O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 0.77 Mb.
bet309/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Dominat davrida imperiya


235 yilda navbatdagi imperator Aleksandr Sever o’ldirilishi bilan hokimiyat uchun turli da’vogarlar o’rtasida kurash boshlanib, bu siyosiy tushkunlik yarim asr davom etdi. Oddiy jangchilar ichida ham imperatorlikka da’vogarlar chiqdi. Jangchi imperatorlar bir -birlarini tez- tez almashtirdilar. Odatda ularning barchasi o’ldirilar edi. 284-yil kuzida tarixda Diokletian nomi bilan kirgan illiriyalik 39yoshli Diokl (284-305-yillar) imperator deb e’lon qilindi. Diokletianning hukmronligi boshlanishi bilan so’ngi Rim imperiyasining davri yoki Dominat (284476-yillar) davri boshlandi. Ozod qo’yilgan qulning o’g’li tegishli ma’lumot olmagan, lekin aqlli va shafqatsiz bo’lgan imperator Gay Avreliy Valeriy Diokletian hukmronligi vaqtida “Dominat” (latincha Dominus “janob”, “xo’jayin”) nomini olgan siyosiy tizimning asoslari yaratildi. Diokletian davrida imperator hokimiyati mutlaq, cheklanmagan

xususiyatga ega bo’ldi; imperator-“xo’jayin va xudo”beso’naqay harbiy byurokratik boshqaruv mashinasini boshqardi. Imperator o’z fuqarolari hayoti va mulkiga egalik qildi. Prinsipat davridan qolgan respublika muassasalari endilikda tugatildi. Senat bor yo’g’i Rim shahar kengashiga aylandi. Saroyda sharq an’analari kiritildi.

Diokletian yirik tashkilotchi va hgushyor siyosatchi bo’lgani uchun bir qator provinsiyalarni separat kayfiyatlarini hisobga olgan holda imperiyani

4 qismga bo’ldi va o’ziga uch yordamchi

(tetrarxiya)ni belgiladi. Bundan tashqari imperiya 101 provinsiyaga bo’linib, bir necha provinsiyalar yana kattaroq ma’muriy birlik Dioses (jami 12 dioses)ga birlashtirildi.

Diokletian imperiyani siyosiy ahvolini nisbatan barqaror holatga keltirib, iqtisodiyot va moliyani sog’lomlashtirishga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. Pul muomulasi unifikatsiya qilindi, provinsiyalarda pul zarb qilish taqiqlandi va 286-yilda to’la qonli tilla, kumush va mis tangalar zarb qilina boshlandi. Soliq tizimi ham isloh qilindi, ilgari soliqlar pul bilan emas mahsulot bilan ko’proq olinar edi. Imperator soliqqa tortish tizimini unifikatsiya qildi, 289-290-yillar imperiya aholisi yalpi ro’yhatdan o’tkarildi. Ro’yxatga olish har 15 yilda bir marta takrorlanishi kerak edi, soliq kvotalari 5 yilda bir marta qayta ko’rilar edi. Ekin yerlari va yaylov o’tloqlar kadastri tuzilgan edi. Qishloq aholisi ekin yeri, yaylovlar sifati, chorva va boshqa mulkka qarab yer solig’i to’lar edi. Hunarmand-savdogarlar esa qator soliqlarni to’lar edilar.

Diokletian juda ko’p inshootlarni qurdi. Saroylar, tsirk, Rimda termalar, Illiriyadagi Salona shahrida (Hozirgi Bosniyadagi Split)gi ulkan saroy ansambli bunyod qilindi. Diokletianning eng oxirgi

tadbirlaridan biri nasroniylik dinini taqib qildi. 303304-yillarda keksa va kasal Diokletian yordamchisi Galeriy tazyiqi ostida nasroniylarga qarshi o’zini 4 ediktini e’lon qildi.

R im imperiyasi g’arbiy va sharqiy qismlarga bo’lindi. Italiya shuningdek imperiya markazi sifatida imtiyozini to’la yo’qotdi.

A gar II asr boshlari Trayan davri provinsiyalarining soni 45 ta bo’lsa, endilikda eski bepoyon provinsiyalarning bo’lish yo’li bilan ularning soni 108 taga etdi. Diokletian markazi Nikomediya bo’lgan imperiyaning sharqiy qismini boshqardi. Markazi Mediolon (Milan, Shimoliy Italiya) bo’lgan g’arbiy qismini Maksimian boshqaruviga topshirdi.

Diokletian va Maksimian “Avgust” unvonini olib, o’zlariga yordamchi olib, ularga “Tsezar” unvonini berdilar. Tsezarlar avgustlarning avlodi hisoblangan Diokletianning fikricha bunday tartib imperiya birligini saqlashga yordam berishi, viloyatlarda xokimiyatning zo’rayonlik bilan tortib olinish imkoniyatiga yo’l qo’ymasligi va shuningdek Rim davlat chegaralarini qo’riqlashni osonlashtirishi lozim bo’lgan. German qabilalarining Rim hududiga doimiy ravishda bostirib kirishi harbiy islohot o’tkazishga majbur qildi.

Qo’shinning soni ko’paytirildi. Endilikda yirik yer egalari kolonlar va ozod qo’yilgan qullardan jangchilar berishga majbur edilar. Harbiy xizmatga german qabilalarining qismlari-federatlar qabul qilina boshlandi. Bundan tashqari qo’shinni tezkor harakat qilishini ta’minlash uchun chegara qo’shinlari va harakatdagi qo’shinlarga bo’lindi. Chegara qo’shinlari imperiyaning mustahkamlangan qal’alari va chegaralarida joylashtirildi. Harakatdagi yoki zahiradagi qo’shin urush havfi bo’lgan chegara hududiga yuborish uchun javgovor holatda saqlab turildi. Davlat hokimyati narx-navo va ish haqining o’sishi ustidan qat’iy nazorat o’rnatdi. Bir vaqtning o’zida soliq va pul islohotlari o’tkazildi va natijada ijtimoiy-iqtisodiy tushkunlik vaqtinchalik bartaraf etildi. III asr oxiri IV asr boshlarida o’tkazilgan ma’muriy-harbiy va iqtisodiy islohotlar ulkan Rim davlatini umrini yuz yildan ko’proq vaqtga ouzaytirdi..





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling