2-amaliy mashgʻulot mavzu: Marmar konlarini qazib olish va kmx-2 tosh kesuvchi mashinaning unumdorligini hisoblash. Marmar


Download 0.55 Mb.
bet1/3
Sana06.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1335315
  1   2   3
Bog'liq
2-amaliy ish noruda


2-AMALIY MASHGʻULOT
Mavzu: Marmar konlarini qazib olish va KMX-2 tosh kesuvchi mashinaning unumdorligini hisoblash.
Marmar - kristalli togʻ jinsi. Ohaktosh yoki dolomitning toʻla qayta kristallanishidan hosil boʻlgan. Qurilish amaliyotida Marmar deb sayqal berish mumkin boʻlgan oʻrtacha qattiqlikdagi metamorfik jinsga aytiladi; bular - marmar, marmarlashgan ohaktosh, zich dolomit, ofikalsit, karbonatli brekchiya va karbonatli konglomeratlar. Marmarning rangi (qizil, pushti, sargʻish, qoʻngʻir, yashil, jigarrang, qora, kulrang, oq) turli xil kimyoviy va mexanik aralashmalarga bogʻliq. Marmarning fizik xossalari: zichligi 1900÷2800 kg/m3, siqishga mustahkamlik chegarasi 10,0÷25,0 MPa, sinishga chidamlilik chegarasi 10÷30 MPa, suv shimuvchanligi 0,15÷0,50%, gʻovakligi 1% gacha. Qattiqligi 3÷4. O'zbekiston Respublikasidagi marmar koni:

  • Navoiy viloyatida joylashgan “Gazgan” rangli marmar koni

  • Navoiy viloyatida joylashgan “Nurota” marmar koni

  • Samarqand viloyatida joylashgan “Zarband” marmar koni.

  • Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Savuq bulaq” marmar koni

  • Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Tomchi ota” marmar koni

  • Toshkent viloyatining Gʻazalkent shahridan 17 km janubi-sharqda joylashgan “Aksakata” marmar koni.

Marmar va boshqa shunga o'xshash togʻ jinslarini blokli xom ashyo koʻrinishida qazib olish uchun asosan uchta usul qo'llaniladi:


1. Baroviy mashinalar bilan qazib olish;
2. Olmos-arqonli mashinalar bilan qazib olish;
3. Olmos-arqon va baroviy mashinalar bilan qazib olishning birlashtirilgan usuli.
Baroviy tosh kesish mashinalari yordamida bloklarni qazib olish juda qadimgi, ammo ayni paytda oddiy usul boʻlib, massivda balandligi 3 metrgacha boʻlgan past pogʻonalar hosil boʻladi. Ishlab chiqarish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi: birinchi navbatda asosni kesish, ya’ni gorizontal kesish, so'ngra 2 vertikal: blok uzunligi boʻyicha va blok kengligi boʻyicha.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling