O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Mesopotamiyadagi arxeologik qazishmalar


Download 0.77 Mb.
bet94/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Qadimgi Osuriya

Mesopotamiyadagi arxeologik qazishmalar


Mesopotamiyadagi arxeologik qazishmalar XIX asr o’rtalarida shimolda: dastlab qadimgi topilmalar bilan qiziqadigan ishqiboz kishilar tomonidan, keyinchalik mutaxassis-arxeologlar amalga oshirdilar. Ikki daryo oralig`idagi birinchi shaharlar qachonlardir Osuriya davlati mavjud bo’lgan shimolda paydo bo’lgan edi. 1842 yil fransuz diplomati E.P.Botta mahalliy afsonalarda Osuriyaning qadimgi poytaxti bilan bog`liq bo’lgan Kunjik tepaligini (Turkiya) qazishdan boshladi. 1846-1847-yilda ingliz diplomati G. A. Leyyard Nimrud tepaligini qazib, qadimiy Osuriyaning Kalxu shahri qoldiqlarini ochdi. Tepalikdan podsho saroylari, odam-ho`kiz, odam-sher haykallari va badiiy

rel'yeflar topildi. 1848-yil Kunjik tepaligida Leyyard Nineviya xarobalarini, jumladan podsho Sinaxxerib (er. avv. VII asr) saroyi, uning nevarasi Ashshurbanipalning kutubxonasini topdi.

Leyyardning xodimi U. Rassam Kunjik tepaligidagi qazishmalarni davom ettirib podsho Ashshurbanipalning va harbiy manzaralar tasvirlangan ajoyib rel'yeflar bilan bezatilgan saroyi va podshoning boy kutubxonasini ochdi. Nimrud tepaligi yaqinidagi Balavat nomli joyda eramizdan avvalgi IX asrga oid yodgorliklar, jumladan harbiy yurish va xiroj to’lash manzarasi tasvirlangan Balavat darvozalari deb atalgan 4 ta jez taxtani topdi.

Fransuz arxeologi V. Andre 1903-1914 yillarda Osuriyaning qadimiy poytaxti Nineviyada podsho Ashshurbanipalning saroylari, ibodatxonalar qoldiqlarini, jumladan oliy xudo Ashshur ibodatxonasi, podsho qabrlari turar joy binolari va ko’chalarini qazib ochdi. XX asrning 50-60 yillarida arxeologlar Nineviya shahri xarobalaridan saroy, xo`jalik inshootlari, ko’pgina hujjatlarini topdilar. Osuriyashunoslikning yuz yillik tarixi davomida davomida siyosiy tarix va davlat qurilishi muammolari o’rganildi.

Bu yo`nalishda Sharq davlatchiligini ideallashtirish, uning mavjudligi, statik holati va abadiyligi tasavvur qilinadi. Urushlarning sabablari, u yoki bu xalqning xarakteri va temperamenti, tor siyosiy motivlar bilan izohlanadi. Qadimgi Mesopotamiya madaniyati ham o’rganildi. Madaniyatning yo`nalishlari, kelib chiqishi, mifologiya, adabiy yodgorliklar, san'atning xarakterli xususiyatlari, ilmiy bilimlar to’g`risidagi qator tadqiqotlar mavjud. Tadqiqotlarda ikki daryo oralig`i jamiyatlari ijtimoiy-iqtsodiy munosabatlariga e'tibor berilmadi.

Tarix falsafasida XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi Edvard Meyerning silk nazariyasi yetakchi o’rin egalladi. Edvard Meyer xar qanday sivilizasiya feodal tuzumdan boshlanadi, kapitalizm darajasiga yetib keyin ichki qarama-qarshiliklar tufayli halokatga uchraydi, shundan so’ng, sikl yana qaytariladidegan g`oyani ilgari suradi. Shu sababli XX asr boshlarida taniqli nemis osurshunoslari B.Maysner, P.Koshaker va boshqalar qadimgi Mesopotamiya tarixini feodal jamiyati deb baho berdilar.

Siklizm nazariyasi bilan bir qatorda tarixiy jarayonning tartibsizligi va uni bilish mumkin emasligi nazariyasi keng tarqalgan. Faqat keyingi yillarda ijtimoiy tabaqalanish, xo’jalikni tashkil qilish, shaharlar, savdo-hunarmandchilikning o’rni, ibodatxonalar xo’jaligi bo’yicha muhim ijtimoiyiqtisodiy tadqiqotlar (A. Falkenshteyn, A. L. Oppenxeym, I. Gelba va V. Leman asarlari) paydo bo’ldi.

Osurshunoslik markazlari dastlab Angliya va Fransiyada, XX asr boshlaridan Germaniya bo’ldi. Fashistik tuzum sharoitida ko’pgina osurshunos olimlar AQShga kuchib ketdilar. Hozir AQShda mashhur osurshunoslik markazlari faoliyat ko`rsatmoqda. Angliya, Fransiya va Germaniyada ham osurshunoslik maktablari ilmiy tadqiqotlarni olib bormoqdalar.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling