Uzun tumani kelib chiqishi Uzun tumanining diqqatga sazovor joylari Uzun tumanidagi ziyorotgohlar
Download 44.42 Kb.
|
UZUN TUMANI TARIXI
UZUN TUMANI TARIXI REJA: Uzun tumani kelib chiqishi Uzun tumanining diqqatga sazovor joylari Uzun tumanidagi ziyorotgohlar Uzun tumani — Surxondaryo viloyatidagi tuman, 1942-yil 12-yanvarda tashkil etilgan. 1959-yil 15-oktabrda Sariosiyo tumaniga qoʻshib yuborilgan, 1991-yil 29-martda qayta tuzildi. Uzun tumani shimoli-gʻarbdan Sariosiyo tumani, sharq, janubiy, shimolidan Tojikiston, janubi-gʻarbdan Qumqoʻrgʻon, gʻarbdan Denov, Shoʻrchi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 2,33 ming km². Aholisi 183,3 ming kishi (2023-yil 1-yanvar). Tumanda 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Bobotogʻ, Joncheka, Oqostona, Telpakchinor, Uzun, Fayzova, Xondiza) bor. Markazi — Uzun shahri. Uzun tumani 2018-yildan Yangi roʻzgʻor mahallasi uzumchilikka asos solinib har bir aholi uylarida kamida 10 tupdan uzum koʻchatlari ekilib, hozirgi 2023-yilga kelib anchagina mahallaga koʻrk va tadbirkorlikka yoʻl ochib berilmoqda. Bu esa tumanning yanada rivojlanishida oʻz hissasini qoʻshmoqda. Aholisi: asosan, oʻzbeklar (60%), tojiklar (35%), shuningdek, rus, tatar, qozoq, turkman, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 56 kishi toʻgʻri keladi. Tabiati Uzun tumani viloyatning shimoliy qismida joylashgan. Relyefi, asosan, Oq ostona maqbarasi, togʻ va adirliklardan iborat. Adirliklarning asosiy qismi Bobotogʻ va Hisor tizma togʻlari etaklarida joylashgan. Tuman hududidan Toʻpolondaryo, Obizarang, Qoratogʻ, Qorasuv, Surxon daryolari oqib oʻtadi. Aholi va xoʻjaliklar ekin maydoni shu daryolardan suv oladi. Bobotogʻ massivi esa Kofarnihon daryosidan sugʻoriladi. Tuman markazidan 70 km cha uzoqlikdagi Hisor togʻlari etagida oʻndan ortiq qishloq joylashgan. Uzun tumani Foydali qazilmalardan Xondizada (Hisor togʻlari etagi) polimetall va Xoʻjaasminda marmar konlari bor. Tuman iqlimi moʻtadil, dehqonchilik uchun qulay. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi C —2°, iyulniki +35°C. Eng yuqori temperatura +46°C. Yillik yogʻin 650-700 mm. Vegetatsiya davri 290—320 kun. Yovvoyi oʻsimliklardan archa, shuvoq, shoʻra, yantoq, togʻ rayhoni, anzur piyozi, ravoch; mevali daraxtlar (yongʻoq, anor, oʻrik, xurmo, tut, anjir, limon), shuningdek, tol, terak, qayragʻoch, chinor o‘sadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, qobon, qoplon, ayiq, kiyik, jayra; qushlardan kaklik, gʻoz, oʻrdak, mayna, qargʻa, burgut, bedana, kaptar, bulbul, qaldirgʻoch, musicha bor. Iqtisodiyoti Xoʻjaligida dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Sanoat korxonalaridan paxta tozalash, tgazetasir-beton buyumlari, maxsus ixtisoslashtirilgan tajriba zavodlari hamda 7 ta savdo, jamoat ovqatlanish, 4 ta aholiga maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, Uzun dehqon bozori, 272 ta firma va kichik korxonalar, shuningdek, „UzunKomron“ qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Tumandagi 9 ta shirkat xoʻjaligidan 8 tasi paxtachilik va gʻallachilikka ixtisoslashgan. Xondiza shirkat xoʻjaligi bogʻdorchilik va asalarichilik bilan shugʻullanadi. Tumanda 4 ta fermer xoʻjaligi uyushmasi faoliyat koʻrsatadi. Uyushmalarda 620 dan ortiq fermer xoʻjaligi boʻlib, ular ham paxtachilik va gʻallachilik hamda chorvachilik bilan shugʻullanadi. Shuningdek, 77,2 ming ga yer maydoniga ega boʻlgan oʻrmon xoʻjaligi hamda 6 ta suv havzasiga ega boʻlgan xususiy baliqchilik yoʻnalishi boʻyicha 4 fermer xoʻjaligi mavjud. Tuman xoʻjaliklarida 5992 ga yerga paxta, 4231 ga yerga gʻalla ekiladi. 1665 ga yer bogʻ (2004). 2003/2004 oʻquv yilida 64 umumiy taʼlim maktabi (34,5 ming oʻquvchi), 2 isteʼdodli bolalar maktab internati (375 oʻquvchi), ixtisoslashtirilgan maktab internati (225 oʻquvchi), qishloq xoʻjaligi va maishiy xizmat koʻrsatish kasb hunar kollejlari (1,2 ming oʻquvchi),bolalar va o‘smirlar sport maktabi, bolalar musiqa maktabi, Prezident maktabi faoliyat koʻrsatdi. 80 jamoat va bolalar kutubxonasi, 8 klub, Uzun madaniyat uyi, „Xotira va qadrlash“ madaniyat va istirohat bogʻi, muzey ishlab turibdi. „Turon“ markaziy o‘yingohi, tennis korti bor. Uzun tumanida 4 kasalxona (410 oʻrin), 21 ambulatoriya, 19 feldsher akusherlik punkti, 11 qishloq vrachlik punkti, ko‘plab xususiy dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalarida 231 nafar oliy ma'lumotli shifokorlar va 1141 oʻrta maxsus ma'lumotli tibbiyot xodimlar ishlaydi. Tuman markazidan Uzun — Toshkent, Uzun—Termiz, Uzun — Denov va boshqa yoʻnalishlarda avtobuslar qatnaydi. 1952-yildan tuman „Bobotogʻ tongi“ gaz chop etiladi. Uzun tumani — Surxondaryo viloyatidagi tuman, 1942 yil 12 yanvarda tashkil etilgan. 1959 yil 15 oktabrda Sariosiyo tumaniga qo’shib yuborilgan, 1991 yil 29 martda qayta tuzildi. Uzun tumani shimoli g’arbdan Sariosiyo tumani, Sharq, Janub, shimoldan Tojikiston, Janubi g’arbdan Qumqo’rg’on, g’arbdan Denov, Sho’rchi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 2,33 ming km2. Aholisi 128,0 ming kishi (2004). Tumanda 7 qishloq fuqarolari yig’ini (Bobotog’, Joncheka, Oqostona, Telpakchinor, Uzun, Fayzova, Xondiza) bor. Markazi — Uzun qishlog’i. Tabiati. Tuman viloyatning shimoli qismida joylashgan. Relefi, asosan, Oqostona maqbarasi. tog’ va adirliklardan iborat. Adirliklarning asosiy qismi Bobotog’ va Hisor tizma tog’lari etaklarida joylashgan. Tuman hududidan To’polondaryo, Obizarang, Qoratog’, Qorasuv, Surxon daryolari oqib o’tadi. Aholi va xo’jaliklar ekin maydoni shu daryolardan suv oladi. Bobotog’ massivi esa Kofarnihon daryosidan sug’oriladi. Tuman markazidan 70 kilometrcha uzoqlikdagi Hisor tog’lari etagida o’ndan ortiq qishloq joylashgan. Foydali qazilmalardan Xondizada (Hisor tog’lari etagi) polimetall va Xo’jaasminda marmar konlari bor. Tuman iqlimi mo’tadil, dehqonchilik uchun qulay. Yanvarning o’rtacha temperaturasi g—2°, iyulniki 35°. Eng yuqori temperatura 46°. Yillik yog’in 650-700 mm. Vegetatsiya davri 290-320 kun. Yovvoyi o’simliklardan archa, shuvoq, sho’ra, yantoq, tog’rayhoni, Anzur piyozi, ravoch; mevali daraxtlar (yong’oq, anor, o’rik, xurmo, tut, anjir, limon), shuningdek, tol, terak, qayrag’och, chinor o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo’ri, tulki, qobon, qoplon, ayiq, kiyik, jayra; qushlardan kaklik, g’oz, o’rdak, mayna, qarg’a, burgut, bedana, kaptar, bulbul, qaldirg’och, musicha bor. Aholisi: asosan, o’zbeklar (75,1%), tojiklar (22%), shuningdek, rus, tatar, qozoq, turkman, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2ga 56 kishi to’g’ri keladi. Xo’jaligida dehqonchilik yetakchi o’rinda. Sanoat korxonalaridan paxta tozalash, temir-beton buyumlari, maxsus ixtisoslashtirilgan tajriba zavodlari hamda 7 ta savdo, 7 ta jamoat ovqatlanish, 4 ta aholiga maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, dehqon bozori, 272 ta firma va kichik korxonalar, shuningdek, «UzunKomron» qo’shma korxonasi faoliyat ko’rsatib kelmokda. Tumandagi 9 ta shirkat xo’jaligidan 8 tasi paxtachilik va g’allachilikka ixtisoslashgan. Xondiza shirkat xo’jaligi bog’dorchilik va asalarichilik bilan shug’ullanadi. Tumanda 4 ta fermer xo’jaligi uyushmasi faoliyat ko’rsatadi. Uyushmalarda 620 dan ortiq fermer xo’jaligi bo’lib, ular qam paxtachilik va g’allachilik hamda chorvachilik bilan shug’ullanadi. Shuningdek, 77,2 ming gektar yer maydoniga ega bo’lgan o’rmon xo’jaligi hamda 6 ta suv havzasiga ega bo’lgan xususiy baliqchilik yo’nalishi bo’yicha 4 fermer xo’jaligi mavjud. Tuman xo’jaliklarida 5992 gektar yerga paxta, 4231 gektar yerga g’alla ekiladi. 1665 gektar yer bog’ (2004). 2003/2004 o’quv yilida 64 umumiy ta’lim maktabi (34,5 ming o’quvchi), 2 iste’dodli bolalar maktab-internati (375 o’quvchi), ixtisoslashtirilgan maktab-internati (225 o’quvchi), qishloq xo’jalik va maishiy xizmat ko’rsatish kasbhunar kollejlari (1,2 ming o’quvchi) faoliyat ko’rsatdi. 80 jamoat va bolalar kutubxonasi, 8 klub, madaniyat uyi, «Xotira va qadrlash» madaniyat va istirohat bog’i, muzey ishlab turibdi. «Turon» stadioni, tennis korti bor. Uzun tumanida 4 kasalxona (410 o’rin), 21 ambulatoriya, 19 feldsherakusherlik punkti, 11 qishloq vrachlik punkti, 15 xususiy dorixona va boshqa tibbiy muassasalarida 231 vrach va 1141 o’rta tibbiy xodim ishlaydi. Tuman markazidan Uzun — Toshkent, Uzun—Termiz, Uzun — Denov va boshqa yo’nalishlarda avtobuslar qatnaydi. 1952 yildan tuman «Bobotog’tongi» gazetasi chop etiladi. Surxondaryo viloyati Uzun tumani. Viloyatning sharqiy qismida joylashgan. 1942 yil 12 yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 2,33 ming km2. Aholisi 127,7 ming kishi, asosan, o‘zbeklar, shuningdek, qozoq, rus, tatar, turkman, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Tumanda 7 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Markazi – Uzun qishlog‘i. Tumanda paxta tozalash, temir-beton buyumlari, maxsus ixtisoslashtirilgan tajriba zavodlari, 270 dan ziyod firma va kichik korxona, shuningdek, “Uzun-Komron” qo‘shma korxonasi faoliyat ko‘rsatadi. 64 umumiy ta’lim maktabi, 2 iste’dodli bolalar internat maktabi, ixtisoslashtirilgan internat maktabi, qishloq xo‘jalik va maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejlari faoliyat ko‘rsatadi. 80 jamoat va bolalar kutubxonasi, 8 klub muassasasi, madaniyat uyi, “Xotira va qadrlash” madaniyat va istirohat bog‘i, muzey bor. “Turon” stadioni, tennis korti va boshqa sport inshootlari mavjud. 4 kasalxona, 21 ambulatoriy, 19 feldsher-akusherlik, 11 qishloq vrachlik punktlari, 15 xususiy dorixona va boshqa tibbiy muassasalari aholiga xizmat ko‘rsatadi. Tuman markazidan Uzun-Toshkent, Uzun-Termiz, Uzun-Denov va boshqa yo‘nalishlarda avtobuslar qatnaydi. 1952 yildan “Bobotog‘ tongi” tuman gazetasi chiqariladi. Download 44.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling