O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Ahmoniylar davlatining ijtimoiy va davlat tuzumi


Download 0.77 Mb.
bet135/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Ahmoniylar davlatining ijtimoiy va davlat tuzumi


Keyingi podsholik davrida ichki ziddiyatlar, satraplarning o’zboshimchaligi, O’rta Osiyo saklari Misrni ajralib chiqishi yuz berdi. Lekin davlat chegaralari o’zgarmay qolaverdi. Faqat er. avv. IV asrda g’ayratli artakserks III er. avv. 404-yilda ajralib ketgan Misrni er. avv. 343-342-yillarda yangidan bosib oldi. Kichik Osiyodagi yunon shaharlari ustidan yana nazorat tikladi. So’ngi Eron podshosi Doro III jur’atsiz, qo’rqoq er. avv. 334-330-yillarda yunonmakedonlar hujumini qaytara olmadi. U Isssa yonidagi jangda (er. avv. 333-yil) va Gavgamela yonidagi hal qiluvchi ikki jangda Iskandardan yengildi. Doro III yengilgach Baqtriyaga qochib ketdi va u yerda o’z yaqinlari tomonidan o’ldirildi. Shu bilan ahmoniylar Eroni davlati quladi.

Ahmoniylar davlatiga uzoq bosqinchilik urushlardan so’ng, fors davlati paydo bo`lgunga qadar Kichik Osiyo, Elam, Bobil, Suriya, va Misr kabi o’zining rivojlangan davlat hokimiyatiga ega bo’lgan hududlar kirgan. Bundan tashqari, forslar ko`chmanchi arab va skif qabilalarini bo`ysundiradilar. Ulkan davlat tarkibiga kirgan xalqlar, elat va qabilalar turli bosqichdagi ijtimoiyiqtisodiy tuzumda yashaganlar. Ayrim viloyatlar, hududlarda tovar-pul munosabatlari yuqori darajada rivojlangan. Forsning o’zida yollanib ishlovchi ishchilar “gardash” (fors tilida ) yoki “kurtash” (elam tilida) deb atalgan. Bu ko’p sonli ishchi otryadlari bo’lib, ko’pincha harbiy asirlar, majburiyatni o’tash uchun chiqarilgan jamoachilardan iborat bo’lgan.

Kayxusrav va Kambiz bosib olingan mamlakatlarda hech kanday o’zgarish qilmay avvalgi ichki boshqaruvni saklab qolganlar, karam xalqlarga bir qadar o’z-o’zini boshqaruv huquqini berganlar. Ammo err. avv. 522-521 yillardagi qo’zg`olonlar ahmoniylar davlatini mustahkam emasligini ko’rsatadi. Shu sababli Doro I davlat hokimiyatini mustahkamlashga xizmat qiladigan qator islohotlar o’tkazadi. Doro I islohotlari eng avvalo bosib olingan hududlar ustidan nazoratni amalga oshirish va davlat boshqaruvi tuzumini yaratish, soliqlar yig`imini tartibga solish va oshirishga xizmat qilgan. Islohotlar bir necha yilda amalga oshiriladi. Bu islohotlarni amalga oshirish natijasida Bobil, Misr va boshqa hududlarda yangi ma'muriy tizim vujudga keladi va ahmoniylar davlatining oxirgi yillarigacha boshqaruv tizimida biror sezilarli o’zgarish yuz bermaydi.

Doro I davlat hududini satrapiya (viloyat, fors tilida kshatriy) deb atalgan ma'muriy soliq okruglariga bo’ladi. Satrapliklar o’z hajmi jihatidan ilgarigi, ilk katta davlatlar, provinsiyalardan katta bo’lgan. Satrapliklar mamlakatning eski davlat va etnografik chegaralariga mos kelgan. Satrapliklar ichida avtonom o’z-o’zini boshqaradigan qabila va shaharlar Finikiya, Kichik Osiyodagi yunon shaharlari mavjud bo’lgan. Forslar Finikiya shaharlarining ichki ishlariga aralashmaganlar va buning evaziga ular ahmoniylarni oxirigacha qullabquvvatlaganlar.

Satrapliklar ro`yxati Bexistun va boshqa qadimgi fors yozuvlarida keltirilgan. Ularda 23 mamlakat sanalgan. Gerodot tarixida yigirma satranlik keltirilgan. Gerodot 20 satraplik tarkibida ahmoniylar davlati tarkibiga kirgan 70 ta shaharni sanaydi. Gerodot va ahmoniylar yozuvlaridagi farqlarning mavjudligining sababi satrapliklar soni va chegaralari yangi bosqinchilik urushlari yeki ma'muriy islohotlar natijasida o’zgarib turgan. Fors podsholari muntazam ravishda satrapliklarni bo’lib turganlar, ularni soni oshib, hududlarning hajmi kichraygan. Misol uchun Doro I davrida Kichik Osiyo 4 satraplikka, Doro III davrida 7 satraplikka bo’lingan.

Yangi ma'muriy okruglar boshida satrap (noib)lar turgan. Satrap mansabi ahmoniylar davlati vujudga kelishi bilan mavjud edi. Kayxusrav, Kambiz va Doro I podsholigining birinchi yillarida qaram hududlarda rahbarlik vazifalarini imtiyozli etnik guruh forslar qo’lida to’plashni maqsad qilib qo`yganlar. Satrap lavozimiga endilikda qoida sifatida faqat forslar tayinlanadigan bo’ladi. Kayxusrav va Kambiz davrida satrap qo’l ostida fuqarolik va harbiy hokimiyat to’plangan edi. Bu haqida satrap Gobriyning Bobil, Suriya va Yuqori Mesopotamiyadagi bir vaqtni o’zida fuqarolik va harbiy noib vazifasini bajargani to’grisida aniq ma'lumotlar mavjud. Bundan tashqari, Bexistun yezuvlari ma'lumotlariga ko’ra Doro I hukmronligi davrida satraplar o’z viloyatlarini boshqarish bilan bir qatorda urush vaqtida qo’shinga qo’mondonlik qilganlar. Doro I satrap hokimiyatini kuchayib ketishini oldini olish uchun satrap vazifasini harbiy hokimiyatdan ajratish bilan cheklaydi. Endilikda satraplar viloyatlarda faqat fuqaro hokimiyatiga ega noibga aylanadilar. Ular o’z viloyatlarida ma'muriyat boshlig`i bo’lib, sud hokimiyatini amalga oshirganlar, viloyat, xo’jalik hayotini, soliqlar yig`imini nazorati ularning qo’lida bo’lgan.Satraplar o’z satrapliklari chegarasida xavfsizlikni ta'minlaganlar va mahalliy amaldorlarning faoliyatini boshqarganlar. Tinchlik vaqtida satraplar qo’l ostida faqat ozgina shaxsiy quriqchilar bo’lgan. Viloyatda turgan qo’shinga esa, satrapdan mustaqil bo’lgan bevosita podshoga bo`ysungan harbiy boshliq rahbarlik qilgan.

Ammo Doro I davridan so’ng harbiy va fuqarolik hokimiyatini bo’linishiga qat'iy rioya qilinmaydi.

Ko’pincha satrap hokimiyatining hajmi ko’pgina omillarga bog`liq bo’lib qoladi. Doro 1 ning o’gli Kserks va keyingi podsholar davrida satraplar harbiy boshliqlarga qaram holatda bo’lganlar. Ko’p hollarda satraplarning o’zlari harbiy hokimiyatni ham boshqarganlar. Er.avv. IV asrdan boshlab bu odatdagi hol bo’lib qoladi. Kserks podsholigi davridan ba'zida ikki yoki bir necha satrapliklar bir kishi qo’lida bo’lgan. Misol uchun shaxzoda Kayxusrav Kichkina Lidiya satrapi bo’lishi bilan birga uning xokimiyati Daskiley va Ioniya satrapliklarining katta qismni qamrab olgan. Err. avv. IV asr o’rtalarida Kilikiya satrapi Mazey bir vaqtni o’zida Ikki Daryo oralig`i noibi ham bo’lgan. Istilochilik urushlari davrida har bir satrap o’zining viloyatidan qo’shin to’plab, urush harakatlarida ishtirok etishi shart bo’lgan. Misol uchun yunonmakedonlar bilan bo’lgan jang harakatlarida baqtriyaliklar o’z satraplari boshchiligida ishtirok etganlar.

Satrap va harbiy boshliqlar markaziy hokimiyatni, podshoning va ayniqsa uning maxfiy xizmatining doimiy nazorati ostida bo’lganlar. Chunki viloyatlar satraplari doimo mustaqillikka intilishga harakat qilib, ajralib chiqish xavfini tug`dirganlar. Davlat boshqaruvi va barcha amaldorlar ustidan oliy nazorat xazorapat deb atalgan mansabdor qo’lida bo’lgan. U bir vaqtni o’zida «o`n ming o’lmas» podsho shaxsiy gvardiyasining boshlig`i bo’lgan.

Islohotlar natijasida markaziy podsho kanselyariyasi bilan katta byurokratik apparat vujudga kelgan. Davlat boshqaruvi poytaxt Suzada (Elam) bo’lib, podshoning bosh qarorgohi Persepol (Pasargad) bo’lgan. Bobil, Ekbatana, Memfis shaxarlari va satrapliklarning markazlarida davlat alfaviti rasmiy tilga aylanadi. Ahmoniylarning rasmiy yozuvlari Akkad, Elam va qadimgi fors tilida va mixxatning uch turida ko’pincha toshga bitilgan.

Davlat apparatida forslar eng muhim harbiy va fuqarolik vazifalarini faqat Fors o`lkasida emas, balki boshqa qaram hududlarda ham egallay boshlaganlar. Shu bilan birga ahmoniylar boshqaruv ishlarida boshqa xalqlar vakillaridan foydalanganlar. Doro I islohotlari agrar sohada katta o’zgarishlarga olib kelgan. Qaram xalqlarning yerlari tortib olinib, podsho oilasi a'zolariga, fors aslzodalari va amaldorlariga meros qilib beriladi. Bunday yermulklar soliqdan ozod qilingan.

Podsho tomonidan alohida xizmat ko’rsatgan qo’shinlarga beriladigan yerlar merosiy bo’lib, soliqdan ozod qilingan. Bunday imtiyozga ega kishilar qaram viloyatlarda sud ishlarini amalga oshirish huquqiga ega bo’lganlar. Yerlarni katta qismi podshoning mulki edi. Podsho yerlari odatda ijaraga berilgan. Bundan tashqari, podshoga yirik sug`orish kanallar qaragan. O’rta Osiyodagi Ak daryosi havzasidagi sug`orish inshootlari Suriyadagi o’rmonlar, Misrdagi Fayum qo’lida baliqchilikdan keladigan daromadlar, konlar, bog` va saroylar podsho ixtiyorida bo’lgan. Bir qism yerlar harbiylarga foydalanishga berilgan. Dastlab harbiylar xizmatda bo’lgan vaqtda bu yerlardan soliq olinmagan.

Keyinchalik askar xo’jaliklaridan soliqlar doimiy ravishda olina boshlanadi. Buning ustiga ajratilgan yerlar hajmi yildan-yilga qisqarib borgan va natijada qo’shinning jangovar qobiliyati pasayib ketadi. Shu sababli ahmoniylar er. avv. V-IV asrlarda yollanma qo’shinga suyanadigan bo’lganlar.

Doro I soliq siyosatini o’zgartiradi. Yangi umumdavlat soliq tizimi shakllantiriladi. Har bir viloyat yer hajmi va hosildorlik darajasiga ko’ra qat'iy belgilangan soliq to’lovini amalga oshirishi shart bo’lgan. Ilk bor ayrim ibodatxonalar o’zlariga qarashli yerlardan soliq to`lashga majbur qilinadi.

Forslarning o’zlari pul to`lovidan ozod bo’lib, natural to`lovga tortilganlar. Qolgan qaram xalqlar har yili 7740 bobil kumush talanti (232200 kg) miqdorda soliq to`laganlar.

Pul-tovar munosabatlarini rivojlanishi pul islohotini o’tkazilishiga sabab bo’ladi. Er. avv. 517yildan so’ng, Doro I butun mamlakat miqyosida yagona pul birligi, fors pul tizimining asosi 8, 4 gr og`irliklagi tilla tanga darikni joriy qiladi. Tilla tangani faqat podsho zarb qilish huquqiga ega edi. Darik tarkibida bor – yo`g`i 3 % qo’shimcha begona qotishma bo’lganligi sababli, u bir necha asr davomida Old Osiyo savdo dunyosida asosiy tilla tanga vazifasini o’tagan. Ahmoniylar davlatida undan tashqari, satraplar tasviri, provinsiyalarda podsho tasviri bilan zarb qilinadigan va qaram shahar va mamlakatlar zarb qiladigan tangalar mavjud bo’lgan. Kundalik muomala vositasi sifatida Kichik Osiyo satrapliklarida zarb qilingan podsho kumush sikli (ogirligi 5,6 gr) xizmat qilgan.

Soliq to`lovi sifatida yig`ilgan pullar bir necha o’n yillar podsho xazinalarida saqlangan. Faqat

ularning bir qismi xarajatlar uchun ishlatilgan. Shu boisdan savdo uchun tanga pul doimo taqchil bo’lgan. Bu xol tovar-pul munosabatlarining rivojlanishiga to`sqinlik qiladi va natural xo’jalikni saqlanishiga olib keldi.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling