O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 0.77 Mb.
bet50/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

II BOB.

Qadimgi Mesopotamiya

Geografik muhit. Aholi


Shimolda Armaniston tog`laridan janubda Fors qo’ltig`igacha, sharqda Eronning tog`li viloyatlaridan g`arbda Suriya-Mesopotamiya cho`llarigacha cho`zilib ketgan hudud qadimda yunon geograflari tomonidan Mesopotamiya (ikki daryo oralig`i-Frot va Dajla daryolari oralig`i) deb atalgan. Hozir bu asosan Iroq Respublikasi hududidir.

Dajla va Frot daryolari Arman tog`laridan boshlanib, Fors qo`ltig`iga quyiladi. Daryo suvlari minerallarga boy loyqa olib borib toshqin vaqtida dalalarga toshib, hosildor qatlam hosil qiladi.

Ikki daryo oralig`ida hosil olish uchun yil davomida melioratsiya ishlarini amalga oshirish kerak edi. Bu yerda qadimdan odamlar kanal va dambalar qurganlar. Mesopotamiya iqlimi shimol va janubda bir xil emas. Shimolda quruq subtropik zonada qishda ba'zida qor yog`adi, bahor va ko’zda yomg`ir bo’ladi. Janub juda issiq va quruq iqlimli. Mesopotamiya qadimda loy va tabiiy asfalt mo’l-qo’l bo’lgan. Shimolda qo’rg`oshin, qalay, temir va tosh ham uchraydi.

M esopotamiya florasi juda kambag`al. Faqat shimolda tog`li rayonda har xil daraxtlar uchraydi. Qadimda daryo vodiysida tol daraxti, janubda qamishning turli xillari bo’lgan. Xurmo palmasi muhim rol o`ynagan. Strabonning aytishicha, qadimda uning 360 xil foydali xossasini bilganlar. Uzum va mevali daraxtlar, tariq, polba, qanop, bodring, sarimsoq, baqlajon, oshqovoq, loviya va no`xat o’stirilgan.

Qadimgi fauna boy bo’lgan. Daryolarda baliq ko’p bo’lgan, qushlar, eshak, cho`chqa, kiyik, quyon, tuyaqush, sherlar to`qay va sahrolarda mo’l-ko’l bo’lgan. Mesopotamiya Yaqin Sharqning keng bo’shlig`ida joylashganligi uchun xalqaro savdoda yetakchi rol o`ynagan, ko’pgina yo`llar G`arbdan Sharqqa, shimoldan Janubga shu yerdan o’tgan.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling