O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 0.77 Mb.
bet14/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Etnografiya ma'lumotlari. Misrliklar boshqa ko`pgina qadimgi Sharq xalqlari singari bir qancha qabilalarning sekin-asta aralashib ketishi natijasida tashkil topgan. Qadimgi Misr xalqini tashkil qilgan bu qabilalar Shimoliy va Sharqiy Afrikaning mahalliy qabilalaridir. Misrdagi arxaik davrga mansub bo’lgan kishilarning o`ziga xos haykalchalari, Misr hududidagi arxaik mozorlardan topilgan bosh suyaklarini o`lchab ko`rish natijalari, shuningdek qadimgi Misr tipining somali va boshqa qabilalarning tipiga bir muncha o`xshab ketishi eng qadimgi misrliklarning tropik Sharqiy Afrikadagi qabilalar bilan qarindoshligini ko`rsatadi. Qadimgi Misr tasvirlariga ko`ra Sharqiy Afrikada (Punt mamlakatida) yashagan qadimgi qabilalar o`zlarining tashqi qiyofalari bilan misrliklarga juda ham o`xshab ketadilar.

Qadimgi Misrdagi, samoviy sigir shoxli ayol qiyofasida tasvirlangan hosildorlik ma'budasining tasviri hamda sersoqol, pakana xudo Bes tasviri Misrning Afrika xalqlarning diniy e'tiqodlari bilan mahkam bog'langanidan dalolat beradi. Qadimgi Podsholikka oid yozuvda Nubiyadan maxsus «xudo raqsi» ni bajaruvchi pakana odamning Misrga keltirilganligi to`g'risida ma'lumot beriladi. Bundan tashqari, eng qadimgi Misr qabilalari Shimoliy Afrikaning luviyalik qabilalari bilan ham juda yaqin bo`lganlar. Qadimgi Misr tili o`zining ba'zi xususiyatlari bilan Shimoliy Afrikadagi berber tillariga ham o`xshab ketadi. Misrda va Nil vodiysini o`rab olgan baland tog'liklarda o`tkazilgan arxeologik qazishmalarning ko`rsatishicha, o`ziga xos Misr

madaniyatini vujudga keltirgan qabilalar qadimgi tosh davridan buyon Shimoliy-Sharqiy Afrikada yashaganlar.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling