O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 0.77 Mb.
bet281/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Harbiy tashkilot


Har bir Rim fuqarosi 16 yoshdan 46 yoshgacha zaruriyat tug’ilganda harbiy xizmatni o’tashga majbur edi. Odatda Rim qo’shini 4 legiondan iborat bo’lib, har bir legionni 4200 piyoda va 300 otliq tashkil qilar edi. Piyodalar nayza, keng qilich, to’rtburchak qalqon bilan qurollanib, temir qalpoq kiyar edilar. Har bir legionga latinlar va ittifoqchilarning kogortalari yordamga biriktirilar edi. Qo’shin tepasida konsullar turar edilar, ularga senatorlar yoki harbiy tribunlardan legatlar yordamchi sifatida berilar edi. Rim legionida birinchi qatorda 24 yoshgacha bo’lgan yigitlar nayza bilan, ikkinchi qatorda 24-30 yoshli, uchinchi qatorda keksa va tajribali 31-46 yoshgacha bo’lgan harbiy triariylar saflanib, jangga kirar edi.

Rim qo’shinlarini dong’I ketgan mustahkam intizomliligi, ularning ko’p sonli g’alabalarining asosiy omili edi. Har bir legioner o’zi bilan belkurak va qoziq olib yurar edi. Harbiy lager to’rtburchak shaklida qurilib, 4 darvozali ikki ko’chadan iborat bo’lgan. Qo’shinda intizomni juda qattiq jazo va mukofotlar bilan saqlab turilar edi. O’zini ko’rsatgan legionerning ko’kragiga mis taxtacha (keyinchalik bu orden bo’lgan) taqib qo’yilar edi; legioner qo’lidagi 34 qator bilakuzuk uning xizmatini rag’batlantiruvchi belgi taqilar edi. Legioner uchun eng oliy mukofot deb, daraxt barglaridan qilingan gulchambar Rim fuqarosini o’limdan saqlab qolgani uchun berilar edi. Qamal qilinayotgan dushman shaharining devoriga kim birinchi bo’lib ko’tarilsa oltin toj bilan taqdirlanar edi. Lashkarboshi uchun oliy mukofot bu Rim shahridagi “Muqaddas yo’l” bo’ylab Kapitoliy tepaligida jang aravasida ko’tarilish edi. Zafar huquqini senat g’alaba qilgan lashkarboshiga berar edi. Agar g’alaba unchalik katta bo’lmasa zafar o’rniga “ovatsiya” (qarsak chalish bilan olqishlash) yoki kichik zafar belgilanar edi.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling