O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


O’rta Osuriya davri (er. avv. II ming yillikning II yarmi)


Download 0.77 Mb.
bet96/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

O’rta Osuriya davri (er. avv. II ming yillikning II yarmi)


Er. avv. 1353-1318-yillarda podsho Ashshuriballit Osuriyani qudratli davlatga aylantiradi. Zaiflashib qolgan Mitanni xettlar tazyiqiga qarshi Osuriyaga ittifoqchi sifatida chiqadi. Tez orada Osuriya xettlarni yuqori Mesopotamiyadan haydab chiqarib, Frot daryosiga chiqadi. Natijada Mitannining sharqiy viloyatlari, bu yerdagi diniy markaz Nineviya bosib olinadi. Mitanni, keyinchalik Bobil ham Osuriya ta’siri ostiga tushib qoldi.

Osuriya shahar-davlatdan qudratli davlatga aylanib, yetti yuz yil davomida o’zining yurishlari bilan qo’shni hududlarga dahshat tug’dirdi. Osuriya davlatini shakllanishi er. avv. 1295-1264-yillarda hukmronlik qilgan podsho Adad-Nirari davrida tugallanadi. U birinchi bo’lib rasmiy ravishda o’ziga podsho unvoni berib, Old Osiyo buyuk davlatlari hukmdorlariga teng bo’lgan “Buyuk podsho”

mavqeiga da`vo qiladi. Er. avv. XIII asrda Xett davlati Osur savdogarlarini Kichik Osiyodan siqib chiqardi,

Misrni Suriyadan mahrum qiladi. Mitanni davlati esa Osuriya uchun g’arbga chiqadigan yo`lni butunlay yopadi. Er. avv. XIII-XII asr boshlarida Osuriya yuqori Mesopotamiyaning qo’shni hududlarini to’rt marta o’ziga qo’shib oladi va to’rt marta yo’qotadi.

Osur podshosi Tukulti-Ninurta I (er. avv. 12331197-yillar) davrida Bobil va Kavkaz ortiga g’olibona harbiy yurishlar uyushtiradi. Bu podsho Ashshur o’rniga o’zi uchun yangi poytaxt Kar-Tukulti-Ninurta shahrini qurdiradi. Ammo uning hukmronligining so’ngi yillarida xettlar va Bobil Osuriyani u bosib olgan hududlarni katta qismidan mahrum qiladilar, bundan g’zablangan Ashshur zodagonlari TukultiNinurtani taxtdan tushurib o’ldirdilar.

Er. avv. XII asrda Osuriya tushkunlikni boshidan kechiradi, Bolqon qabilalaridan bo’lgan mushklar Frot daryosi vodiysiga kelib xett davlatini halokatga uchratdilar, keyin elamliklarni hujumini qaytardilar.

Podsho Tiglatpalasalar I (er. avv. 1114-1076yillar atrofida.) davrida xalqaro vaziyat Osuriya foydasiga o’zgaradi. Bu davrda Xett podsholigi halokatga uchrab, Misr siyosiy tarqoqlik tomon yo’l tutadi. Osuriya qulay vaziyatdan foydalanib, shimoliy Suriya va shimoliy Finikiyani, Kichik Osiyoning janubiy sharqiy qismini o’z ta'siri ostiga oladi. Suriyaning gullab-yashnashi er.avv. XII-XI asrlarda Arabistondan oromiy qabilalarining bostirib kelishi natijasida tugadi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling