O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Indoneziya xalqlarining qadimgi davlatlari


Download 0.77 Mb.
bet181/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Indoneziya xalqlarining qadimgi davlatlari


I-IV asrlarda orollarda davlatlarning g`arbiy (malaya), sharqiy (yava) guruhlari paydo bo’ladi. Garbiy guruh Sumatra davlatlarini tashkil qildi, ularning ichida ayniqsa markaziy Sumatraning tekislik qismida Malakka yarim orolining kichik davlatlari boshchiligida markazlashuv jarayoni tez boradi. Bu davlatlar hayotida tashqi savdo, tranzit savdo (ko’pgina ziravorlar, Molukka orollari bilan savdo qilingan) yetakchi o’rin tutadi. Janubiy–sharqiy Osiyoning bu asrlardagi dengizchilari Mon-kxmer va indoneziyaliklar edi. Shalmaladvipi (Malakka orolining qadimgi nomi) davlatlaridan eng mashhuri (II asrdan) Kataxa va Tambralinga edi. Ular nisbatan kuchli qo’shinga ega bo’lgan boy davlatlar bo’lgan. Bu davlatlarda madaniy taraqqiyot darajasi yuqori bo’lib, shahar aholisi orasida sanskrit adabiyoti, yozuv va tili, hinduizm va budda diniy ta'limoti keng tarqalgan.

Yava va Kalimantandagi Malaya va Yava davlatlari agrar mamlakatlar edi. Garbiy Yavadagi Taruma va Mulavarman davlatlari (IV-V asrlar) sun'iy sug`orish inshootlarini qurishni amalga oshiradilar. Qullar, chorva va yer-mulkni xususiy mulkligini induizm koxinlari qo’llab-quvvatlaydilar.

Hindixitoy yarim orollarining sharqiy qirgogida indoneziya tillari oilasiga mansub xalklar yashaydigan Tyampa boshdan kuchli dengiz flotiga ega bo’lgan, yirik savdo davlati bo’lgan. Tyampa hokimlari qirg`oq bo’yidagi qo’shnilarini talash bilan shug`ullanar, dengizdagi o’z qudratini muntazam namoyish qilar edilar. Madaniyatda Tyampa Indoneziya dunyosiga tegishli bo’lib, ko’p hollarda ularga kxmerning ta'siri kuchli bo’lgan. Xan Xitoyi bilan urushlar, doimiy diplomatik va savdo aloqalari bilan almashinib turilgan.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling