«Karfagen er. avv. IX-III asrlarda»
Eramizdan avvalgi II-I ming yilliklar oralig`ida finikiyaliklar G`arbiy o’rta- yer dengizida ilk koloniyalarini barpo qila boshlaydilar. Er. avv. I ming yillik boshlaridagi Finikiyaning Ispaniyadagi koloniyalari Gades, Afrikadagi Utika shaxarlari yirik savdo-hunarmandchilik markazlariga aylanadi. Ammo Finikiyaning barcha koloniyalari ichida Tir shahri Shimoliy Afrikada Karfagen yeki Karxemish yangi shahar edi (eramizdan avvalgi 825 yoki 814 yil barpo qilingan) iqtisodiy jixatdan yuqori darajada taraqqiy qilgan va siyosiy qudratga erishgan.O’rtayer dengizida savdo va dengiz yo`llari kesishgan qulay joyda joylashgan Karfagen asta-sekin boyiy boshladi. Dastlab ko`chib kelganlar yersizlikdan qiynalib, mahalliy axoli yerlarida yashash huquqi uchun pul to’lashga majbur bo’lganlar. Shahar boyib borishi bilan uning atrofidagi yerlar mahaliy aholidan sotib olina boshlanadi yoki bosib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |