O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 0.77 Mb.
bet103/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Lidiya


Poytaxti Sard bo`lgan Lidiya podsholigi taxminlarga ko`ra eramizdan avvalgi XII asrda Anatoliyaga (hozirgi Turkiya hududi) egey-bolqon bosqinlaridan keyin xett kolonistlari, mahalliy liviya qabilasi bo`lgan meonlar tomonidan tashkil etilgan. Eramizdan avvalgi VIII asrda Lidiya Frigiyaga bo`ysunadi. Eramizdan avvalgi 685yillar atrofida taxtni podsho navkari Gig (Gug ), egallab olib yangi Mermnad sulolasiga asos soldi. Bu sulola davrida Lidiya buyuk davlat mavqeini oldi. 675-yildan Lidiya mustaqil bo`ldi. Biroz vaqt o`tmay Lidiyaga kimmeriylar bostirib kirdi. Lidiya podshosi Gig Ossuriyaga yordam so`rab murojaat qildi va Ashshurbanipal (er. avv. 667yil) hokimiyatini rasman tan oldi. Ossuriya bilan ittifoq bo`lib kimmiriylar hujumi qaytarildi. Eramizdan avvalgi 654-yil Lidiya zaiflashgan Osuriya tarkibidan chiqib Misr bilan ittifoq tuzdi. Eramizdan avvalgi 644 yilda kimmeriylar Sardni bosib oldilar, Gig o`ldirildi, uning vorisi yana Ossuriyaga tobe bo`ldi. Kimmeriylar skiflar tomonidan tor – mor qilindi (er. avv. 643yil). Skif-Osuriya urushi (eramizdan avvalgi 630 yillar oxiri ) Lidiyani mustaqil bo`lishiga imkon yaratdi. Lidiya podsholar Aliat va uning vorisi Krez (er. avv. 561-547-yillar) davrida Paflagoniya, ifiniya, Osiyodagi yunon shaharlari bo’ysundirildi. Lidiya Likiyadan tashqari Galis daryosidan g’arbdagi butun Kichik Osiyoni bo’ysundiridi. Lidiya dunyoda birinchi bo’lib oltin va kumushning tabiiy qo’shilmasi-elektradon (er. avv. VII asr) tanga zarb qildi va oltin tanga VI asrda zarb qilindi. Krez davrida savdo-hunarmandchilik gullab yashnadi. Ammo er. avv. 547-yilda Krez Sard shahri yonida Kayxusrav boshchiligidagi fors qo’shinlari tomonidan tor-mor qilindi va Lidiya fors davlati tarkibiga kirdi.

Lidiya arxaik harbiy davlat edi. Podsho otliq qo’riqchi va muntazam qo’shinga tayanib davlatni boshqargan. Podsho odida zodagonlar kengashi va xalq yig’ini bor edi. Lidiya tarixga musiqa san’ati rivojlangan mamlakat sifatida kirdi.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling