O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Sulla diktaturasini o’rnatilishi. Spartak boshchiligidagi qullar qo’zg’oloni


Download 0.77 Mb.
bet293/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Sulla diktaturasini o’rnatilishi. Spartak boshchiligidagi qullar qo’zg’oloni


Rim respublikasi er. avv. 80-yil boshlarida Italiyada ittifoqchilik urushlari tugaganidan keyin moliyaviy tushkunlik, hunar va savdo degradatsiyasi va ichki siyosiy beqarorlik holatida edi. Shu bilan bir vaqtda Pont podshosi Mitridat VI ni kichik Osiyo va

Bolqon yarimorolini bosib olishi Rimni sharqda urush boshlashiga chaqiriq bo’ldi. Mitridat mashhur shaxs bo’lib, baland bo’yli juda katta jismoniy kuchga ega bo’lgan, 22 tilni bilgan har tomonlama ma’lumotli kishi edi. U Bosfor, Kolxida, Kichik Armanistonni bosib olib, rimliklarni Kichik Osiyo mulklariga bostirib kirdi. Mahalliy aholi uni xaloskor sifatida kutib oldi. Kichik Osiyoning barcha shaharlarida uning topshirig’i bilan bir kunda 30 ming rimlik o’ldirildi. Mitriditga qarshi urushda qo’shinga qo’mondonlik qilish uchun birdaniga ikki sarkarda optimatlar yetakchisi er. avv. 80-yilda konsul bo’lgan 50 yoshli Lutsiy Korneliy Sulla va populyarlarning o’tmishdagi ittifoqchisi olti marta konsul bo’lgan shuhratparast 68 yoshli keksa Gay Mariy da’vogar bo’ldilar.

Rim qo’shiniga qo’mondonlik qilish senat tomonidan Sullaga topshirildi, Rimda xalq yig’ini Sullani chetlatib, sharqqa yurishga Mariyni qo’mondon qilib tayinladi. Shu vaqtda janubiy Italiyada turgan g’ayratli Sulla o’z qo’shinlariga juda katta va’dalar berib, Rimga yurish qildi. Rim o’zining ko’p asrlik tarixi davomida birinchi bor rimlik qo’shinlar tomonidan jang bilan egallandi. Mariy Afrikaga yashirinishga majbur bo’ldi.

Sulla o’z qo’shini bilan Yunonistonga yurish qilib, Mitridat qo’shinlarini tor-mor qildi. Shu vaqtda Rimda to’ntarish sodir bo’lib, hokimiyatni yettinchi marta konsul qilib saylangan Gay Mariy va 4 marta konsul bo’lgan tsinna egalladilar Tez orada Mariy bezgak kasalligidan vafot etdi. Sulla er. avv. 83-yilda o’z qo’shini bilan janubiy Italiyaga kelib tushdi. Fuqarolar urushining yangi davri boshlandi. Bu urush Sullaning g’alabasi bilan tugadi, u yana jang bilan Rimga kirib, o’z diktaturasini o’rnatdi. Sulla o’zining raqiblarini bartaraf qilish uchun proskripsiya deb nomlangan tadbirni amalga oshirdi. Sulla tomonidan tuzilgan kishilarni alohida ro’yxati shunday deb atalar edi. Kim bu ro’yxatga tushgan bo’lsa qonundan tashqari e’lon qilinib, har qanday kishi uni o’ldirishi hatto bu uchun mukofot olishi mumkin edi. Shu yo’l bilan 100 senator va 2500 suvoriy o’ldirildi va ularni mulki musodara qilindi. Sulla xalq tribunlari hokimiyatini cheklaydigan qator qonunlar qabul qildi, bepul non tarqatishni bekor qildi, qarz foizlarini chekladi hamda er. avv. 241-yilda bekor qilingan senturiy komisiyalarini qayta tikladi. Senat tarkibiga Sulla o’z tarafdorlaridan bo’lgan 300 yangi a’zoni kiritdi. Diktator plebey tribunlari va komisiyalarining qonunchilik hokimiyatini bekor qilib, bu vakolatni senatga berdi. Lekin tez orada er. avv. 79-yilda ko’plar uchun kutilmagan holda Sulla diktatorlik vakolatini o’zidan soqit qilib, hokimiyatdan chetlashdi. Sobiq dictator baliqchilik bilan shug’ullanib, “Memuarlar” yozdi. Er. avv. 78-yilda u 60 yoshida miyasiga qon quyilishi oqibatida vafot etdi. Sulla konstitutsiyasi yana 8 yil yashadi.

Sertoriy qo’zg’oloni senatning Gney Pompey boshchiligidagi qo’shinlari bilan bostirildi.

Shu vaqtda Italiyani Spartak rahbarligidagi misli ko’rilmagan qullar qo’zg’oloni qalqitib yubordi (er. avv. 74-71-yillar). Spartak kelib chiqishi Frakiyadan bo’lib Rim yordamchi qo’shinlarida xizmat qilgan va dezerterligi uchun qullikka sotiladi. U Kapuya shahrida fuqaro Lentul Batiatning gladiatorlar maktabida gladiator edi. Boshda Spartak qo’zg’oloniga ahamiyat berilmadi. Sarkardalik qobiliyatiga ega bo’lgan shijoatli Spartak tez orada o’z qo’l ostida qullardan tuzilgan 120 ming kishilik qo’shin to’pladi. Bir necha bor rimliklar ustidan g’alaba qildi, ayniqsa shimoliy Italiyadagi Mutina shahri yonida Spartak yaxshi qurollangan ikki konsul boshchilik qilgan Rim qo’shinlarini tor-mor qildi. Bu hol Rimni vahimaga tushirib qo’ydi.

Senat er. avv. 72-yilda Spartakka qarshi qo’shinga boshchilik qilishni favqulodda vakolatlar bilan eng boy quldor Mark Krassga topshirdi. Spartak tezlik bilan Rimni chetlab o’tib Italiyaning janubiga yurish qildi. Farazlarga ko’ra Spartak Sitsiliyaga o’tishga harakat qiladi. Spartakni Sitsiliyaga o’tishida kemalar bilan ta’minlashga va’da bergan dengiz qaroqchilari Piratlar uni aldadilar. Qullar qo’shini Bruttiya viloyatiga qamalib qoldilar, Krass bu yerda 52,5 km.lik uzunlikdagi okop qazishga buyruq berdi. Spartak qo’shinlari rimliklarning bu to’siqlarini buzib o’tib, Burundiziga qarab harakat qildilar. Tez orada Spartak qo’shinlaridan bir necha qismlar ajralib ketdilar. Bu Spartakning kuchini zaiflashtirdi. Krass qullar qo’shinini taqib ostiga olib, ularni orqasidan izma-iz yurdi. Apuliya viloyatida Krass va Spartak qo’shinlari o’rtasida hal qiluvchi jang bo’ldi. Jang boshlanishida Spartakka otini minishga hozirladilar, lekin u qilichini sug’urib otni o’ldirdi. Spartak g’alaba qilgan taqdirda eng yaxshi otlarga ega bo’lishi mumkinligi, yengilgan taqdirda hech qanday ot kerak emasligini aytdi. Jang juda shafqatsiz bo’lib, rimliklar g’alaba qildilar. Spartak va minglab qullar bu jangda qahramonona halok bo’ldilar. Uch yil davom etgan qullar qo’zg’oloni bostirildi, 6 ming qul Kapuyadan Rimga boradigan yo’lda hochga mixlandi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling