O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Janubiy Arabistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti


Download 0.77 Mb.
bet118/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Janubiy Arabistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti


Er. avv. II ming yillik o’rtalarida Mina, Saba va Kataban qabilalari ittifoqi shakllana boshlagan. Eramizdan avvalgi I ming yillik boshida ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyoti natijasida sinfiy tengsizlik kuchayadi. Siyosiy hokimiyatni o’z qo’liga to’plagan koxin va savdogarlardan iborat hukmron siyosiy qatlam paydo bo’ladi. Asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan yer qishloq va shahar jamoalari qo’lida edi. Asosiy xo’jalik bo’g’ini patriarxal oila (yoki katta oilali jamoa) bo’lgan.

Eng katta yer egalari ibodatxonalar va davlat edi. Qullar urushlarda asir olish va sotib olish orqali paydo bo’lgan. Qarzi uchun qul qilish zaif bo’lgan.

Ilk jamiyatlarning paydo bo’lishi qabila ittifoqlarning davlatga aylanishiga olib keladi. Janubiy Arabiston davlatlari siyosiy tuzulishini Saba podsholigi misolida ko`rish mumkin. Saba

podsholigini 6 qabila tashkil etgan. Uning 3 tasi qaram ahvolda edi. Har bir qabila katta shoxobchaga, u kichik va yana alohida urug`larga bo’lingan. Qabilalar zodagon boshliqlar (kabirlar) va ular tashkil qilgan kollegial tashkilotlar orqali boshqarilgan. Qabilalarda oqsoqollar kengashi bo’lgan bo’lishi mumkin.

Imtiyozli qabilalar zodagon urug`lardan ma'lum muddatga (Sabada 7 yil, Katabanda 2 yilga) davlatning muhim mansabdor shaxslarini-eponimlarni saylaganlar. Ular oliy xudo Astar bilan bogliq koxinlik vazifalarini ham bajarganlar. Astronomik va astrologik taqvim nazoratlarini va yer-suvdan

foydalanishni tashkil etishdek ba'zi xo’jalik ishlarini boshqarish ham ularni zimmasuda bo’lgan.

Eponimlar bo’yicha davlat va xususiy–huquqiy hujjatlar raqamlangan yil hisobi bilan olib borilgan. Ular 30 yoshdan mansabga chiqib vakolat muddati tugagach, oqsoqollar kengashiga a'zo bo’lishgan.

Er. avv. III-II asrlargacha Saba podsholigini boshqaruv ishlari va ijroiya hokimiyatiga ega bo’lgan mansabdor shaxslar mugarriblar bo’lgan. Ularning vazifasiga qurilish faoliyati, sakral vazifalar

(qurbonliklar keltirish, diniy ovqatlanish marosimlarini tashkil etish) va davlat faoliyatining qabila ittifoqlarini davriy yangilash, davlat hujjatlarini e'lon qilish huquqiy qoidalar, shahar hududlari xususiy mulk chegaralarini aniqlash va boshqalar kirgan. Mugarrib mansabi merosiy bo’lgan. Urush davrida mugarriblar ko`ngillilarga boshchilik qilganlar va vaqtinchalik unvon-malik, ya'ni podsho unvoniga ega bo’lganlar. Mugarriblar asta-sekin o’z qo’llarida butun hokimiyat vakolatlarini to’plab, er. avv. I ming yillik oxirida amalda mutlaq podsholarga aylanganlar.

Saba podsholigini oliy organi oqsoqollar kengashi bo’lgan. Unga olti qabilaning vakillari kirgan. Oqsoqollar kengashi sakral, qonun chiqaruvchi vazifalar, ma'muriy xo`jalik vazifalarini bajarganlar. Boshqa janubiy arab qabilalari ham shunday davlat tuzilmalariga ega bo’lganlar.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling