urartu, skif davlatlarini Sakasena va Mannani o’ziga qo’shib oladi. Er. avv. 585-550yillarda podsholik qilgan Astiag davrida Midiya katta va qudratli davlatga aylanadi. Bu vaqtda Elam ham qo’shib olinadi. Er. avv. 550-yilda Midiyaga qarshi forslar qo’zg`olon ko`tarib, uni bosib oladilar.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling