O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Qadimgi Arabiston tarixi manbalari va tarixshunosligi


Download 0.77 Mb.
bet116/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Qadimgi Arabiston tarixi manbalari va tarixshunosligi


Arabiston yarim orolining qadimgi tarixiga oid manbalar to’rt asosiy qismdan iborat: epigrafik ma'lumotlar, ashyoviy yodgorliklar, yozma manbalar, antik mualliflar ma'lumotlari.

Janubiy Arabistonning tosh, jez, sopolga yozilgan va o’z mazmuniga ko’ra, ikki guruhga bo’linadigan davlat hujjatlari (podsho farmonlari, podsholarning harbiy va ichki siyosatiga oid yozuvlari) va xususiy huquqiy qabrtosh lavhalari, sun'iy sug`orish inshootlaridagi yozuvlardan 2500 tasi saqlanib qolgan.

Arxeologik qazishlar bizga boy ma'lumotlar beradi. Sana podsholigining bosh shahri Marib xarobalari (Yaman Arab respublikasi poytaxti Sanaga yaqin joy) o’rganilgan. Shaharda saroy qoldiqlari, devorlar, haykallar topilgan. Shaharning g`arbidagi ulkan Marib to`g`oni qoldiqlari kishini hayratga qoldiradi. Kataban poytaxti Timna shahrini ibodatxonalari, nekropol, qal'a qoldiqlari qazib ochilgan. Nabatey podsholigi poytaxti Petra shahrida me'morchilik inshootlari, haykallar topilgan.

Bundan tashqari, Arabiston va arablar to’g`risidagi qisqa ma'lumotlar Osuriya, Yangi Bobil, Eron manbalari va bibliyada uchraydi. Antik tarixchilar Gerodot (er.avv. V asr)ning «Tarix» asarida, Feofrastning (er.avv. IV asr) «O`simliklar tarixi», Diodorning (er.avv. I asr) «Tarixiy kutubxona» va Strabonning (er.avv. I asr) «Geografiya» kabi asarlarida qadimgi Arabiston to’g`risida qator ma'lumotlar bor.

Arabiston tarixi XIX asrdan o’rganila boshlandi. Dastlab epigrafik yozuvlar o’rganildi. XX asrda Belgiya, Fransiya, Avstriya, AQShda Arabiston xalqlarining geografiyasi, madaniyati, dini va xronologiyasiga bag`ishlangan qator tadqiqotlar e'lon qilindi.

Shimoliy Arabiston qabilalari qadimgi mashg`ulotlari Shimoliy Arabiston, Suriya va Mesopotamiya cho`llarini qamrab olgan keng hududda chorvachilik bo’lib, it, eshak, yirik shoxli qoramollar boqilgan.

Bu hududda yashagan urug` va qabilalar, qabilalar ittifoqi va kichik davlat birlashmalarini shakllantirganlar. Ularni hokimlari Osuriya hujjatlarida «podsho» deb atalgan. Qadimgi davlat birlashmalari sekin-asta harbiy san'atni va qo’shinlarni shakllantiradilar. Jangchilar tuyaga ikki kishidan minib, jang qilganlar. Arablar o’zlarining kuchli qo’shnilari Misr, Sharqiy o’rtayer dengizi qirg`og`ining kichik davlatlari va Osuriya bilan xalqaro ziddiyatlarga tortilganlar.

Er.avv. IX asr o’rtalarida er. avv. 853-yilda Karkara yonidagi bo’lgan jangda osuriyaliklar arablar ham kirgan koalitsiya qo’shinlarini tor-mor keltiradilar. Arablar Osuriyaning Misrga qarshi yurishida asosiy to’siq bo’lganlar. Bir necha arab qabilalari Osuriya tomonidan bo`ysundiriladi. Arablar Osuriyaning raqiblari Misr va Bobil bilan ittifoq tuzadilar. Osuriya er. avv. VII asrning 40 yillarida arab qabilalarini to’liq bo`ysundirishga erishadi. Yangi Bobil podsholigi ham Arabiston yarim orolida o`rnashib olishga uringan. Bobil podshosi Nabonid shimoliy Arabistonning bosh markazlaridan biri Teymuni bo1ysundirib, uni o’z qarorgohiga

aylantiradi, bir necha qo’shni arab qabilalarining shahar va vodiylarini o’ziga bo`ysundiradi. Er.avv VI asrda Eron davlatining qudratini kuchayishi va uning bosqinchilik yurishlarini rejasi Arabiston yarim orolining shimoliy qismida forslarning arablar bilan aloqa o’rnatishiga olib keladi. Shartnoma bo`yicha fors podshosi Kambiz er.avv. 525-yil Misrga yurish vaqtida arab nabateylari yeridan o’tish huquqini va sahroda o’tish davrida ulardan fors qo’shinlarini suv bilan ta'minlashga roziligini oladi. Arab qabilalari axmoniylar Eroniga bir yilda ming talant (30 t.) miqdorida xiroj to’laganlar va arablar harbiy yurishlar davrida fors qo’shinlari tarkibiga kiritilganlar. Ular yunon – fors urushlari davrida (er. avv. IV asr) Gazo shahri uchun jangda yunon-makedon qo’shinlariga qattiq qarshilik ko’rsatganlar. Iskandarning Misrga yurishi davrida arab qabilalarining ko’pchiligi yunon-makedonlarga bo’ysunmaydi. Shu sababli Iskandar sharqqa yurishini tugatgach, unga bo`ysunganliklarini bildirib, elchi yubormagan arablarga qarshi yurish qilishni rejalashtiradi. Arablar Rim davlati bilan ham aloqada bo’lganlar. Rimliklar er. avv. 106-yillar atrofida Yamanga suqilib kirishga urinadilar va Nabatey avlatini bosib oladilar.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling