K3-19I guruh talabasi Tursunaliyev Bahodirjon Reja: - 1. Qaysi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
- 2. YaIM so‘ngi yillar bo‘yicha, (eksport va import hajmi).
- 3. Dunyoga mashxur brendlari.
- 4. O‘zbekiston bilan tashqi savdo aylanmasi (so‘ngi yillar bo‘yicha).
1. Qaysi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. - Rossiya juda boy mineralxom ashyo zaxiralariga ega boʻlgan mamlakat. Dunyodagi 7 ta eng yirik koʻmir havzasidan 5 tasi Rossiyada joylashgan. Rossiyada dunyodagi temir rudasi, berilliy zaxirasining 30%, neftning 17–18%, gaz, olmos, niobiy, tantalning 70–75%, palladiyning 50%, nikelning 40% dan koʻprogʻi, uranning 10% mavjud. Jumladan, Uralda boksit, Shimoliy Kavkaz, Oʻrta va Janubiy Ural, Sharqiy Sibirda mis, Krasnoyarsk oʻlkasi shimolida misnikel, Zabaykalye va Uzok, Sharqda ruxqoʻrgʻoshin, Ural, Oltoy, Zabaykalye va Kola yarim orolda qimmatbaho toshlar, marmar, granit, bazalt, Saxada olmos konlari, shuningdek, turli joylarda volfram, molibden, surma, simob, oltin, kumush, platina, kobalt, slyudamoskovit, asbest va sh.k. foydali qazilmalarning katta konlari bor.
- Ishlab chiqarish tarmoqlari - bu tabiiy sharoitda olingan xom ashyoni qayta ishlaydigan korxonalar majmui. Bu, masalan, minerallar, qishloq xo'jaligi bo'lishi mumkin. Bu sohaga siz qora va rangli metallurgiya sanoati, yog'ochni qayta ishlash zavodlari kabi sohalarni ham qo'shishingiz mumkin. Neft, tabiiy gaz yoki boshqa kimyoviy moddalarni qayta ishlash kabi tartib bizning davrimizda juda keng tarqalgan.
2. YaIM so‘ngi yillar bo‘yicha, (eksport va import hajmi). - Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) ekspertlari fikricha, Ukrainaga qarshi davom etayotgan urush va Rossiyaga nisbatan qo‘llanilgan qattiq sanksiyalarga qaramay, 2022 va 2023 yillarda Rossiya iqtisodiyotidagi pasayish avvalroq kutilganidan kamroq bo‘ladi.
- Jamg‘arma saytida 11 oktyabr, seshanba kuni e’lon qilingan prognozda 2022 yilda Rossiyada yalpi ichki mahsulot (YaIM) 3,4 foizga, 2023 yilda esa yana 2,3 foizga qisqarishi qayd etilgan. Iyul oyida XVJ ushbu yillardagi ko‘rsatkichlar mos ravishda 6,0 va 3,5 foizga yomonlashishini taxmin qilgandi.
- Mutaxassislar fikricha, joriy yilning ikkinchi choragida uzoq davom etgan urush va sanksiyalar natijasida Rossiya iqtisodiyotida sezilarli pasayish kuzatilishi mumkin edi, biroq neft eksporti va ichki bozordan tushgan daromadlar buning oldini olishga imkon berdi. Bundan tashqari, XVJ Rossiyada bandlik holatini barqaror deb hisoblaydi.
- Jahon banki kuzgi hisobotida xuddi shunday hisob-kitoblarni e’lon qilib, Rossiya yalpi ichki mahsulotining 2022 yilda 4,5 foizga, 2023 yilda esa 3,6 foizga pasayishini kutmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |