Qabul qildi: Sobirov. Sardor


Download 230.3 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi230.3 Kb.
#1494917
  1   2
Bog'liq
Imperator konstantin




Andijon Davlat Universiteti
Tarix Fakulteti
Mamlakatlar va Mintaqalar yònalishi
Mamatxonova Osiyoxonnning
103-guruh talabasi
Jahon tarixi fanidan Tayyorlagan




Topshirdi: Mamatxonova.O

Qabul qildi: Sobirov.Sardor







MAVZU: IMPERATOR KONSTANTIN




















Reja:

1.Imperator Konstantinning taxtga kelishi.

2.Rim imperiyasining ikkiga bo’linishi

3.G’arbiy Rim imperiyasining qulashi.








Imperator Konstantin








To’liq ismi Konstantin I Flaviy Valeriy Buyuk Konstantin 306—337 yillarda rim imperatori,taxminan 285-yilda Naisusda tug’igan. Davlat boshqaruvini bosqichmabosqich markazlashtirib borgan, oldingi diniy eʼtiqod — butparastlikni saqlab qolgan holda, xristianlar cherkovini qoʻllab-quvvatlab turgan. K.I. davridagi muhim voqealardan biri — 313 yildagi Milan edikta edi. Unga binoan, xristian diniga eʼtiqod qiluvchilarga erkinlik berilib, cherkov va cherkov mulklari qaytarib berildi. 324—330 yillarda Vizantiy shahri oʻrnida yangi poytaxt — Konstantinopolga asos solgan. K.I davrida uning gʻalabalari sharafiga Rimdagi Zafar darvozasi qurilgan


Rim imperiyasining ikkiga bo'linishi
Diokletian va Maksimian 305-yil 1-mayida hokimiyatdan voz
kechdilar.Taxtdan voz kechgan Diokletian Salonaga ko'chib borib
gul va sabzavot yetishtirish bilan shug'ullandi. 313-yilda 68 yoshida
vafot etdi. Konstansiy I Xlor va Galeriy imperatorlar deb e’lon
qilindilar. Vorislar o'rtasida taxt uchun kurash boshlanib, bu
kurashda Diokletianning yordamchilaridan birining o'g'li
Konstantin (306—337-yillar) g'olib chiqdi. U raqiblari bilan bir
necha yil kurash olib borib Rim imperiyasining yagona hukmdoriga
aylandi. Konstantin imperiyani 4 ga bo'linishini saqlab qoldi, lekin
boshqaruvni birov bilan baham ko'rish tizimini yo'q qildi.
Endilikda imperiya qismlarini unga bo'ysunadigan prefektlar
boshqardilar.
Konstantin uzoqni ko'ra oladigan, aqlli siyosatchi edi. U 200
yildan beri ta’qib etilayotgan nastoniy dinini kuch-qudratini davlat
409
hokimiyatini mustahkamlashdagi muhim o‘rnini anglab yetdi. Shu
sababli 313-yilda u o'zining Milan edikti bilan nasroniylik dinini
boshqa dinlarga tenglashtirdi. Shu lahzadan boshlab xristian
cherkovi imperator hokimiyatining ittifoqchisi va himoyachisiga
aylandi.
Imperator 330-yil 11-may kuni poytaxtni sharqiy qism Bosfor
qiig'og'iga tantanali ko'chirdi. Eski yunon koloniyasi Vizantiy
qayta qurilib kengaytirildi. Yangi poytaxtni qurilishi va bezatilishi
uchun ulkan miqdorda mablag' saflandi. Saroylar, stadion,
ippodrom, termalar va kutubxonalar qurildi. Rimdan ulkan
miqdorda haykallar olib kelindi. Shahar imperator sharafiga yangi
nom Konstantinopol deb ataldi. Poytaxtni sharqqa kO‘chirilishi
tasodif emas edi. Sharqiy provinsiyalar g'arbdagilarga qarganda
madaniy va boyroq edi.
Konstantinning o'limidan so'ng taxt uchun yana kurash
boshlandi. Hokimiyat uning o'g'li Konstansiy qo'liga, keyin esa
uning nevarasi Yulianga o'tdi. Yulian eski Rim dinini tiklashga
urindi, lekin muvaffaqiyatga erishmadi.
Hokimiyatni uning o'g'li Konstansiy egalladi. Uning o'miga
kelgan Flaviy Klavdiy Yulian (361—363-yillar) eski Rim dinini
tiklashga urinib xristian cherkovini imtiyozlarini bekor qildi.
Keyingi imperatorlar Valentinian I va Valent bir vaqtning o'zida
imperiyaning g'arbiy va sharqiy qismlarini boshqardilar. Ularning
davrida germanlaming hujumi kuchaydi. 378-yilda Frakiyadagi
Adrianopol shahri yonida vesgotlar Rim qo'shinlariga kuchli zarba
berdilar. Qaysiki shundan keyin Rim imperiyasi hech qachon
tiklana olmadi. Imperator Valent jang maydonida halok bo'ldi, eng
yaxshi zobitlar qurbon bo'ldilar. Endilikda Rim imperiyasi hech
qachon chegaralarini himoya qilish uchun yetarlicha qo'shin
to'plash imkonoyatidan mahmm bo'ldilar. Endi chegaralami
qo'riqlash germanlardan olinadigan ishonchsiz qismlarga topshirila
boshlandi. Germanlar ko'plab miqdorda rim qo'shiniga olina
boshlandi. Ular oliy harbiy mansablarni egallay boshladilar.
Imperator Feodosiy I vestgotlarga Illiriya viloyatini bo'shatib
berib, shu bilan Konstantinopolni bosib olishidan saqlab qoldi,
Feodosiy 394- yilda tarixda so'nggi marta imperiyani har ikkala
qismini ham bir qo'lga to'pladi, lekin u bir yildan so'ng vafot qildi
va rim imperiyasi batamom ikkiga bo'lindi. Imperiyaning g'arbiy
qismini uning 11 yoshli o'g'li Gonoriy, sharqiy qismini uning 28
yoshli ukasi Arkadiy boshqara boshladi. Gonoriy (395-yillar)
davrida imperiyaning g'arbiy qismi germanlaming hujumlari bilan
410
to'la yemirilishi davri bo'ldi. Germanlaming istilosi Rim
xizmatidagi germanlaming xoinligi qullar va kolonlaming
qo'zg'alonlari imperator Norikaningv 2 yildan so'ng, Rim
shahrining o'zi bosib olinib, talon-taroj qilindi. Alarix Rimdan,
vestgotlar Galliyaga chekindilar. Ammo g'arbiy Rim imperiyasi bu
paytda o'z umrining oxirgi lahzalarini boshdan kechirar edi. 407-
yilda rimliklar Britaniyani tashlab ketdilar. 409-yilda vandallar,
sveblar va allemandlar Ispaniyani bosib oldilar. 415-yilda vestgotlar
Rimdan Galliyani ajratib oldilar. 429-yilda vandallar va boshqa
german qabilalari Ispaniyadan Afrikaga o'tdilar. Vandallar qirol
Geyzerix boshchiligida 455-yilda Rim shahrini egallab uni buzib
tashladilar.
Odoakr imperator hokimiyani ramzlarini Konstantinopolga
jo'natdi. Bu voqea G'arbiy Rim imperiyasining tugashi deb
hisoblanadi. Sharqiy Rim imperiyasining hukmdorlari
germanlaming hujumlarini bartaraf qilib o'z boshimcha
qo'mondonlami yo'q qildilar. Sharqiy Rim imperiyasi yana ming
yil yashab, tarixga Vizantiya imperiyasi nomi bilan kirdi.
Diokletian va Konstantinning islohotlari imperiyaning
yemirilishi jarayonini sekinlashtirdi, lekin uni to'xtata olmadi. IV
asrda jonlangan ichki savdo to'xtadi. Ko'p shaharlar tushkunlikka
yuz tutdi. Butun imperiya bo'ylab natural xo'jalikka qaytish
boshlandi.
Pul tizimi ishdan chiqdi. Soliqlami to'lash qiyinlashdi.
Shaharlardan aholi ko'chib keta boshladi. Konstantin shahar
aholisini ko'chib ketishini kolonlami O'z yeriarini tashlab
ketishlarini rasman taqiqladi.
Yirik yer egalari latifundistlar barcha soliqlarni natural tarzda
to'lashni yuldatdi. Ularning hokimiyati kengaydi. Shaxsiy erkin
kolonlaming ahvoli qullarning ahvolidan kam farq qildi. So'ngi
imperiya davrida yirik yer egalari o'zlariga qaram bo'lgan mahalliy
aholi ustidan o'z amaliy hokimiyatlarini amalga oshirdilar. Ular o'z
qo'shin va qamoqxonalarini tashkil qildilar. Ijtimoiy aloqalaming
bunday yangi ko'rinishini shakllanishi so'nggi Rim jamiyatini
sekin-asta feodallashuvini bildirar edi.

Download 230.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling