Janubiy Osiyning qadimgi tarixi quyidagi davrlarga bo’linadi:
Eng qadimgi hind sivilizasiyasi. Taxminan er.
avv. XXIII-XVIII asrlar bilan belgilanadi. (ilk shaharlar, davlatlarning paydo bo’lishi)
Er. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmida oriylarning paydo bo’lishi. Er. avv. II ming yillikning oxiridan er.avv. VII asrgacha «Veda» davri. Bu davrda yaratilgan muqaddas kitoblar «vedalar» nomi bilan mashhur.
«Budda davri». Er. avv. VI-III asrlar. Budda dinining paydo bo’lishi va tarqalishi davri. Bu davrda iqtisodiyotning yuqori taraqqiyoti, shaharlarni shakllanishi-yirik davlatlar Mauriylar Umum Hind davlatining tashkil topishi.
Er. avv. II asrdan eramizning V asrigacha . «Klassik davr» janubiy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyoti va madaniyatini gullab-yashnagan davri.
Do'stlaringiz bilan baham: |