Uzun tumani kelib chiqishi Uzun tumanining diqqatga sazovor joylari Uzun tumanidagi ziyorotgohlar
Download 44.42 Kb.
|
UZUN TUMANI TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqlimi
- Tuprogʻi
- Oʻsimlik dunyosi
ChoʻqqilariBu togʻ Surxondaryo geografik okrugining sharqida joylashgan boʻlib, ancha yemirilib, pasayib qolgan. Eng baland choʻqqisi — Zarkosa togʻi boʻlib, balandligi 2290 m ni tashkil etadi. U yerning oʻrtacha balandligi 1200-1500 metrga teng. Bobotogʻ okrugi relyefi Hisor-zarafshon okrugi relyefidan tubdan farq qiladi[1]. Asosan paleogen va yura davri ohaktoshlari, gil, alevrolit, qumtoshlardan tarkib topgan. Bobotogʻning sharqiy yon bagʻri tik va ensiz, togʻ oldi tekisliklari Kofarnihon daryosi terrasalarida joylashgan. Gʻarbiy yon bagʻri ancha yotiq va keng boʻlib, asosiy qismi past togʻlardan iborat. Bobotogʻning yon bagʻirlari koʻplab quruq soylar bilan parchalangan. Bu yerda karst keng tarqalgan. Mazkur hududdagi togʻlar orasida botiqlar mavjud, ular neogen va antropogen davri yotqiziqlari bilan toʻlgan[2]. IqlimiIqlimi quruq va keskin kontinental. Oʻrtacha yillik havo harorati togʻ etaklarida 16° darajani, oʻrtacha balandliklarda 8—10° darajani tashkil etadi. Yogʻin miqdoriYillik yogʻin miqdori 170 mm dan 350-400 mm gacha yetishi mumkin. TabiatiBobotogʻ koʻrinishi TuprogʻiTogʻ yon bagʻirlarida buloqlar, qish va bahorda toʻlib oqib, yozda qurib qoladigan soylar bor. Boʻz va jigarrang togʻ tuproqlarida xilma-xil efemer, efemeroid oʻsimliklar oʻsadi. Bobotogʻda lyoss jinslaridan tarkib topgan 600 metrdan pastdagi hududlarda och boʻz tuproqlar va lyoss qavati yuvilib ketgan rayonda toshloq shagʻal boʻz tuproqlar tarqalgan. Dengiz sathidan 600-900 metr balandlikda qumloq va qumloq jinsli hududlarda esa oddiy boʻz tuproq uchraydi. 900 metrdan yuqoriroqdagi joylar esa asosan toshloq yer boʻlib, bu hududda kserofit butalar oʻsadi. Ularning ostida karbonatli jigarrang tuproqlar mavjud. Oʻsimlik dunyosiDengiz sathidan 800-900 m balandliklarda naʼmatak, zirk, bodom va pistazorlar uchraydi. Undan baland joylarida (Besharcha, Zarkosa togʻlari) archazorlar bor. Shuningdek, zarang, qizilquloq, mingbosh, tikanli buta, itburun oʻsimliklarini ham uchratish mumkin. 2021-yilda Bobotogʻ oʻrmon xoʻjalik hududidagi oʻsimliklarga 272 million soʻmlik ziyon yetkazilgan. Maʼlum qilinishicha, oʻrmon xoʻjaligining Hazratbobo oʻrmon boʻlimi 7-kvartalida 1812 tup, 3-kvartalida 40 tup kovrak oʻsimligining ildizi kesib shirasi olingan. Bu holat oʻsimlik populyatsiyasiga jiddiy zarar yetkazgan. Shu bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi „Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida“gi qonunning 36-moddasi talablari ham buzilgan[3]. Download 44.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling