O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 0.77 Mb.
bet12/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Diniy yozuvlar. O`rta podsholik davrida zodagonlarning yog'och sog'onalarida bitilgan «Sarkofaglar matnlari», qadimgi Misr diniy bosh kitobi hisoblangan «O`liklar kitobi», Memfis ilohiyotshunoslik matnlaridan iborat.

Tibbiyot, matematika papiruslari. Ebers katta papirusi va Edvin Smit papiruslari kabilar qadimgi Misrda ilmiy bilimlarni rivojlangani to`g'risida ma'lumot beradi.

Arxeologik yodgorliklar. Bular me'moriy ansambllar piramida, mastaba (hokim, zodagonlarning sog'onalari), shahar va ibodatxona qal'a, dengiz porti va nekropollardan iborat. Ayniqsa, III-IV sulolalar davrida qurilgan piramidalar noyob tarixiy-madaniy yodgorlik hisoblanadi. Eng qadimgi qabr-sarkofaglar jumlasiga, Yuqori Misr podshosining Enxab (Nexen) shahridagi qabrsarkofagni aytish mumkin.

Misrda mavjud bo`lgan, bizgacha saqlanib kelgan piramidalar, mastaba va boshqa sog'onalar qadimgi davrdayoq o`g'ri-qaroqchilar tomonidan talangan. Faqatgina bitta piramida bizgacha talanmay

yetib kelgan. Ingliz arxeologi Karter 1922 - yilda topgan va tekshirgan fir'avn Tutanxamon piramidasida topilgan buyumlar oltin va qimmatbaho toshlar, temir metalli hamda 19 yoshda vafot etgan Tutanxamonning mumiyolangan jasadi ilmiy-tarixiy nuqtai-nazardan o`ta qimmatli hisoblanadi.

Yangi podsholik fir'avnlarining mumiyolari «ombori» hisoblangan Dayr-al-Baxrdagi umumiy qabrda topilgan ko`pgina ashyolar diqqatga sazovordir. Bu ashyolar qadimgi Misr ijtimoiyiqtisodiy hayoti to`g'risida qimmatli ma'lumotlar beradi.




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling