O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Yunon shahar – davlatlarining shakllanishi Buyuk kolonizatsiya


Download 0.77 Mb.
bet204/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Yunon shahar – davlatlarining shakllanishi Buyuk kolonizatsiya


Er. avv. I ming yillikning boshlarida ilk bor finikiyaliklar begona hududlarda o’zlarining yangi manzilgohlari (Koloniya)larini barpo qila boshladilar. Finikiyaliklardan keyin yunonlar ham bu jarayonda faol ishtirok etadilar. Koloniyalar begona hududlarda ularni tashkil etgan finikiyalik va yunon savdogarlari uchun tayanch nuqtalari bo’lib xizmat qilgan. Yunonlarning koloniyalarni barpo qilish faoliyati er. avv. VIII-VI asrlarga to’g’ri keladi. Bu vaqt buyuk yunon kolonizatsiyasi davri deb aytiladi.

Koloniyalarni barpo qilishning bir necha sabablari bor edi. Birinchi navbatda Yunonistonning bir necha viloyatlarida aholining haddan tashqari ko’payib ketganligidir. Arxaik davrining boshlanishida aholi sonining keskin o’sishi natijasida, demografik portlash yuz berdi. Ishlab chiqarish kuchlarining zaif rivojlanishi oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni taqchilligiga olib keldi. Yunonistonning o’zida dehqonchilik qilish uchun yaroqli bo’lgan yerlar deyarli yo’q edi. Aholining ortiqcha qismi shu sababli begona hududlarga borib yangi yerlarni o’zlashtirishga majbur bo’ldi.

Buyuk yunon kolonizatsiyasining yana bir ijtimoiy sababi bor edi. Kambag’allashgan jamoachi dehqonlar o’zlarining boyib ketgan zodagon qarindoshlariga qarzi uchun qul bo’lishni xoxlamadilar, ular o’zlarini qarzlari uchun garovga qo’yilgan bir parcha yerlarini tashlab ketishga majbur bo’ladilar. Ular uchun yagona yo’l begona joylarga ketish edi. Arxaik

Yunonistonningf shaharlari bu vaqtda yirik iqtisodiy markazlarga aylandilar, savdo iqtisodiyotning asosiy sohalaridan biriga aylandi. Bu shaharlarning boy savdogarlari chet mamlakatlarga boradigan yo’llarda o’rnashib qolish uchun savdo koloniyalari barpo qilishga harakat qildilar.

Yunon shaharlaridagi tabaqaviy ijtimoiy-siyosiy kurash kolonizatsiya jarayonini yana bir sababi edi. Shaharlarning iqtisodiy taraqqiyoti tabaqalanishni kuchaytirdi. Shahar aholisining turli tabaqalari o’rtasida ijtiomoiy-siyosiy kurash kuchayib ketdi. Yengilgan guruh shaharni tashlab ketishga majbur edi. Shuningdek savdo-hunarmandchilikni rivojlanishi xom ashyoga bo’lgan ehtiyoj va tayyor mahsulotni sotish uchun yangi hududlarni izlab topish zaruriyatini tug’dirdi.

Bundan tashqari arxaik davrda Yunonistonning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan viloyatlarida. fuqarolarni qarzi uchun qul qilish qonun bilan taqiqlangan edi. O’sib borayotgan iqtisodiyot uchun arzon ishchi kuchi qullarga bo’lgan talabni qondirish uchun begona hududlardan qullarni olib kelish boshlandi. Yunon kolonistlari ko’p hollarda yangi qul bozorlarining tashkilotchilari bo’ldilar.

Buyuk kolonizatsiya deb atalgan jarayon bilan bog’langan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlar qadimgi Yunonistonning keyingi taraqqiyotini belgilab berdi. G’arb va Sharqda ko’p sonli yunon kolonniyalarining barpo qilinishi, O’rtayer dengizi savdosidan finikiyaliklarni siqib chiqarilishi, yunon savdosini o’sishi, hunarmandchilikning yuksak taraqqiyotiga olib keldi. Tovar sotish bozorlari, hunarmandchilik mahsulotlari hajmi kengaydi, ishchi kuchiga yana ehtiyoj kuchayib, qullarni soni o’sdi. Ellada iqtisodiyotining barcha sohalarida qul mehnati etakchi o’ringa chiqa boshladi. Zodagon oligarxiya ayrim polislarda boshqaruvni xalq tomonidan hokimiyat tepasiga chiqarilgan, o’z shaxsiy hokimiyatini o’rganishga erishgan kuchli va faol shaxslar bo’lgan tiranlarga topshirishga majbur bo’ldi. Eramizdan avv. VI asrda arxaik davrning tugashi davrida ba’zi bir polislarda demokratik qurilishning ilk asoslari qurildi.

Yunonlar begona hududlarda ba’zida mahalliy aholining qarshiligiga duch keldilar, ba’zida do’stona aloqaga kirishdilar. Kiklada, Sporada orollari va Kichik Osiyo qirg’oqlarini qadimdayoq yunonlar o’zlashtirgani sababli er. avv. VIII asrda aholining ko’chishi g’arbga Sitsiliya va Janubiy Italiyaga, shimoli sharqda Qora dengiz qirg’og’iga tomon yo’naldi. Misr va Kirenaika ham o’zlashtirildi. Janubiy Italiya VIII-VI asrlarda kolonizatsiya qilindi.

Bu yerdagi kolonistlar o’zalarini kelib chiqishlarini Pelepponnes axeylaridan deb hisoblar edilar.

Er. avv. VII-VI asrdagi kolonizatsiya jarayonida barpo qilingan yunon shaharlari bir necha yo’nalishda rivojlandilar. Janubiy Italiyadagi shaharlar qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga, Qora dengiz bo’yidagi Milet koloniyalari savdoga ixtisoslashgan edilar.

Janubiy Italiyada Metapont va Sires, Sibaris, Posidoniya kabi yunon shaharlari qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanar edilar. Bu erda ayniqsa spartaliklar asos solgan Tarent shahri koloniyalar orasida yetakchi o’rinni egalladi. Shahar Sparta shevasini va boshqaruv uslubini to’liq saqlab qoldi.

Sitsiliya orolida Evbey Xalkidasi yunonlari er. avv. 735 yil atrofida Naksos, Katanu va Leontiano, Zankli (keyingi Messana) hamda Regiyni barpo qiladilar. Shimolda Gaetan qo’ltig’ida Qum shahriga asos solindi. Loklar Italiyaning Zefir burnida Zefir Lokri (hozir Kap Spartivento)ni, Korinf aholisi Sitsiliyaga vaqt o’tishi bilan yunon g’arbini bosh markazi va metropoliya rolini o’ynagan Sirakuzani barpo qildilar. Sirakuza o’z navbatida Akr va Kamirinani barpo qildi. Megara Gibliya Megarasi va Seluninga, rodosliklar Agrigent shahriga asos soldilar. Shunday qilib yunonlar Sitsiliyaning sharqiy va janubiy qismini egalladilar. Orolning g’arbida bu yerga yunonlardan ilgari kelgan finikiyaliklar hukmronlik qiladilar. Vaqt o’tishi bilan orolining g’arbida Finikiya yerlari qisqarib faqat Finikiyaning uch nuqtasi Solunt, Panorm (hozirgi Palerma) va Motiya qoldi.

Er. av. VI-asrda yunonlarning Italiya va Sitsiliya koloniyalari gullab-yashnadi va Bolqon Yunonistonidan ko’ra boy hududga aylanib Buyuk Yunoniston nomini oldi. Bu koloniyalarning gullabyashnashining asosi qishloq xo’jaligi, savdohunarmandchilik edi. Sitsiliya va Italiyadan g’alla Yunoniston va Kichik Osiyoga chiqarildi. Er. avv. VII-asrda Liguriya qirg’og’idagi Rodan daryosi havzasida fokiyaliklar Massiliya (hozirgi Marsel’), janubiy Italiyada Eleya shaharlariga asos soldilar.

Sharqda Xalkidika yarim oroli Evbeyadagi Xalkida aholisi tomonidan, Epir qirg’og’idagi (hozirgi Korfu) Kerkira oroli korinfliklar tomonidan bosib olindi.

Korinfliklar Ambrakiy qo’ltig’da Ambrakiya va Anaktorn; Illiriya qirg’og’ida Appoloniya va Epidamn koloniyalariga asos soldilar.

Qora dengiz qirg’oqlarida Kichik Osiyodagi yunonlarning eng kuchli savdo markazi Miletning fuqarolari o’nlab koloniyalarni barpo qildilar. Abidos, Sinop, Koteo, Kerasun va Trapezunt, Qora dengiz shimoli, shimoliy-g’arbiy qirg’oqlarida Ol’viya, Appoloniya, Odessa, Toma, Tira, Feodosiya, Bosforda

Kalxidon (megaralilar asos solgan) Qora dengizning Yevropa qirg’og’ida Vizantiy, Gerakleya koloniyalari qad ko’tardi.

Er. avv. VII-asrda Misrda ham yunonlarning tayanch nuqtalari vujudga keldi, bu yerda Navkratis koloniyasi barpo qilindi. Shimoliy Afrikada Liviya qirg’og’ida shoir Kallimax va olim Erastofenning vatani Kirenaga asos solindi. Yunonlarning g’arbga siljishini Karfagen, janubi sharqda esa Misr to’xtatdi.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling