XX sulola hukmronligi (er.avv.1200-1085 yillari).
Yangi podsholikning so’ngi davri XX sulola asoschisi Setnaxt (er. avv. 1192-1190yillar) mamlakatni tartibga keltiradi, uning vorisi Ramzes III (er. avv. 1192-1175-yillar) qo’shinni qayta tiklaydi, uning sonini ko’paytiradi. Luviyaliklarni va dengiz xalqlarining hujumlari qaytariladi. Ramzes III Falastin va Suriyada qisqa vaqtga bo’lsada, Misrning ta'sirini qayta tiklaydi. Ramzes III kohinlarning ma'naviy siyosiy qo’llab-quvvatlashiga erishish uchun mamlakatdagi yirik ibodatxonalarga ko’plab yer-suv, oltin, qimmatbaho toshlar va qullarni in'om qilgan. Misr ibodatxonalari katta yer-mulkka ega bo’lib, savdo-sotiq, hunarmandchilik va boshqa xo`jalik sohalari bilan shug`ullanganlar. Katta miqdorda iqtisodiy qudratga ega bo’lgan kohinlar tabaqasi davlat ishlariga aralashganlar, saroy zodagonlarining noroziligiga sabab bo’lgan.
Ramzes III vorislari davrida Misr zaiflasha boshlaydi. Er. avv. 1075-yillar atrofida XX sulolaning so’ngi vakili Ramzes XI vafoti bilan Misr ikki qismga bo’linadi va Quyi Misrni birlashtirgan markazi Tanis bo’lgan ikkinchi davlat paydo bo’ladi. Shu bilan qadimgi Misr tarixidagi oltin davr tugab III O’tish davri (er. avv. 1075-656-yillar) boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |