Er. avv. I ming yillikda Kichik Osiyo: Frigiya, Lidiya, Urartu
Err. avv. XIII asr o`rtalarida Bolqon yarim orollaridagi o`zini firigiyali deb atagan qabilalar Kichik Osiyoga kirib keldilar. Yuz yildan keyin boshqa Bolqon qabilasi Qoradengiz bo`yi briglari kichik Osiyoga kelib bu yerdagi birinchi to`lqin frigiyaliklarni qisman assimilyatsiya qilib, qisman siqib chiqardi. Yangi birlik frigiyaliklar Ilion (Troya) shahrini to`la buzib tashladilar. Er. avv. VIII asr o`rtalarida Frigiya davlati amalda butun kichik Osiyoni Egey dengizidan Tavr va Urartugacha bosib olib o`zini gullab yashnagan pallasiga kirdi. Keyingi rivoyatlarga ko`ra frigiy davlatining asoschisi ( eramizdan avvalgi 750 yil atrofida) kelib chiqishi dehqon bo’lgan Gordiy nomli “butun Osiyoni “ egallab olgan va mashhur “Gordiy tugunini” tuqqan kishi bo`lgan. Gordiyni o`g`li Midas davrida ( eramizdan avvalgi 725- 696 yillar atrofi ) Frigiya o`zini taraqqiyotini eng yuqori cho`qqisiga chiqdi. Eramizdan avvalgi 717 yil atrofida Midas Tavr va Kilikiyani bo`ysundirdi, ammo eramizdan avvalgi 675 yilda kimmeriy va Urartu ittifoqchi qo`shinlarini zarbasi ostida Frigiya davlati quladi. Frigiyada o`ziga xos madaniyat shakllangan edi. Frigiya mabudalari Attisa va Buyuk ona Kibela antik madaniyatga kuchli tasirini o`tkazdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |