O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 0.77 Mb.
bet106/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Asosiy sanalar


Er. avv. XIII asr o`rtalari Bolqon

yarim orolidan Frigiya

qabilalari Kichik

Osiyoga kirib keldi

Er. avv. IX asr Urartu davlati vujudga keldi

Er. avv. VI asr Urartu davlatini

Midiya bosib oldi

Er. avv.1120-yil atrofida Frigiyaliklar Ilion shahrini to`la

buzib tashladi

Er. avv. 725-696-yillar Midas

davrida Frigiya gullab

yashnadi

Er. avv. 675-yil Frigiya davlati quladi

Er. avv. 685-yil Lidiyada navkar

Gig Mermnad

Sulolasiga asos soldi



Er. avv. 667-yil

tobe bo`ldi



Lidiya Osuriyaga

Er. avv. 630-yil

mustaqilligini qayta tikladi



Lidiya

Er. avv. 547-yil

tarkibiga kirdi



Lidiya fors davlati


Mustaqil ish mavzulari


Frigiya davlati va jamiyati

Er. avv. I ming yillikda Kichik Osiyo Gerodot tarixida Lidiya davlati

Reyting savollari

1. Urartu tili qaysi tillar oilasiga mansub?



  1. hind-Yevropa

  2. turkiy

S) saliy

  1. xurrit

  2. shumer

2. Urartu davlati qaysi podsho davrida gullab yashnadi? A) Argishiti davrida

B) Rusa I davrida

S) Argishti davrida


  1. Arami davrida

  2. Menua davrida

3. Urartu iqtisodiyotining asosi…

  1. sug`urma dehqonchilik edi

  2. chorvachilik edi

S) hunarmandchilik edi

  1. savdo edi

  2. dengizchilik edi

4. Urartu davlat boshqaruv shaklini ayting?

  1. podshoning yakka hokimiyati

  2. xalq yig`ini

S) oqsoqollar kengashi

  1. harbiylar hokimiyati

  2. bosh koxin hokimiyati

5. Urartuning asosiy raqibi bu…

  1. Osuriya edi

  2. Bobil edi

S) Misr edi

  1. Eron edi

  2. Elam edi

6. Urartu shaharlarini ko`rsating?

  1. Teyshebani

  2. Argishtixinili

S) Erebuni

  1. Sard

  2. A, B va S

7.Osuriyadan keyin Urartuga bostirib kirgan xalq..

  1. finikiyaliklar

  2. forslar

S) saklar

  1. midiyaliklar

  2. xurritlar

8. Kichik Osiyoda er. avv. XIII asr o’rtalarida qaysi qabila kirib keldi?

  1. Lidiya

  2. Urartu

S) skiff

  1. Frigiya

  2. kimeriylar

9. Nechanchi asrda Frigiya davlati Kichik Osiyoni Egey dengizidan Tavr va Urartugacha bosib oldi?

  1. er. avv. VIII asr o’rtalarida

  2. er. avv. IX asrda

S) er. avv. XIII asrning II yarmida

  1. er. avv. XV asrda

  2. er. avv. VI asr oxirida

10. Er. avv. 750-yilda Frigiya davlatining asoschisi kim bo’lgan? A) Midas

B) Anita

S) Tig


  1. Sarduri II

  2. Gordiy

11. Gordiyni o’g’li kim?

  1. Midas

  2. Anita

S) Tig

  1. Sarduri II

  2. o’g’li bo’lmagan

12. Er. avv. 717-yilda Midas qayerni bo’ysundirdi?

  1. Tavr va Urartuni

  2. Kilikiyani

S) Lidiyani

  1. Tavr va Kilikiyani

  2. Frigiyani

13. Nechanchi yilda kimeriy va Urartu ittifoqchi qo’shinlari zarbasi ta’sirida Frigiya davlati quladi?

  1. er. avv. 725-yilda

  2. er. avv. 675-yilda

S) er. avv. 750-yilda

  1. er. avv. 667-yilda

  2. er. avv. 632-yilda

14. Er. avv. XII asrda Lidiyaning poytaxti qayer bo’lgan?

  1. Sard

  2. Nesa

S) Rusa

  1. Kanshi

  2. Larsa

15. Nechanchi asrda Lidiya Frigiyaga bo’ysundi?

  1. er. avv. XII asrda

  2. er. avv. IX asrda

S) er. avv. XIV asr o’rtalarida

D) er. avv. VIII asrda

16. Nechanchi yilda Tig podsho taxtini egalladi?


  1. er. avv. 643-yilda

  2. er. avv. 587-yilda

S) er. avv. 685-yilda

  1. er. avv. 609-yilda

  2. er. avv. 667-yilda

17. Tig er. avv. 685-yilda qaysi sulolaga asos soldi?

  1. skifflar sulolasiga

  2. gordiy sulolasiga

S) sak sulolasiga

D) argimchi suolasiga

18. Nechanchi yilda Lidiya zaiflashgan Osuriya tarkibidan chiqib Misr bilan ittifoq tuzadi?


  1. er. avv. 654-yilda

  2. er. avv. 644-yilda

S) er. avv. 630-yilda

D) er. avv. 717-yilda

19. Er. avv. 644-yilda Sard kim tomonidan bosib olinadi?


  1. skifflar tomonidan

  2. kimeriylar tomonidan

S) Urartu tomonidan

  1. frigiyaliklar tomonidan

  2. Midas tomonidan

20. Er. avv. VIII asr oxirida urartuliklarning diniy markazi kim tomonidan bosib olindi?

  1. Lidiya tomonidan

  2. Frigiya tomonidan

S) Osuriya tomonidan

  1. skifflar tomonidan

  2. xurritlar tomonidan

21. Nechanchi asrda Urartu Midiya tomonidan bosib olindi?

  1. V asrning I yarmida

  2. IX asrda

S) VII asrda

D) VI asrda

22. Urartuning markazi Tushna qayerga joylashgan?


  1. Qora dengiz bo’yida

  2. Van ko’li sharqida

S) Bolqon yarim orolida

D) Egey dengizida



Qadimgi Sharqiy o’rtayer dengizi davlatlari



Er. avv. III-II ming yilliklardagi davlat uyushmalari


Er. avv III – II ming yilliklardagi davlat uyushmalari Tavr tog`laridan va Frot daryosining o’rta oqimining Misrgacha bo’lgan Sharqiy o’rtayer dengizi qirg`ogi hududi va Suriyani qadimda yunonlar Finikiya va Falastin deb nomladilar. Qadimda bu hududning katta qismini Xanaan deb atalgan dengiz qirg`ogi tashkil etardi. Bu yerda katta suv arteriyalari bo’lmay, mahalliy hajmda uncha katta bo’lmagan Falastindagi iordan, Suriyadagi Oront daryolari mavjud edi. Suv havzalarining taqchilligi dehqonchilikning rivojiga imkon tug`dirmagan. Livan tog`lari Sharqiy o’rtayer dengizini bir qancha tumanlarga bo’lib, bir-biridan ajratgan edi. Cho’l va sahro hududlarida ko’chmanchi qabilalar joylashdi. Shu bilan birga Sharqiy o’rtayer dengizi qirg`ogi temir rudasi, keng o’rmonlar jumladan, mashhur Livan kedriga boy bo’lgan. Qadimda Sharqiy o’rtayer dengizi qirg`ogida yashagan qabilalar va xalqlar to’g`risida qo’shni davlatlar manbalari (Misrning TellAmarna arxivi, Xett hujjatlari, Osuriya ma'muriy yozishmalari)’va mahalliy yahudiy dini yodgorligi bo’lgan Bibliya (yunon tilida «kitoblar» ma'nosini bildiradi) ma’lumot beradi.Yahudiy bibliyasi xristian bibliyasini bir qismi bilan to’liq mos keladi va Vetxiy Zavet deb ataladi. Yangi Zavet Iso payg`ambar hayoti va uning o’quvchilari faoliyati to’g`risidagi xristian kitoblaridan iborat. Vetxiy Zavet yangi asr boshlarida rasmiylashdi. U an'anaviy 3 bo’lim qonun yoki ta'limot (Tora), payg`ambarlar va pisaniya (Yozuv) dan iborat.

Er. avv. IV ming yillik oxirida Sharqiy o’rtayer dengizi qirg`ogi jamoalarida hunarmandchilik va dehqonchilik rivojlanadi. Dastlab shimol keyin janubda kulolchilik charxi va sopol kuydirish uchun maxsus o`choqlar tadbiq etila boshlandi. Metalldan keng foydalana boshlandi, g`alla, zaytun daraxti va uzum yetishtira boshlangan.

Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdoni

rivojlanishi er.avv. III ming yillikda shahar tipidagi manzilgohlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Ana shunday shaharlardan biri Finikiyada Bibldir. Bibl tosh devor bilan o’rab olingan. Shahar tosh to`shalgan ko`cha va tosh devorlar bilan birga ibodatxonalarga ega bo’lgan. Bibldan Misrga kedr yog`ochi, smola, zaytun moyi olib ketilgan. Misrda smoladan mumiyolashda foydalanilar edi. Misrdan Biblga badiiy buyumlar, munchoqlar, alebastr va diorit ko`zalar, qimmatbaho qutichalar, tilla va kumushdan ziynatlangan qurollar olib kelingan. Qirg`oq shaharlarida mulkiy tabaqalanish natijasida ijtimoiy qatlamlarni paydo bo’lishi kuchayib borgan. Taxminlarga ko’ra, shu davrda shahar-davlatlarining ilk uyushmasi paydo bo’ladi. Sekin-asta qirg`oqda Bibldan boshqa yana Finikiya shaharlari Ugarit, Sidon va Tir paydo bo’lgan. Mamlakat ichkarisida shimoliy Suriyada Alalax shahri (er. avv. IV ming yilliklar oxiri III ming yilliklar I yarmida) shakllanadi. Er.avv. III ming yilliklarda Suriyadagi Ebla shahrida (hududi- 56 ga) taxminan 20-30 ming aholi yashagan. Eblada asosan, hunarmandchilik va savdo rivojlanadi. Er. avv. XIV-XIII asrda bu shaharda saroy ansambllari shakllangan. Bu yerda arxivlar, xom ashyo zaxiralari, qimmatli chet el mollari saqlangan. Eblada Misr fir'avnlari nomlari yozilgan alebastr xumlari, 32 kg lazurit topilgan. Ebla Akkad hokimlari tazyiqiga uchraydi. Er. avv. 2225 yilda Eblani Akkad podshosi Naramsuen bosib oladi. Ijtimoiy jihatdan Ebla shahar-davlat bo’lgan. Davlat tepasida podsho turgan va u taxminan diniy vazifalarni bajargan. Uning oldida maslahatchilar bo’lgan.

Madaniy jihatdan Ebla Shumer sivilizatsiyasi yutuqlarini o’zlashtirgan. Shumer-Ebla lug`ati tuziladi. Ebla saroy devorlarini bezalishida Mesopotamiya me'morchiligi bilan aloqa yaqqol ko’rinadi. Er. avv. III ming yillikda Falastinda Megiddo, Quddus va Laxesh shaharlari shakllanadi. Barcha shaharlar mustahkam devorlar bilan o’rab olingan. Iordan daryosi vodiysida Xasor shahri yirik markazga aylanadi. Er. avv. III ming yillikda Sharqiy o’rtayer dengizi qirg`ogi aholisi o’z tarkibiga ko’ra xilma-xil edi. Shimolda xurrit qabilalari yashagan. Er. avv. II ming yilliklarda bu yerda xettlar kirib keladi. Ammo er. avv. IV ming yilliklarda asosiy aholi semit shoxobchasi tillarida so’zlashadi. Tadqiqotchilar sharqiy o’rtayer dengizi qirg`og’ida III –II ming yilliklarda mavjud bo’lgan eblaid, qadimgi xanaan, ugarit va amoriy tillarini ko’rsatadilar.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling