O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Rim imperiyasining ikkiga bo’linishi


Download 0.77 Mb.
bet310/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Rim imperiyasining ikkiga bo’linishi


Diokletian va Maksimian 305-yil 1-mayida hokimiyatdan voz kechdilar.Taxtdan voz kechgan Diokletian Salonaga ko’chib borib gul va sabzavot yetishtirish bilan shug’ullandi. 313-yilda 68 yoshida vafot etdi. Konstansiy I Xlor va Galeriy imperatorlar deb e’lon qilindilar. Vorislar o’rtasida taxt uchun kurash boshlanib, bu kurashda Diokletianning yordamchilaridan birining o’g’li Konstantin (306-337yillar) g’olib chiqdi. U raqiblari bilan bir necha yil kurash olib borib Rim imperiyasining yagona hukmdoriga aylandi. Konstantin imperiyani 4 ga bo’linishini saqlab qoldi lekin boshqaruvni birov bilan baham ko’rish tizimini yo’q qildi. Endilikda imperiya qismlarini unga bo’ysunadigan prefektlar boshqardilar.

Konstantin uzoqni ko’ra oladigan,aqllii siyosatshi edi. U 200 yildan beri taqib etilayotgan nastoniy dinini kuch-qudratini davlat hokimiyatini mustahkamlashdagi muhim o’rnini anglab yetdi. Shu sababli 313-yilda u o’zining Milan edikti bilan nasroniylik dinini boshqa dinlarga tenglashtirdi. Shu lahzadan boshlab xristian cherkovi imperator hokimiyatining ittifoqchisi va himoyachisiga aylandi.

Imperator 330-yil 11-may kuni poytaxtni sharqiy qism Bosfor qirg’og’iga tanatanali ko’chirdi. Eski yunon koloniyasi Vizantiy qayta qurilib kengaytirildi. Yangi poytaxtni qurilishi va bezatilishi uchun ulkan miqdorda mablag’ saflandi. Saroylar, stadion, ippodrom, termalar va bibliotekalar qurildi. Rimdan ulkan miqdorda haykallar olib kelindi. Shahar imperator sharafiga yangi nom Konstantinopol deb ataldi. Poytaxtni sharqqa ko’chirilishi tasodif emas edi. Sharqiy provinsiyalar g’arbdagilarga qarganda madaniy va boyroq edi.

Konstantinning o’limidan so’ng taxt uchun yana kurash boshlandi. Hokimiyat uning o’g’li Konstansiy qo’liga, keyin esa uning nevarasi Yulianga o’tdi. Yulian eski Rim dinini tiklashga urindi lekin muvaffaqiyatga erishmadi.

Hokimiyatni uning o’g’li Konstansiy egalladi. Uning o’rniga kelgan Flaviy Klavdiy Yulian (361-363 yillar) eski Rim dinini tiklashga urinib xristian cherkovini imtiyozlarini bekor qildi. Keyingi imperatorlar Valentinian I va Valent bir vaqtning o’zida imperiyaning g’arbiy va sharqiy qismlarini boshqardilar. Ularning davrida germanlarning hujumi kuchaydi. 378 yilda Frakiyadagi Adrianopol shahri yonida vesgotlar Rim qo’shinlariga kuchli zarba berdilar. Qaysiki shundan keyin Rim imperiyasi hech qachon tiklana olmadilar. Imperator Valent jang maydonida halok bo’ldi, eng yaxshi zobitlar qurbon bo’ldilar. Endilikda Rim imperiyasi hech qachon chegaralarini himoya qilish uchun etarlicha qo’shin to’plash imkonoyatidan mahrum bo’ldilar. Endi chegaralarni qo’riqlash germanlardan olinadigan ishonchsiz qismlarga topshirila boshlandi. Germanlar ko’plab miqdorda rim qo’shiniga olina boshlandi. Ular oliy harbiy mansablarni egallay boshladilar.

Imperator Feodosiy I vestgotlarga Illiriya viloyatini bo’shatib berib, shu bilan Konstantinopolni bosib olishidan saqlab qoldi, Feodosiy 394 yilda tarixda so’nggi marta imperiyani har ikkala qismini ham bir qo’lga to’pladi, lekin u bir yildan so’ng vafot qildi va rim imperiyasi batamom ikkiga bo’lindi. Imperiyaning g’arbiy qismini uning 11 yoshli o’g’li Gonoriy, sharqiy qismini uning 28 yoshli ukasi Arkadiy boshqara boshladi. Gonoriy ( 395-yillar) davrida imperiyaning g’arbiy qismi germanlarning xujumlari bilan to’la yemirilishi davri bo’ldi. Germanlarning istilosi Rim xizmatidagi germanlarning xoinligi qullar va kolonlarning qo’zg’alonlari imperator Norikaning 2 yildan so’ng, Rim shahrining o’zi bosib olinib talontaroj qilindi. Alarix Rimdan, vestgotlar Galliyaga chekindilar. Ammo g’arbiy Rim imperiyasi bu paytda o’z umrining oxirgi lahzalarini boshdan kechirar edi. 407 Yilda Rimliklar Britaniyani tashlab ketdilar.409 yilda vandallar, sveblar va allemandlar Ispaniyani bosib oldilar. 415 yilda vestgotlar Rimdan Galliyani ajratib oldilar. 429 yilda vandallar va boshqa german qabilalari Ispaniyadan Afrikaga o’tdilar. Vandallar qirol Geyzerix boshchiligida 455 yilda Rim shahrini egallab uni buzib tashladilar.

Odoakr imperator hokimiyani ramzlarini Konstantinopolga jo’natdi. Bu voqea G’arbiy Rim imperiyasining tugashi deb hisoblanadi. Sharqiy Rim imperiyasining hukmdorlari germanlarning hujumlarini bartaraf qilib o’z boshimcha qo’mondonlarni yo’q qildilar. Sharqiy Rim imperiyasi yana ming yil yashab, tarixga Vizantiya imperiyasi nomi bilan kirdi.

Diokletian va Konstantinning islohotlari imperiyaning yemirilishi jarayonini sekinlashtirdi, lekin uni to’xtata olmadi. IV asrda jonlangan ichki savdo to’xtadi. Ko’p shaharlar tushkunlikka yuz tutdi. Butun imperiya bo’ylab natural xo’jalikka qaytish boshlandi.

Pul tizimi ishdan chiqdi. Soliqlarni to’lash qiyinlashdi. Shaharlardan axoli ko’chib keta boshladi. Konstantin shahar axolisini ko’chib ketishini kolonlarni o’z erlarini tashlab ketishlarini rasman taqiqladi.

Yirik er egalari latifundistlar barcha soliqlarni natural tarzda to’lashni yuklatdi. Ularning hokimiyati kengaydi. Shaxsiy erkin kolonlarning axvoli qullarning ahvolidan kam farq qildi. So’ngi imperiya davrida yirik yer egalari o’zlariga qaram bo’lgan maxalliy axoli ustidan o’z amaliy hokimiyatlarini amalga oshirdilar. Ular o’z qo’shin va qamoqxonalarini tashkil qildilar. Ijtimoiy aloqalarning bunday yangi ko’rinishini shakllanishi so’ngi Rim jamiyatini sekin asta feodallashuvini bildirar edi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling