O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Janubiy Arabistonning qadimgi davlatlari


Download 0.77 Mb.
bet117/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Janubiy Arabistonning qadimgi davlatlari


Arabiston yarim oroli janubi va janubiyg`arbida (ozirgi Yaman Arab respublikasi va Yamanarab demokratik respublikalari hududlari) qadimda er. avv. X-IX asrlarda bir necha davlatlar vujudga kelgan. Eng shimolda bosh shaharlari Isil va Karnava bo’lgan Main davlati tashkil topgan. Maindan janubroqda markazi Marib shahri bo’lgan Saba, undan janubroqda poytaxti Timna bo’lgan Kataban, Katabandan janubroqda Ausan davlati, sharqroqda markazi Shabva bo’lgan Xadramaut davlatlari bor edi.

Qadimgi Yaman davlatlari er.avv. IX-VIII asrlarda shakllana boshlaydi. Er. avv. VI-V asrlarda Main, Kataban, Saba va Xadramaut o’rtasida yetakchilik uchun kurash boshlanadi. Saba, Kataban va Xadramaut dastlab Ausanga qarshi birlashib kurash boshladilar. Natijada Ausan Katabanga qo’shib olinadi. Main davlati Kataban va Sabaning tazyiqiga zo`rg`a bardosh beradi. Er.avv. III-I asrlarda Kataban Arabistondagi eng kuchli davlatlar Saba, Xadramaut tomonidan bo’lib olinadi. Er. avv I ming yillikda eng qudratli Saba podsholigi edi. Sabani gullab-yashnagan davrida uning hududi Qizil dengizdan Xadramautgacha, Markaziy Arabistondan Hind okeanigacha cho`zilgan. Bu davlat Yaqin Sharq bilan yaqin aloqalarni o’rnatadi.

Er.avv. II asr oxirida shu vaqtgacha Kataban tarkibida bo’lgan poytaxti Zafar bo’lgan yangi Ximyarit davlati yetakchi o’ringa chiqadi. Eramizning IV asr boshlarida Ximyarit davlati butun janubiy Arabistonga o’z hukmronligini o’rnatgan.

Er.avv. 1 ming yillik o’rtalaridan eramizning I ming yillik o’rtalarigacha Arabiston juda serqatnov savdo aloqalarini Yunoniston, ptolomeylar Misri, va Rim imperiyasi bilan olib boradi. Ximyarit davlati davrida janubiy Arabiston va Efiopiya o’rtasida urush va tinchlik munosabatlari hukm surgan.

Janubiy Arabiston davlatlari iqtisodiyoti birinchi navbatda sun'iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik va ko`chmanchi chorvachilik bilan belgilangan. Marib to`g`oni (uzunligi 600 metr, balandligi 15 metr) er. avv VII asrda qurilgan va o’n uch asr davomida mavjud bo’lgan. G`alla, poliz ekinlari, xurmo o`stirilib, yirik, mayda chorva mollari va tuya boqilgan. Hunarmandchilik sohalaridan toshga ishlov berish, qurilish ishlari, metallarni qayta ishlash, kulolchilik, to`quvchilik va teriga ishlov berish yuqori darajada rivojlangan.

Er. avv. I ming yillikda janubiy Arabiston iqtisodiyotini tushkunlikka uchrashiga bir necha omillar sabab bo’lgan. Ulardan biri yunonlar, misrliklar va forslar bevosita Hindiston bilan aloqa o’rnatdilar. Endilikda quruqlikdagi savdo yo’lidan ko’ra dengiz yo’li yetakchi o’rinni egalladi Ikkinchi omil mavjud sun'iy sug`orish tizimlarini yemirilishi, iqlimni o’zgarishi bilan hosildor yerlarni sahroga aylanishi bo’ldi. Ichki va tashqi urushlar janubiy Arabiston davlatlarini tushkunlikka olib keldi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling