O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Geografik o’rni, iqlimi va aholisi


Download 0.77 Mb.
bet115/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Arabiston yarim orolining qadimgi davlatlari

Geografik o’rni, iqlimi va aholisi


Arabiston Osiyodagi eng katta yarim orol bo’lib, 3 mln. kv.km. hududni egallaydi. Uni g`arbda Qizil dengiz, sharqda Fors va Ommon qo’ltiqlari suvi, janubda Adan qo’ltig`i va Arabiston dengizi yuvadi. Arabistonning bepoyon yerlari asosan sahrolardan iborat. Daryolar juda kam. Arabiston yarim oroli tabiiy boyliklarga boy. Qadimgi Sharqda o’zining ziravorlari va xushbo’y moylari bilan mashhur bo’lgan. Ziravor va xushbo`y moylardan qadimda kosmetika va parfyumeriya, tibbiyotda, diniy marosimlarni bajarishda foydalanilgan. Arabistonni o’rab turgan dengizlardan qadimdan marvarid, qizil va qora marjonlar olingan. Yarim orolda oltin, temir, qalay, mis va surma kabi xomashyolar bor. Janubiyg`arb va janubiy-sharqda qadimda oq marmar, oniks, alebaster, qimmatbaho toshlar: zumrad, berulliy, feruza, va tuz qonlari bor edi.

Arabiston yarim oroli orqali qadimda xalqaro savdo yo`llari o’tgan. Bosh savdo yo’li «Xushbuy moy yo’li» deb atalgan. Arabistonning janubiysharqi, sharqiy o’rtayer dengizi qirg`og`iga ikki yo’nalish bilan: biri Gazo va Ashdad, boshqasi, Tir va

Damashqqa yo`nalgan, yana bir savdo yo’li janubiy Arabistondan janubiy Mesopotamiyaga borgan.

Bundan tashqari, Qizil dengiz va Fors qo’ltig`i dengiz yo’li orqali Arabiston, Sharqiy Afrika va Hindiston bilan savdo aloqalari o’rnatilgan.

Arabiston yarim orolida odamning izlari paleolit davriga borib taqaladi. Mezolit va neolit (er.avv. XV ming yilliklar)ga oid yodgorliklar mavjud. Arabiston yarim orolining er.avv. IV-III-ming yilliklardagi aholisi to’g`risida aniq ma'lumotlar yo`q. Shumer hujjatlarida Magan va Melukka (ba'zi tadqiqotchilar Maganni Arabiston yarim orolining sharqi deb taxmin qiladilar) mamlakatlari to’g`risida eslatib o`tiladi.

Er.avv. II ming yillikda Arabiston yarim orolining janubiy g`arbida semit tillarining janubiy arab shevasida so’zlashadigan Saba, Mina va Kataban ittifoqlari vujudga keladi. Arabistonning shimoliy g`arbiy qismida er.avv. II ming yillikda midianit qabilalari yashagan.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling