O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Exnatonning diniy-siyosiy isloxati (er. avv. 13651348 - yillar)


Download 0.77 Mb.
bet30/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Exnatonning diniy-siyosiy isloxati (er. avv. 13651348 - yillar)


Qaram yerlar va Misr aholisini talanishi natijasida hukmron tabaqa, ayniqsa ko’p sonli yaxshi uyushgan kohinlar tabaqasi boyib ketgan.

Ibodatxonalar minglab gektar yerlar, chorva mollari, qullar va boshqa moddiy boyliklarga egalik qilganlar. XVIII sulola davrida fir'avnlarning homiysi Amon ibodatxonasi Misr bosh xudosi sifatida alohida ta'sirga ega bo’lgan. Xudo Amon bayrog`i ostida Fiva hukmdorlari giksoslarni haydab chiqarganlar. Fivadagi Amon ibdoatxonasi nihoyatda katta obru – e'tiborga ega bo’lgan. Fir`avnlar tomonidan bu ibodatxonaga fir'avnlar o’n minglab qullar, yer, minglab bosh qoramol, oltin-kumushlar hadya qilganlar. Karnak va Luksorda xudo Amon sharafiga hashamatli ibodatxonalar qad ko`targan. Mamlakatda Amon ibodatxonasi kohinlarining mavqei kuchayib ketgan. Ular Misr iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotiga kuchli ta'sir ko’rsata boshlaganlar. Jumladan, Amon ibodatxonasining oliy kohinlari taxt vorisining nomzodini ko’rsatishdek,imtiyozli huquqni olganlar. Boy Amon ibodatxonasining oliy tabaqa koxinlarini kuchayib ketishi hukmron tabaqani noroziligiga sabab bo’lgan. Bu holat davlat hokimiyatiga katta muammolarni tug`dirgan. Natijada Amenxotep IV hukmron tabaqaga suyanib, Amon kohinlarining kuch-qudratini sindirishga jur'at kiladi. U diniy islohot o’tkazgan. Amenxotep IV (er. avv. 1372-1354) davrida Misr xudolaridan “quyosh shu'lasi” xudosi Aton birinchi o`ringa qo`yila boshlangan. Bu fir’avnning o’z nomini o’zgartirishida ham o’z ifodasini topgan. Fir'avn Exnaton degan yangi nom olgan. Shu bilan birga Exnaton Fiva koxinlari bilan uzil-kesil suratda aloqani uzib, Fivadan chiqib ketgan. Go`zal saroy va ibodatxonalar bilan bezalgan yangi poytaxt Axetaton (Aton shahri)ga Exnaton o’zining butun saroy amaldorlari va yangi quyosh xudosining kohinlari bilan birga ko`chib kelgan.

Exnatonning hukmronligini oltinchi yilida Aton Misrning yagona va oliy xudosi deb e'lon qilinadi. Exnaton o’zini Atonning yagona o’g`li deb Amenxotep («Amon rozi») ismini Exnaton («Amonga yoqadigan») degan ismga almashtirgan.

Aton butun dunyoni va Misrni yaratuvchisi hisoblanib, odatdagidek, hayvon qiyofasida emas, balki quyoshning yerga nur sochayotgan shu'lasi sifatida ifodalangan. Yangi xudoga sig’inishni istamagan zodagonlar qatl etilib, ularni jasadlari yoqilgan. Faqat Exnaton quyosh xudosini yagona va sevimli o’g’li sifatida Atonni bevosita o’zidan vaxiy olishi mumkin edi va fuqaro, kohinlarga amr-farmon qilishi mumkin edi.

Exnaton tomonidan o’tkazilgan bu diniy islo hot ko`ngildagidek natija bermagan. Exnaton Fiva kohinlari va nomlaridagi quldor zodagonlarni qudratini vaqtincha bo’shashtirishga muvaffaq bo’lgan. Exnatondan keyin taxtga o`tirgan fir'avnlar uni diniy siyosatini davom ettira olmaganlar. Ulardan biri Tutanxamon Fiva kohinlariga yon berib, Amon e'tiqodini qaytadan tiklashga va hatto o’z ismini ham shunga yarasha o’zgartirib «Tutanxamon» deb atashga majbur bo’lgan. Shunday qilib bu diniy islohot qattiq qarshiliklarga uchragan. Exnatonning vafotidan keyin poytaxt Memfisga ko`chirilgan.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling