Qadimgi frigiya tarixiga oid arxeologik tadqiqotlar


Download 24.7 Kb.
bet1/3
Sana02.11.2023
Hajmi24.7 Kb.
#1740299
  1   2   3
Bog'liq
QADIMGI FRIGIYA TARIXIGA OID ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR


QADIMGI FRIGIYA TARIXIGA OID ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR
REJA:
1. frigiya davlati tarixi
2. Frigiyaliklar hayot tarsi
Frigiya podsholigi shimoli-g'arbidag qadimgi quldorlik davlatlaridan biri. U Kichik Osiyo ga'rbiy qismining o'rtasida joylashgan tog'li mamlakat. Frigiyadan ko'p irmoqli Sangariy daryosi oqib o'tadi. Uning iqlimi mo'tadil bo'lib yog'ingarchilik bahor va qish oylarida ko'proq bo'lardi. Frigiyada Xettlarga mansub qabilalar ham yashaganlar. Miloddan avvalgi ll mingyillik o'rtalarida Makedonya va Frigiyadan juda ko'p qabilalar ko'chib kelib, ular o'zlarini Frigeylar deb atashgan.
Miloddan avvalgi ll mingyillikning ikkinchi yarmida frigeylar Frigiya podsholigi asos solishdi.Ular Xlll asrda yunonlarning Troyaga yurishida Troyaliklar bilan yelkama- yelka turib yunonlaga qarshi kurashganlar.Troyaliklar yengilgach Frigiya Troyani o'z tasiriga oldi. Miloddan avvalgi Xll asrda Frigiya Xett davlati qulashida katta ro'l o'ynadi va uning katta qismini o'ziga qo'shib oldi. Miloddan avvalgi Xll asr oxirida frigiyaning sharqqa uyishtirgan hujimlari Ossurlar tomonidan to'xtatilgan.Tiglatpalasar l yozuvlarida Frigiya "mushkalar davlati" deb tilga olinadi (yunoncha "masxlar"). Miloddan avvalgi X-Vlll asrlarda Frigiya podsholigi kushaydi. Frigiya davlatining poytaxti Sangariy daryosining o'ng qirg'og'da Turkiyaning Bebi qishlog'i yaqinida joylashgan Gordion shahri Frigiyaliklar oddiy dehqondan chiqqan podshohlari Gordiya bilan g'rurlanganlar. Miloddan avvalgi lX asrda Frigiya Egey dengizida o'z hukimronligini o'rnatdi. Miloddan avvalgi Vlll asr o'rtalarida Frigiya davlati amalda butun kichik osiyoni Egey dengizidan Tavr va Uratugacha bosib olib o'zini gullab yashnagan pallasiga kirdi. Miloddan avvalgi Vll asr oxirida esa frigiyaning xalqaro mavqeyi biroz yomonlashdi.Uning shimoliy va shimoli-g'arbiy hududlarni Yevropadan ko'chib kelayotgan yangi xalqlar egallay boshlaydi. Sharqda esa Ossuriya bilan to'qnashuvlar ko'paydi. Frigiya shohi Gordiyaning o'g'li Midas (ossurcha-Mita) davrida (mil.avv.725-696-yillar atrofida) Frigiya o'z taraqqiyotini eng yuqori cho'qqisiga chiqdi. Midas miloddan avvalgi. 717-yil atrofida Tavr va Kilikiyani bo'ysindirdi. 713-yili Ossuriyadan bir necha marta mag'lubiyatga uchragandan keyin Ossurlar 3000 qal'a, 10 shahar, 2400 asr va behisob boy-liklarni qo'lga kiritganlar. Midas Ossuriya hukimronligini tan olib Ossuriya shohiga o'lpon to'lash-ga majbur bo'lgan. Miloddan avvalgi Vll asr boshlarida Frigiya podsholigi kuchsizlanib dastlab Lidya tasiriga keyinchalik Eroniylar,Yunon-Makedonlar,Rimliklar,Vizantiyaliklar tasiriga tushib qolgan. 675-yilda Kimmeriy va Uratu ittfoqchi qo'shinlari zarbasi ostida Frigiya davlati quladi. Mil.avv.546-yil Forslar, mil.avv. 333-yili Aleksandrga to be bo'lgan ,mil.av. 133-yili frigiyaning bir qismi Rimliklar qo'l ostiga sharqiy qismi esa Galatiya provinsiyasi tarkibiga o'tgan. Vizantiya imperiyasi davrida Frigiya geografik va siyosiy mavqeini yo'qotgan.Frigiya – Kichik Osiyoning shimoliy-g‘arbida joylashgan tarixiy viloyat. Frigiya aholisi - frigiyaliklar (Yevropadan ko‘chib kelganlar). Miloddan avvalgi 2 ming yillikda Frigiya gullab-yashnadi va o‘z hududini kengaytirishga erishdi. Gomer “Iliada” sida Frigiya Troyaga yunonlarga qarshi kurashishda yordam bergan, so‘ng Troya ustidan o‘z “hukmronligini o‘rnatdi” deb yozilgan
Frigiya shohi Midas (ossuriyacha - Mita) miloddan avvalgi 717 yilda Urartu bilan ittifoq tuzadi, lekin 713 yili Ossuriyadan bir necha marta mag‘lubiyatga uchragandan keyin Sargon II bilan shartnoma tuzadi va g‘olibga boj to‘lashga majbur bo‘ladi. Frigiyaga kimmer qabilalari ham xavf solar, miloddan avvalgi VII asrning 70 - yillarida ular Frigiyaning ancha qismini bosib olgan edilar. Gerodot so‘ziga ko‘ra frigiyaliklar Yevropada yashagan paytlarida o‘zlarini briglar deb atashgan. Osiyoga ko‘chib kelganlaridan keyin esa o‘z nomlarini frigiyaliklarga o‘zgartirganlar. Yozuv va ismlarga asoslangan holda aytish mumkinki, frigiyaliklar tili hind-evropa tillari turkumiga kirgan va yunon tili bilan bog‘liq.
Xett davlati bilan bevosita aloqadagi mahalliy aholi bilan yaqin frigiyaliklar tez orada Old Osiyoning qadimgi jamoalariga xos bo‘lgan sivilizatsiya darajasiga yetib oldilar. Arxeologik manbalarga asoslangan holda aytish mumkinki, dehqonchilik Frigiya jamoasining iqtisodiy asosi bo‘lgan. Frigiyaning hududi bo‘ylab ko‘plab istehkomlar qurilgan edi. Frigiyada qazishlar paytida topilgan sopol idishlar o‘tgan davrdagi hunarmandchilik an’analarining taraqqiyot darajasini ko‘rsatadi. Unda Xett davlati, Kichik Osiyo va hatto Kipr kulolchiligining namunalarini ko‘rish mumkin.
Shoh va amaldorlar qo‘rg‘onlarda dafn qilinib, hunarmandchilik taraqqiy etishi tufayli tosh maqbaralar qurila boshlandi. G‘arbiy sohildagi yunon shahar-davlatlari bilan Frigiya savdo aloqalarini o‘rnatgan bo‘lib, bu yunon va frigiya jamiyatlari madaniyati yaqinlashuviga olib kelgan. Ossuriya va yunon manbalarida faqat ikki Frigiya podshosi – Gordiya va Midas ismi keltiriladi. Ayrim mutaxassislar bu ismlar emas, balki shohlik amallari nomi deb xisoblashadi.
Frigiyaliklar dehqonchilik, chorvachilik bilan, shuningdek marmar qazib olish, oltin konlarini o‘zlashtirish, junni qayta ishlash bilan shug‘ullanishgan. Savdo-sotiq ishlari ko‘proq yunonlar va rimliklar bilan olib borilgan. Frigiyaliklar asosan qishloq joylarda yashashgan, lekin bir necha Gordion, Kelena, Kotiy kabi katta shaharlar ham bo‘lgan.
Frigiya madaniyatining Egey dengizi atrofida yashaydigan xalqlar madaniyati va sivilizatsiyasi bilan o‘xshash tomonlarini ko‘rish mumkin. Qadimgi Frigiya alifbosi yunon alifbosining bir varianti bo‘lib, Frigiya va Yunoniston madaniyatining yaqin aloqalarini ko‘rsatadi. Kadimgi Yunon afsonalarida Frigiya shohi Midasga katta o‘rin berilgan. Ularga ko‘ra shoh qo‘li tekkan narsa oltinga aylangan. Sakarya (Sangariy) daryosi vohasida topilgan qadimgi Frigiya yozuvlari, shuningdek G‘arbiy Kichik Osiyo va Kappadokiya shaharlaridan ham topilgan. Bularning bari, Frigiya davlati gullagan davrida uning chegaralari g‘arb va sharqqa tomon keng hududlarni egallaganligini ko‘rsatadi. Yunon madaniyati Frigiyaga Germa vohasi orqali kirib kelgan. Shu yo‘l bilan Frigiya madaniyati o‘z ta’sirini Kichik Osiyoning g‘arbiy sohilidagi yunon aholisiga o‘tkazgan. Frigiya musiqasi yunonlar tomonidan qabul qilinib, qadimgi yunon madaniyatining rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Miloddan avvalgi VIII asrda paydo bo‘lgan frigiya yozuvi alifboli bo‘lib, yunon alifbosi bilan o‘xshash joylari bor edi. Ayrim harflarning ma’nosi hali to‘liq o‘rganilmagan.
Shuningdek miloddan avvalgi VIII-VII asrlardagi qadimgi Frigiya yozuvi Tiana, Likaoniya va Kichik Osiyoning boshqa o‘lkalaridan topilgan. Bu esa Frigiya kimmeriylar bosqiniga qadar egallagan hududni aniqlashga yordam beradi. Milodiy I asrlarga oid yangi Frigiya yozuvi asosan yunon harflaridan tarkib topgan.
Frigiyaliklarning dini Kibela xudosi, uning yori, o‘lib, qayta tiriladigan xudo Attisaga e’tiqod qilish keng tarqalishi bilan ajralib turadi. Keyinchalik bu e’tiqod Yunoniston va Rimda ham keng tarqalib ketdi. Frigiya adabiyoti mavjud bo‘lganligini faqat antik mualliflarning qisqa ma’lumotlari orqali bilib olish mumkin. Yunon an’analari Gomergacha yashagan va frigiyalik yoki troyalik “Iliada”ni yozgan frigiyalik Dares, matalchi Ezop, faylasuf – ateist Diogen haqida ma’lumotlarni saqlab qolgan. Bir qator yunon rivoyatlari va afsonalarining qahramonlari (Tantal, Pelops, Niobse, Marsiy) frigiyalik bo‘lganlar. Shohlar Gordiya va Midas haqidagi afsonalar ham keng tarqalgan. Bularning barchasi frigiyaliklar va yunonlar madaniyati va ma’naviyati o‘zaro yaqinligini ko‘rsatadi.
Frigiya musiqasi va cholg‘u asboblari Sharq va G‘arbda ham mashhur bo‘lib, yunon musiqa shakllarining paydo bo‘lishi va rivojlanishida katta o‘rin tutgan.
Uylar, maqbaralar, ibodatxonalarning qoyalarda qurilganligi Frigiya me’morchiligining o‘ziga xos xususiyati edi. Bunga misol qilib, “Midas maqbarasi” ni (miloddan avvalgi VIII asr Yazil - qoya) keltirish mumkin. Frigiyaliklar inshootlarida yunon, xett me’morchiligi ta’sirini ko‘rish mumkin. Shuningdek, Frigiya kulolchiligida ham xett va kiprliklar ta’siri nomoyon bo‘ladi

Download 24.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling