O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 0.77 Mb.
bet225/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Afina demokratiyasi


Afina demokratiyasi deganda 20 yoshdan katta, erkin tug’ilgan, to’la huquqli Afina erkaklari uchun xos bo’lgan demokratiya to’g’risida so’z borardi. Ular aholining ozchilik qismini tashkil qilar edi. Siyosiy huquqlardan, qullardan tashqari ayollar, boshqa viloyatlarda Afinaga qochib kelganlar va Afinada yashab turib, erkin bo’lsada fuqaroligi bo’lmagan meteklar mahrum edi. Meteklar 100 mingga yaqin kishini tashkil qilib ular asosan savdo hunarmandchilik bilan shug’ullanar edilar.

Polisning suveren hokimi – xalq yig’inini Afina fuqarolik huquqiga ega bo’lgan soni ko’p bo’lmagan katta yoshli erkaklar tashkil qilar edilar. Mansabdor shaxslar qur’a tashlash yo’li bilan saylanar, faqat mansabga nomzodlar afinalik bo’lishi ustidan nazorat qilinar edi. Arxont yoki strateg vazifasini har qanday fuqaro bajarishi mumkin degan tushuncha mavjud edi. Chunki barcha mansabdor shaxslar yig’inda xalq irodasi va qonunlarini ifodalagan holda tadbiq qilar edilar. Ularning funksiyasiga hech qanday muhim vazifa kirmas edi. Oliy mansabdor shaxslar – arxontlar hokimiyati oila va meros huquqiga rioya qilishga g’amxo’rlik (arxont eponim) sacral vazifa (arxont basilevs) sud jarayonlariga raislik qilish (fesmofet) bilan cheklangan edi. Arxont polemarx (qo’shin qo’mondoni) faqat nomidagina qo’mondon bo’lib, amalda u chet elliklar ustidan sud ishlarini amalga oshirar edi. Qurolli kuchlarga urush va tinchlik paytida rahbarlik qilish 10 strategga tegishli edi. Ular qur’a tashlash yo’li bilan emas, balki har bir nomzodga bevosita ovoz berish yo’li bilan saylanar edilar. Mansabdor shaxslar faqat boshiga mirta gulchambardan boshqa hech qanday hokimiyat belgisiga ega emas edi. Bu uning xokimiyatini cheklanganidan guvohlik berar edi. Ammo katta bo’lmagan xokimiyatni ham suiste’mol qilish mumkin edi, shu sababli qonun bir kishini bir mansabga qayta saylashni taqiqlar edi.

Boshqaruv kollegial edi. Har bir feldan 10 strateg saylanib, ko`cha va inshootlarni xolatini nazorat qilish uchun 10 astinom bozor va tovarlar to’g’risida g’amxo’rlik qilib sotuvchi va xaridor o’rtasidagi janjallarni10 agranomlar ajrim qilar edilar. Ijroiya xokimiyati har bir felddan 50 kishi saylanadigan 500 lar kengashi- pritanlar qo’lida edi. Kengash xalq yig’iniga olib chiqiladigan qarorlar loyihasini tayyorlar va mansabdor shaxslar yordamida yig’in qarorlarini bajarar edi. Kengash jamoat ishlarini tashkil qilish, konfiskatsiya qilingan mulkni sotish, davlat saylagan komissiya orqali moliya ishlarini nazorat qilish, kemalar qurilishi va otliq qo’shinlar, Afina doimiy qo’shinini jangovar qobilyatini saqlash kabi ishlarni amalga oshirar edi. Besh yuzlar kengashi boshqaruv masalalarini tezkor hal qila olmas edi. Shu sababli har bir fild o’zining 50 vakili- pritanlat orqali davlatni yilni 1/10 qismida idora qilar edi. Pritanlar kun davomida majlis qurganlar, ularning ¾ qismi tunda qolgan. Kengash chet davlatlar bilan yozishmalar olib borgan, elchilarni qabul qilgan. Har kun pritanlar tarkibidan qur`a tashlash bilan kengash raisi saylanib, u davlat xazinasini kaliti va muhrini olgan. U shu kun xalq yig’ini bo’lsa unga raislik qilgan.

Dastlab xalq yig’ini oyda bir marta, keinchalik oyda 4 marta shaharning g’arbiy qismidagi qoyali terrasa pniksda to’plangan. Yig’ilishlarda besh yuzlar kengashi tayyorlagan qaror loihalari muhokama qilinib, so’zga chiquvchilar faqat shu mavzudagina so’zlashlari mumkin edi. Yig’ilish va ekklesiya “ isagoriya”- so’z erkinligiga qat’iy rioya qilinar, qaysiki “isotomiya”-mansablarni egallashda tenglik va “isonomiya” –qonunlar oldida tenglik fuqarolarning siyosiy huquqlarini poydevorini tashkil qildi.

A fina davlati mehnat qobiliyatini yo’qotgan fuqarolar va Vatan uchun jonini fido qilgan fuqarolarning bolalari to’g’risida g’amhurlik qilgan. Aksincha davlat uchun xavfli deb hisoblangan fuqarolarni xalq yig’ini quvg’in qilishi mumkin bo’lgan. Afina demokratiyasi ostrakizm vositasi bilan obruli, ta’sirga ega bo’lgan mashhur fuqarolarni o’z yakka hukmronligini o’rnatishdan xavfsirab, uni quvg’in qilgan. Xalq yig`ini vakolatiga Afina fuqaroligiga qabul qilish,meteklar ishi, chet davlatlarga elchilar yuborish kirgan. Urush vaqtida strateglar xalq oldida o’zlari o’tkazgan urush xarakatlari to’g’risida hisobot berganlar, harbiy mag’lubiyat uchun hatto strateglarni o’lim jazosiga hukm qilinish xavfi kuchli bo’lgan.

Afinada mansabdor shaxslar katta xokimiyat va obro`ga ega bo’lmaganlar, aksincha yig’inlarda so’zga chiqishni biladigan,qonunlar loyihasini qabul qilishga xalqni ko’ndira oladigan, hech qanday mansabga ega bo’lmagan kishilar xalq ishonchiga sazovor bo’lganlar. Ular demagoglar deb atalgan. Afina davlati o’z fuqarolarining ma’naviy barkamolligiga jiddiy e’tibor bergan. Fuqarolarni teatrga kirish, bayramlarga ishtirok etish imkoniyati yaratilgan. Tomoshalarga kambag’al kishilarning kirishi uchun davlat teorikon- teatrga kirish uchun ikki obol miqdorida pul to’lovini joriy qildi. Perikl taklifi bilan joriy qilingan nafaqa oddiy fuqaroga teatrga kirish imkoniyatini berdi.

Er. avv. VI-V asr boshlarida sport musobaqalari zodagonlar uchun ko’ngil ochish bo’lsa, Afina demokratiyasi uni oddiy fuqarolarni ham sport bilan shug`ullanishlariga sharoit yaratishga harakat qildi. Zallar, hammomlarga ega bo’lgan gimnasionlar, mashq qiladigan ko’p sonli palestralar har qanday Afina fuqarosi uchun ochiq edi. Lekin boy afinaliklar uchun gimnasion va palestalar alohida edi. Barcha sport inshoatlari davlat ixtiyorida edi. Sport inshootlari ishini tashkil etish va boshqarish xalq yig’ini tomonidan tayinlangan lavozim safronist qo`lida edi. Sport Afinada kishini o’z-o’zini idora boshqarishga o’rgatish, adolatli o’yin qoidasiga rioya qilish, o’z ruhini ko’tarishga xizmat qilishi kerak edi.

Afinaliklar boshqa yunonlar kabi ko’pgina yugurish bilan (mash`ala yoki boshqa yuk bilan uzun masofaga, to`la harbiy anjomda yugurish) shug’ullanganlar. Shu bilan birga aravalarda poyga, sakrash, nayza yoki disk uloqtirish, qo’l jangi, kurash va kamondan otish keng tarqalgan.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling