O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 0.77 Mb.
bet132/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Qadimgi Elam


Er. avv. VII-VI ming yilliklarda g`arbiy Eronda dehqonchilik bilan shug`ullanadigan o’troq va ko’chmanchi chorvador qabilalar er.avv. VI-V ming yilliklarda Eronning boshqa hududida tarqaladi. Er. avv. III ming yillik boshlarida janubiy-g`arbiy Eronda Elamtu (Bobil va osur tilida «mamlakat») yoki Elam ilk davlat birlashmasi shakllanadi. Elam Mesopotamiya hamda shimoliy va sharqiy Eron bilan bog`langan Korun va Kerxa daryolari vodiylarida joylashgan. Suza shahri poytaxtga aylandi. Elam davlati er.avv. XXIV-XXII asrlarda Akkad podsholigiga bevosita qaram bo’ladi.

Er.avv. XXII asr boshlarida Elam mustaqil davlatga aylanadi. Podsho sukkalmax («buyuk elchi») unvoni bilan Suzadan turib davlatni boshqargan. Davlatni boshqarishda yordam bergan podshoning kenja ukasi sukkalom («elchi») deb atalib, Simash (elam tilida Nishanki) shahrini qarorgoh qilib, Elam va Simashni boshqargan. Kichik viloyatlarni «otalar» («adda») boshqarganlar. Hukmdor dunyodan o`tgach, uning o’rniga podshoning ona urug`idan jiyani yeki singlisini o’g`li taxtga o’tirgan. Elam podsholari oilasida bo’lgusi hukmdorlar o’z singillari bilan turmush qurganlar (levirat). Podsho vafot qilgach uning ukasi akasini beva ayoliga uylanib, podsho bo’lish huquqiga ega bo’lgan.

Er. avv. XIV asrdan - er. avv. XII asrlarigacha Elam Bobilga qaram bo’ladi. Elam er. avv. 1155 yildan-er. avv. 1115 yillarda o’z mustaqilligini qayta tiklaydi. Elam er. avv. VII asrdan boshlab, Bobil bilan ittifoqda Osuriyaga qarshi faol ko’rashadi. Er. avv. 549-yilda forslar Elamni bosib oladilar.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling