O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


«Klassik davr». Janubiy Osiyoning siyosiy tarixi (er.avv. II asrdan-eramizning V asrigacha)


Download 0.77 Mb.
bet149/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

«Klassik davr». Janubiy Osiyoning siyosiy tarixi (er.avv. II asrdan-eramizning V asrigacha).

Ijtimoiy tuzum


Er. avv. II asr boshlarida Maurilarning so’nggi vakili hukmronligi tugab, shu vaqtdan mamlakatda uzoq siyosiy tushkunlik boshlandi.

Shimoliy-g`arbiy Hindistonda yunon-

baqtriyaliklar paydo bo’ldi va ular Gandxarada

o`rnashib qoldilar. Er. avv. I asrlarda sak qabilalari kirib kelib, shimoliy-g`arbda bir necha davlatlarni barpo qiladilar. Sak podsholari o’zlarini «buyuk podsholar podshosi» deb ataydilar. Yirik davlat birlashmalarida noiblik, satrapliklar joriy qilinib, hududlarda satrap (kshatrap) ancha mustaqil bo’lgan.

Eramizning boshlarida shimoliy–g`arbiy

Eronning ba'zi viloyatlari parfiyaliklarga bo`ysundi.

Eramizning I asrida Markaziy Osiyoda Kushon davlati yetakchi rol o`ynaydi. Kushonlar Hindistonning shimoli-g`arbiy qismida o`rnashib oladilar.

Eramizning IV-V asrlarida Magatxa Gupta sulolasi hukmronligi ostida yana rivojlana boshladi. IV asr o’rtalarida Samudragupta (335-380-yillar) davrida Magadxa qudratli davlatga aylanadi. Samudragupta shimoliy Hindistonda unga yaqin davlatchalarni, Dekanda o’n besh davlatchani tugatadi. Magatxaga janubda Tamish shahri Kanchini, shimolda Nepal va Assam kabi chegara viloyatlar ham qaram bo’ladilar. Dekan viloyati g`olibona yurishga qaramasdan Gupta davlati tarkibiga kirmaydi. Chandragupta II (380-445 yillar davrida) Gupta davlati gullab-yashnadi. Uning davri hind tarixining “oltin davri” hisoblanadi. Uning vorislari davrida o’zaro urushlar kuchayib ketadi. O’rta Osiyodan kelgan eftalitlar V asrda Gupta davlatini qulatdi. V asrda shimoliy Hindiston kichik davlatchalarga bo’linib ketadi.

Dekan mamlakatlari tarixida Satavaxan sulolasi alohida o’rin tutadi. Eramizning ikkinchi asrida Satavaxanlar davlati o’z taraqqiyotining yuqori cho`qqisiga chiqadi. Uning asosiy markazlari g`arbiy Dekanda edi. III asrda bu davlat parchalanib ketadi. Janubiy eng chekka viloyatlar siyosiy tarixiga oid ma'lumotlar yo’q darajada.

Eramizdan avvalgi I ming yillik oxiri eramizning I asrlari Hind iqtisodiyotining gullabyashnagan davri hisoblanadi. Hindlar yuqori nav po`lat ishlashni o`zlashtiradilar. Metall san'atining noyob namunasi sifatida Sandra temir ustuni (o’tgan bir yarim ming yil davomida bu temir ustunda biror zang paydo bo’lmagan, bu yodgorlik hozirgacha yetib kelgan). Qal'alardan keyin g`or ibodatxonalari keng tarqaladi.

Turli xil tilda zarb qilingan tangalar paydo bo’ladi. Serqatnov savdo yo`llari Taksila, Madxur, Udjain, Varnasi kabi yirik shaharlarni qamrab oladi. Varnasi va Madxura ip-gazlama, shimoli-garbiy rayonlar vino, ot, jun, buyumlari bilan, Udjain qimmatbaho toshlar, fil suyagi bilan, janubiy Hindiston esa ziravorlari bilan mashhur bo’lgan. Kushon davlati paydo bo’lishi Hindistonni Markaziy Osiyo bilan aloqalarini kuchayishiga va uni Buyuk ipak yo’li savdosida faol qatnashuvi uchun qulay shart-sharoit yaratadi.

Eramizdan avvalgi II-I asrlarda g`arbiy va janubiy Hindistonda Misr savdogarlari paydo bo’ladi. Hind okeani orqali Rim bilan janubi-sharqiy Osiyo, Indoneziya orollari bilan savdo aloqalari kuchayadi.

Hindistonning ijtimoiy tuzumi to’g`risida umumiy tushuncha hosil qilish mumkin. Qadimgi Hind qishlog`ida jamoa yetakchi o’rin tutgan. Ekin yerlari oilalar o’rtasida taqsimlangan. Jamoa ixtiyerida yaylov, bush yerlar va o’rmonlar qolgan. Jamoa a'zolari yo’l, kanallarni ta'mirlash va ko’rishda ishtirok etganlar. To’la huquqli jamoa a'zolari jamoa yig`inida ishtirok etganlar.

Qishloq ichida mulkiy tengsizlik juda kuchli bo’lgan. Yer egalari boy jamoa a'zolarini tashkil qilganlar va yerlarini ijaraga berganlar. Yollanib ishlovchilar, qarzdorlar ko’p bo’lgan. Jamoada kir yuvuvchilar, qorovul, duradgor va kulollar ko’pchilikni tashkil qilgan. Har bir toifadagi kishilarning mavqei o’zgarmas bo’lgan. Har bir hududda bir xil mavqeda bo’lgan oilalar epik birdamlik kastani tashkil qilganlar. Har bir kasta endogam bo’lgan, chunki uning a'zolari bir-biri bilan qarindosh bo’lgan. Kasta a'zolarini iqtisodiy va diniy marosimlar, urf-odatlar bog`lab turgan.

Boylar va yer egalari o’zlarini braxmakshatriylarga mansub deb, shahar savdogar sudxo’rlari o’zlarini vayshilar deb hisoblaganlar. Mehnatkashlarning asosiy ommasi hunarmanddehqonlar va shudra kastasi eng og`ir ishlarni bajarganlar. Qulchilik mavjud bo’lib, qulchilik manbai urush, qarzi uchun qul qilish bo’lib, qashshoqlik natijasida o’zini, o’z bolalarini sotish ham mumkin bo’lgan.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling