O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Osuriyaning ijtimoiy-siyosiy hayoti


Download 0.77 Mb.
bet98/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Osuriyaning ijtimoiy-siyosiy hayoti


Osuriya katta-katta hududlarni bosib olishi natijasida hududlar, shaharlarda savdohunarmandchilik, dehqonchilik va chorvachilik rivojlanadi. Mamlakatda ko’plab yerlar o’zlashtirildi. Irrigasiya va suv ta'minoti yaxshilanadi.

Bog`dorchilik, uzumchilik va chorvachilik rivojlanishi uchun turtki bo’lgan temir qurollar keng tarqaladi. Metallurgiya, qurolsozlik sohalari yuqori darajada taraqqiy qiladi. Talonchilik urushlardan olingan ko’plab o’ljalar va qullardan Osuriya shahar va qal'alarni qurishda keng foydalaniladi. Yangi shaharlar quriladi, jumladan Kalxu shahri qayta tiklanadi, Osuriyaning yangi poytaxti «TukultiNinurtu qal'asi» asir olingan tassit, xurrit va Urartu qabilalari kuchi bilan qayta tiklangan.

Osuriya jamiyatini hukmron tabaqasi harbiylar, davlat xizmatidagi zodagonlar, ibodaxona va savdo ahlidan iborat bo’lib, ular juda katta boylik va imtiyozlarga ega bo’lganlar va mavjud siyosiy hokimiyat bilan yaqin aloqada bo’lib, uni istilochilik siyosatini qo’llab-quvvatlatlaganlar. Osuriya jamiyatining quyi tabaqalarini kichik ishlab chiqaruvchi yer egalari, jamoa a'zolari va

hunarmandlar tashkil etgan. Ular xazinaga qishloq xo’jalik mahsulotlari, chorva mollari va kumush bilan soliq to`laganlar.

Ijtimoiy tizimning eng pastidagi ko`chib kelganlar, asirlar va qullar qaram ishchilar toifasini tashkil qilganlar. Ular ko’p hollarda podsho xo’jaligida va ayrim hollarda ibodatxonalar, xususiy yerlarda ishlaganlar.

Osuriya davlati o’z tarixining so’nggi davrida Qadimgi Sharq davlatchiligining o’ziga xos shakliga ega bo’lgan. Podsho qo`lida dunyoviy, harbiy va diniy sohalardagi cheklanmagan hokimiyat to’planadi. “odshoga hokimiyat muqaddas xudolar tomonidan topshirilib, hukmdorng homiyligi ostida davlatni boshqaradi" degan tushuncha xalq ommasi ongiga singdirilgan.

Davlatni boshqarishda osur hukmdorlari qo’shin va yaxshi tashkil etilgan boshqaruv apparatiga tayanganlar. Osuriya davlati boshqaruvida harbiy va moliya muassasalari yetakchi o’rinni egallaydi. Harbiy muassasa mamlakat ichida va bo’ysundirilgan hududlarda “tartib”ni saqlagan. Moliya muassasi esa, davlat xazinasiga soliq va o’lponlarni o’z vaqtida to’lovi uchun javob bergan. To’lov va majburiyatdan faqat podshoning “himoya” yorliqlariga ega bo’lganlar ozod qilingan. Ayrim shaharlar (Bobil, Borsippa, Sippar, Nippur, Xarran va Ashshur) ibodatxonalari va saroy ahllarigina bunday imtiyozlardan foydalanganlar.

Er. avv. IX-VII asrlarda Osuriya davlati boshqaruvi quyidagi shaklda bo’lgan: Bosib olingan hududlarning ko’pchiligida provinsiyalar (Osuriya, Kichik Osiyoning ayrim shahar va viloyatlari, Xaldey va Oromiy knyazliklari.) tashkil qilingan. Ular Osuriya noiblari tomonidan boshqarilgan. Ba'zi hududlarda Osuriyaga xiroj to`laydigan qaram podsholiklar (Finikiya shaharlari, Yahudiya, Moav, Edem, Tabal, Manna) saqlanib qoladilar. Osuriyadan uzoq bo’lgan bir qadar kuchli davlatlar o’z mustaqilligini ma'lum darajada saqlab qoladilar (Lidiya, Urartu, Midiya, Elam va Shimoliy Arabiston yerlari). Bo`ysundirilgan Misr alohida mavqega ega bo’lgan. U 20 ta kichik hududlarga bo’linib, ularning tepasida mahalliy hokimlar (podsho, nomarx, koxinlar) turganlar. Shu bilan birga bo`ysundirilgan hududlarda Osuriyaning ko’p sonli amaldorlar apparati va harbiy ma'muriyati qoldirilgan. Bobil shahri alohida boshqarilgan. Bobil podsholari rasman o’z mustaqilliklarini saqlab qoladilar.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling