Uzun tumani kelib chiqishi Uzun tumanining diqqatga sazovor joylari Uzun tumanidagi ziyorotgohlar


Download 44.42 Kb.
bet4/4
Sana25.10.2023
Hajmi44.42 Kb.
#1721138
1   2   3   4
Bog'liq
UZUN TUMANI TARIXI

Hayvonot dunyosi


Bobotogʻ togʻlarining hayvonot dunyosi juda xilma-xil hisoblanadi. Bu yerda Respublika hududining boshqa yerlarida uchramaydigan koʻplab endemik hayvon turlari maavjud. Bu hududdagi togʻ etaklarida va qirlarda sirtlon, togʻoldi oʻrmonlarda silovsin, Buxoro togʻ qoʻylari, toshsuvsar, jayra, boʻrsiq, kobra iloni, qushlardan burgut, qora tasqara, lochin, kaklik va chil kaklik, qumoy, qora tasqara, boltayutar singari jonivorlar koʻplab topiladi. Shuningdek, mahalliy aholining soʻzlariga koʻra bu yerda qoplonlar ham uchrab turadi. Bobotogʻ Oʻzbekistonning yovvoyi togʻ echkilari yashaydigan rayonlaridan biri hisoblanadi[4].
Oʻzbekiston hududida kobralar faqatgina Bobotogʻda, Hisor tizmasi togʻlarida va Surxondaryo vodiysida koʻproq uchraydi. Bobotogʻda zaharli ilonlar juda koʻp. Jumladan, bu yerda charxilonni ham uchratish mumkin. Mazkur ilon shu hudud uchun endemik hisoblanadi[5].

Chorvachilik va dehqonchilik


Togʻ oldilari mol boqiladigan yaylov yastanib yotadi. Qumqoʻrgʻon tumanining „Oqqopchigʻay“ jamoa xoʻjaligida dunyoga mashhur sur qorakoʻl terisi olinadigan qorakoʻl qoʻylari boqiladi. Tokchilik xoʻjaliklari ham tashkil qilingan. Bobotogʻning Kofarnihon vodiysida sugʻoriladigan dehqonchilik rivojlangan. Bobotogʻda inson xoʻjalik faoliyati taʼsirida eroziya, yaylov degressiyasi (yemirilishi) keng tarqalgan. Alohida muhofaza qilinishi zarur boʻlgan landshaftlar miqdori serob.
Download 44.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling