O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 0.77 Mb.
bet79/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Arxivlar


Qadimgi Mesopotamiya arxivlar makoni bo’lgan. Eng qadimgi arxivlar er.avv. III ming yillikning birinchi choragiga tegishli. Bu davrda arxiv ma'lumotlari yozilgan taxtachalar namlikdan saqlash uchun mumlangan savatlarda saqlangan. Er.avv. XIX asrga oid Ur shahri arxivi maxsus xonada yog`och tokchalarida saqlangan. Er.avv. XVIII asrga oid boy arxiv Mari podshosi saroyidan, Uruk shahridan er. avv. VIII-VI asrlarga oid 2500 xo’jalik hujjatlari arxivi topilgan.


Maktablar


Qadimgi Shumer va keyingi Bobil maktablarida asosan davlat va ibodatxonalar uchun kotiblar tayyorlangan. Maktablar ta'lim va madaniyat o`chog`i bo’lgan. Maktabda asosan shumer tili va adabiyoti o’qitilgan. Yuqori sinf o’quvchilari kelajakda tor mutaxassislashuvga qarab grammatika astronomiya va matematikadan bilim olganlar. O’zini fanga bag`ishlamoqchi bo’lgan o’quvchi bo’lsa huquq, astronomiya, tibbiyot va matematikani o’rgangan. Maktabda jismoniy jazo keng qo’llanilgan. Mesopotamiya maktablari o’quvchilarining sinf xonasida fanlarni o’rganish uchun loy taxtachalarda yozgan mashq matnlari bizgacha yetib kelgan.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling