O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Yunon-fors urushlaridan so’ng Afina


Download 0.77 Mb.
bet224/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Yunon-fors urushlaridan so’ng Afina


Y unon-fors urushlaridan so’ng Afina tez tiklandi. Pirey porti qayta qurilib, o’sha davrdagi O’rtayer dengizidagi eng yirik port hisoblangan. Karfagen portiga tenglashdi. Dengiz ittifoqiga etakchilik qigan Afina yunon dunyosi dengiz savdosida ham birinchi o’rinni egalladi. Afina eksporti Shimoliy Qora dengiz, Sitsiliya, Apuliya, Etruriyani qamrab oldi. Egina, Korinf Kerkira va boshqa shaharlar savdoda Afinani birinchiligini e’tirof etishga majbur bo’ldilar. Afina ijtimoiy qatlamlarida ham tegishli o’zgarishlar yuz berdi. Jamiyatda etakchi o’rinni savdo – hunarmandlar tabaqalari egalladilar. Davlatni ichki va tashqi siyosatini ana shu tabaqalar belgilar edi. Attika dehqonlari poytaxtni g’alla bilan ta’minlay olmas edilar, g’allani Qora dengiz bo’yidan yoki Italiyadan olib kelish arzonga tushar edi. Qishloq aholisi ish topishi uchun ko’plab shaharlarga kelib o’rnasha boshladilar.

Er.avv. V asr o’rtalaridan boshlab Afinada hunarmandchilik va dehqonchilkida foydalaniladigan qullarni soni ko’payib ketdi. Afina olib borgan ko’plab urushlar natijasida Kichik Osiyo, Frakiyava Illiriyadan qullar olib kelib sotiladigan Xios orolidagi qul bozori iqtisodiyotining ishchi kuchiga bo’lgan doimiy ehtiyojini qondirdi. Qullarni soni keskin oshib ketdi. Malakasiz qul arzon bo’lib, hunarga o’rgatilgan qul qimmati 100-150 draxma baholanar edi. Perikl davri Afinasida qullarni aniq soni noma’lum. Taxminlarga ko’ra ular 400 mingtaga etmagan.

Shahardagi eng boy odamlarning biri Nikiyning Lavrion kumush konlarida ming quli, boy Gipponikning 600 quli bo’lgan. Oddiy hunarmandlarning ustaxonalarida 5 tadan 10 tagacha qul ishlagan. Qalqon yasovchi usta Lisiyning ustaxonasida 120 qul bo’lgan. Boy shaharliklar xo’jaligida 10-20 qul mehnat qilgan. Hunarmandchilik korxonalari, konlar, poliz, uzumzor va zaytunzorlarda qullar mehnat qilganlar. Afina shahar politsiyachilari asosan qullardan iborat bo’lgan, qullarga “gapiruvchi qurol” deb qarashgan, ularning hech qanday ijtimoiy huquqi bo’lmagan. Ishlab chiqarishda qullarning ko’payib borishi bilan erkin fuqarolar orasida jismoniy mehnat qilish past ish qo’lga xos mehnat degan tushuncha keng tarqala boshladi. Arxaik davridayoq zodagonlar ish haqi uchun kundalik og’ir ishga nafratlanib qaradilar. Er.avv.V asrga kelib bunday qarash axolining erkinqatlamlarining ichida uchratish mumkin edi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling