O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi, ilk davlatlarning shakllanishi


Download 0.77 Mb.
bet164/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi, ilk davlatlarning shakllanishi


Er. avv. V-III ming yilliklarda Xuanxe daryosi o’rta oqimida Yanshao madaniyati tipidagi neolit manzilgohlari vujudga keladi. Dehqonchilik, cho`chqa va it boqish asosiy mashg`ulot bo’ladi, kulolchilik rivojlanadi.

Er. avv. III ming yillikning ikkinchi yarmida kulolchilik charxi yordamida kulrang va qora rangli idishlar tayyorlanadi, dehqonchilikda o’roq va pichoqning takomillashgan shakli vujudga keladi. Ijtimoiy tabaqalashuv jarayoni tezlashadi. Bu davr Lunshan madaniyati deb ataladi.

Eng qadimgi jez davri buyumlari (er. avv. II ming yillik birinchi yarmi) Ermitou tipidagi manzilgohlarda topilgan. Er. avv. XIV-XI asrlarda o’rta Xitoyda In davrida ilk shaharlar paydo bo’ladi. Bu davrdagi ijtiomiy tabaqalanish izlarini In qabrlarida ko`rish mumkin. In davlati tepasida Van (hokim) turgan. Hukmdorning yagona hokimiyati shakllanidan dalolat beradigan «Men kishilar orasida yagonaman» degan so’zini keltirish mumkin. Van bir vaqtni o’zida oliy koxin vazifasini ham bajargan. In davlatining eng qudratli davri er. avv. XIII asrning ikkinchi yarmida hukmronlik qilgan Van U Di davriga to’g`ri keladi. Uning davrida Shan shahrida saroy va ibodatxonalar quriladi, mamlakat hududi kengayadi.

Er. avv. 1027 yilda chjoular boshchilik qilgan ga`rbiy qabilalar In davlatini ag`darib tashlaydilar.

Chjoular Inlardan jez quyish san'atini, yozuvni o’zlashtiradilar. Ular harbiy jang aravalarini ham inlardan o`rganadilar. Chjou davrida jamiyat besh ijtimoiy qatlamga ajralgan:.


  1. Van-«kishilar orasida yagona» hukmdor.

  2. Chjou-merosiy hudud hokimlari, chjou oliy aslzodalari.

  3. Dafu-urug` qabila guruhlari boshliqlari.

  4. In- katta oila boshliqlari.

  5. Oddiy kishilar.

Van Osmon mamlakatida eng oliy mulkdor, boshqalar esa uning xizmatkori edi. Shu bilan birga «Van Chjouni o’z xizmatkori deb xisoblaydi, chjou o’z xizmatkori deb dafuni hisoblaydi, dafu o’z xizmatkori deb inni hisoblaydi» tushunchasi mavjud bo’lgan. Bu davrda asirlar ko’plab qullarga aylantira boshlanadi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling